Oziq ovqatdan zaharlanish sabablari, belgilari, tez yordam


Download 27.97 Kb.
bet4/5
Sana26.03.2023
Hajmi27.97 Kb.
#1297996
1   2   3   4   5
Bog'liq
Oziq ovqatdan zaharlanish sabablari, belgilari, tez yordam

Chayon chaqishi. Chayon o'rgimchaksimonlar sinfiga mansub umurtqasiz hayvonlar turkumiga kiradi. Tanasi 1-18 sm, boshko'krak va bo'g'imlarga bo'lingan qorin qismlardan (oldingisi keng, keyingisi ingichka, uzun) iborat. Qorinning oxirgi bo'g'imida ikkita zaharli bezi bor. Uning yo'li uchi qayrilgan nayzaga ochilgan. Bu a’zo o'ljaga hujum qilish va himoyalanish vazifasini bajaradi. Boshko'kragida 3-6 juft ko'z va 6 juft oyoq joylashgan. Tunda aktiv. Ko'pincha qishloqlarda uylar devori orasida, bog'larda toshlar ostida bo'ladi. O'lja qidirib xonalarga ham kiradi va poyabzal, kiyim, mebellar ichiga joylashib oladi.
Chayon chaqqan joyda kuchli og'riq seziladi, keyinchalik u qon tomirlari va nerv tolalari orqali butun tanaga tarqaladi. O'sha joy qiziydi, ba’zan muzlab jonsizlanadi, qichishadi, qizarib shishadi, goho unda pufakchalar paydo bo'ladi. Bemor holsizlanadi, boshi aylanadi va og'riydi, eti uvishadi. Dastlabki soatlarda tomir tortishadi, nafas olish, yutinish, gapirish qiyinlashadi.
Chayon chaqqan joyga novshadil spirti surtilib, issiq qilinadi, unga sarimsoq yoki piyoz yanchib qo'yish yoxud xlorli oxak eritmasiga doka xo'llab bog'lash zarur. Margantsovka bilan vanna qilish mumkin. Og'riq to'xtamasa, vrachga murojaat qilish kerak. Bemorga mumkin qadar ko'p suyuqlik ichirish lozim. Chayon chaqqan sohani jgut bilan bog'lab qo'yish qat’iy man etiladi.


3. Spirtli ichimliklardan zaharlanish belgilari, tez yordam ko'rsatish
Alkogolizm - ashaddiy ichkilikbozlik ayrim kishilarning o'z salomatligi va mehnat qobiliyatiga, shuningdek jamiyat farovonligiga zarar yetkazadigan darajada, muntazam ravishda me’yoridan ortiq spirtli ichimliklar ichishi.
Alkogolizm individual va ijtimoiy hayotning hamma shakllariga ta’sir ko'rsatadi.
Alkogolizm odam organizmidagi hamma sistema va organlarga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Ichkilikboz odam o'zi ichayotgan ichkilik miqdorini bilmay, me’yorini yo'qotib qo'yadi, markaziy va periferik nerv sistemasi faoliyati buzilib, ichki organlar faoliyati yo'ldan chiqadi, ichki organlar faoliyati izdan chiqadi. Ichkilik ichilganda odam ruhiyatining o'zgarishi kishining mastlik holida o'z joniga o'zi qasd qilishiga ham olib keladi.
Mastlik paytida muvozanatni yaxshi saqlay olmasligi, diqqati chalg'ib, atrofdagi vaziyatni aniq bila olmasligi baxtsiz hodisalarga sabab bo'ladi. Ichkilikning zaharli ta’siri moddalar almashinuvi, ayniqsa, vitaminlar almashinuvining buzilishi, nerv sistemasining zararlanishiga olib keladi. Surunkali alkogolizm odam qo'l barmoqlari, ko'z qovoqlari, til uchining titrab turishi, shuningdek har kuni bajarib yurgan odatdagi ishini bajara olmay qolishiga sabab bo'lishi mumkin. Ko'p ichadigan odamda ko'z xiralashib, ba’zan quloq ham og'irlashib qoladi. Ichkilikning me’daga ta’siri natijada shu organ barcha funktsiyalarining buzilishi, surunkali alkogolь gastriti paydo bo'lishi kuzatiladi. Ichkilik ayniqsa, jigarga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Odam hadeb ichadigan bo'lsa, jigar tsirrozi yuzaga keladi. Alkogolizm pankreatit, qand kasalligi, stenokardiya va miokard infarktiga ham sabab bo'ladi. Kardiologiya institutining ma’lumotiga qaraganda, yurak qon-tomir kasalliklari ichadigan odamlarda ichmaydigan odamlarga qaraganda 3-5 baravar ko'proq uchraydi.
Ichkilik ichki sekretsiya bezlari va birinchi galda jinsiy bezlarga zarar qiladi. Ichkilikni suiste’mol qilgan odamlarning 1G'3 qismida jinsiy funktsiya pasayib ketadi. "Ichkilik tufayli mijoz susayib qolishi natijasida erkaklarda har xil nevrozlar, ko'ngilni buzudigan ruhiy o'zgarishlar paydo bo'ladi. Ayollar ichkilik ta’sirida tez so'lib qoladi, pushti susayib, homiladorlik vaqtida har xil asoratlar ko'proq uchraydi.
Mudom ichib yurish kishining barvaqt qarib, invalid bo'lib qolishiga olib keladi. Alkogolizm ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonini buzadi.
Alkogolizmga giriftor odamlarning sog'lom kishilarga qaraganda ancha kam mahsulot ishlab chiqarishi, oz miqdordagi ichkilik ham mehnat unumdorligining ancha pasayib ketishiga sabab bo'lishi ma’lum.
Alkogolizmning jinoyatchilik bilan aloqadorligi shu hodisalarning ijtimoiy psixologik jihatdan ma’lum darajada birligiga ham, ichkilik ta’sirida shaxsiyatning zo'ravonlik qiladigan yoki g'arazni mo'ljallaydigan bo'lib shakllanishiga ham bog'liq. Jinoyatchilar ichkilik yordamida o'zlariga sherik topadilar va ichkilikdan jinoyat qilishni yengillashtiradigan vosita sifatida foydalanadilar. Ba’zi kishilarning zo'ravonlik qilgisi kelaverishi bevosita ichkilik ta’siriga bog'liq, chunki ichkilik odamni qo'zg'atib, g'azabga soladi, tuban instinkt va mayillarni uyg'otadi. Ichuvchi odam bezorilik qilib, hech qanday xusumati bo'lmasa ham boshqalarni jarohatlashi yoki xatto o'ldirib qo'yishi mumkin. Mudom ichkilik ichish payida bo'lish, avvalgi qadrdonlaridan kechib, o'g'rilik, firibgarlik ichkilikbozlik qilishga moyil odamlar bilan yaqin bo'lish shunga olib keladiki, kishining fikru-hayoli ichkilik uchun pul topishdan nariga o'tmay qoladi. U ichkilikka pul topaman deb har qanday zo'rlikka chidaydi, oilasini xonavayron qilishdan, xatto jinoyatdan ham tap tortmaydi.
Ichkilikbozlik ko'pincha oilaning buzilib ketishiga ham sabab bo'ladi. Birinchidan, oilada talaygina mablaqning ichkilikka sarf bo'lishi, ikkinchidan, ichadigan odam shaxsiyati aynib qolganligi tufayli er-xotin orasiga sovuqlik tushib qolishi shunga olib keladi. Alkogoliklarning bolalari jismoniy va ruhiy jihatdan kech rivojlanadi - yurish, gapirishga kechroq o'rganadi va h.k. Bunday bolalar orasida aqliy qoloqlik tutqanoq va boshqa kasalliklar uchraydi.
Oiladagi biron kishining ichkilik ichaverishi oiladagi bolalar tarbiyasiga juda yomon ta’sir etadi. Oilada ota-onalarga xurmatning yo'qolib ketishi o'smirning o'y-fikrlari, yurish-turishi, o'zini tutishiga yomon ta’sir qiladi, uning axloqan buzilib ketishiga olib keladi. O'smirlarning kattalarga qaraganda ichkilikka tezroq ruju qilib qolishi aniqlangan: bolalar 13-15 yoshidan muntazam ichib turadigan bo'lsalar, bir yil mobaynida, 15-17 yoshidan boshlasa, 2-3 yil ichida ichkilikka o'rganib qoladi.
Mast odam hayosizlikka yo'l qo'yib o'z qilmishlari qanday oqibatlarga olib borishiga ko'pincha ahamiyat bermaydi, natijada ko'ngilsiz voqyealar, bo'yida bo'lib qolish, tanosil kasalliklariga giriftor bo'lish, abort qildirish kabi holatlar kuzatiladi.
Alkogoldan zaharlanish. Ortiqcha spirtli ichimlik hammaga ma’lum bo'lgan mastlik holatdan so'ng zaharlanish sodir bo'ladi. Bunda quyidagilar xarakterli hisoblanadi: teridan sovuq va yopishqoq teri chiqishi, yuz, ko'z va og'izning qizarishi, tana haroratining pasayishi, siydik va axlatning beixtiyor ketishi, qorachiq torayishi. Nafas olish sekinlashadi, tomir tez va sust uradi. Tomir tortishi, qusuq massalarining nafas yo'liga tushib qolishi, bo'g'ilib qolish, nafas to'xtab qolishi, yurak qon-tomir sistemasi faoliyatining pasayishi sodir bo'ladi. 96% spirtning 300 ml hajmi o'limga olib kelishi mumkin.



Download 27.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling