Oziq ovqatdan zaharlanish sabablari, belgilari, tez yordam
Ilon va chayon zaxri bilan zaharlanish belgilari, tez yordam usullari
Download 27.97 Kb.
|
Oziq ovqatdan zaharlanish sabablari, belgilari, tez yordam
2. Ilon va chayon zaxri bilan zaharlanish belgilari, tez yordam usullari
Ilon zahri - zaharli ilonlarning zahar bezidan chiqadigan sarg'ish yoki och yashil, hidsiz tiniq suyuqliq. Zahar tarkibida alьbumin, globulin, fermentlar, suv, tuz va boshqalar bor. Bulardan tashqari, erkin aminokislotalar, yog'lar, yog' kislotalar ham uchraydi. Yaxshilab quritilgan va havo kirmaydigan joyda saqlangan ilon zahari 23 yilgacha o'zining barcha xossalarini saqlab qoladi. Ilon zaharidan 15 ga yaqin oqsil moddalar borligi elektroforez usulida aniqlanib, bu moddalarning biologik xossalari turlicha ekanligi qayd qilingan. Ilonlar turiga qarab ular zahrining tarkibi ham xil bo'ladi. Masalan, ilon zahari neyrotoksinlarga boy bo'lib, asosan nerv sistemasiga ta’sir etadi. O'rta Osiyodagi zaharli ilonlar zahrining organizmga ta’siri ham bir xil emas: ularning biri odam yoki hayvonni o'ldirsa, ikkinchisi qonni ivitadi, uchinchisi qizil qon tanachalarini yemiradi, boshqasi organizmga hech qanday ta’sir ko'rsatmaydi. Ilon zahrining ta’siri odamning qaysi joyini ilon chaqqaniga ham bog'liq bo'ladi. Ko'krak yoki bo'yinni chaqsa, juda xavfli, chunki bu qismda yirik qon tomirlar ko'p. Ilon chaqishi - odatda ilonlar bezovta qilinganda (bexosdan tegib ketganda yoki bosib olganda va b.) odamni chaqadi. Ilon chaqishi bilanoq bir oz og'riq va qizishdan tashqari, shu joy atrofi qizarib, juda ko'p qon quyiladi va tez tarqaluvchi shish paydo bo'ladi. Ilon chaqishining ta’siri ilon chakqan joyga, odamning yoshiga va jismoniy holatiga bog'liq. Ayniqsa uch yoshgacha bo'lgan bolalarda ilon chaqishi og'ir kechadi. Kapcha ilon, kobra, dengiz iloni va ba’zi chinљiroq tropik ilonlar zahari nerv sistemasini shikastlab, muskullarni bo'shashtiradi, bosh og'rib, et uvishadi, qo'l-oyoq zirљirab og'riydi, ko'ngil aynib, ba’zan qayd qilish, tana haroratining 38-390gacha ko'tarilishi kuzatiladi. Nafas markazining falajlanishi natijasida odam nobud bo'lishi mumkin. Birinchi yordam ilon chaqqanda yaralangan joyni tezda (15-20 minut davomida) og'iz bilan so'rib, undagi qonsimon to'qima suyuqligini chiqarib tashlash kerak (bunda tupirib turishni unutmaslik lozim). So'ngra yarani: yod, spirt, brilliant yashili bilan artish zarur. Oyoq-qo'lni mutlaqo qimirlatilmaydi. Zahar badanga tarqab ketmasligi uchun va shikastlangan odamga orom berib, tezda davolash muassasiga olib borish lozim. Ilon zahri juda tez so'riladi, shu sababli, ilon chaqqan zahoti yordam berilgan taqdirdagina foyda qilishi mumkin. Maxsus zardob yuborish tavsiya etiladi, uni ilon chaqqandan keyin dastlabki 30 min ichida yuborish lozim. Ilon chaqqan joyni (terini) kesish, jgut bilan bog'lash, shikastlangan kishiga spirt yoki aroq berish, ilon tishi tekkan sohaga kaliy permanganat (margantsovka) yoki boshqa oksidlantiruvchi moddalar qo'yish, o'sha joyni kuydirish man qilinadi. Bu usullar ilon zahrining kuchini kamaytira olmaydi va ta’sirini to'xtatmaydi, aksincha, uning kuchini sezilarli darajada kuchaytiradi va qator og'ir asoratlarga olib keladi. Ilon chaqishining oldini olish uchun qo'njli poyabzal (charm yoki rezina etik), qalin kiyim kiyish, ekspeditsiyada to'xtash va tunash joylarini yaxshilab tekshirish zarur. Ilonlar faqat o'zini himoya qilish uchun odamni chaqadi, shu boisdan ko'proq ularni ushlamoqchi yoki o'ldirmoqchi bo'lgan kishilarnigina chaqadi. Shuning uchun ilonlar keng tarqalgan joylarga kelib qolgan kishilarni ilon turlaridan xabardor qilish lozim. Download 27.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling