Oziq ovqatdan zaharlanish sabablari, belgilari, tez yordam


Download 27.97 Kb.
bet1/5
Sana26.03.2023
Hajmi27.97 Kb.
#1297996
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Oziq ovqatdan zaharlanish sabablari, belgilari, tez yordam


Oziq ovqatdan zaharlanish sabablari, belgilari, tez yordam

Zaharlanish - organizmga zaharlar ta’sir qilishi tufayli ro'y beradigan holat. Aynan oziq-ovqat mahsulotlari va zaharli o'simliklar va ro'zg'or hamda ishlab chiqarishda qo'llaniladigan turli kimyoviy moddalar, dori preparatlari va boshqalar zaharlanish hollariga sabab bo'lishi mumkin. Zaharlar organizmga mahalliy va umumiy ta’sir ko'rsatadi. Umumiy ta’siri zaharning tabiatiga va uning qanday qilib organizmga surilishiga bog'liq bo'ladi.


Odam birdan zaharlanib qolgan hollarda ko'rsatiladigan shoshilinch yordam quyidagi maqsadlarni ko'zlashi kerak:
1) Zaharni organizmdan mumkin qadar tezroq chiqarib tashlashni;
2) Organizmda qolgan zaharni antidotlar, ya’ni ziddi-zaharlar yordamida zaharsiz holatga keltirishni;
3) Nafas va qon aylanishning buzilishiga qarshi kurashni.
Zahar organizmga og'izdan tushgan bo'lsa, darhol me’dani yuvish zarur, bu ish odam zaharlanib qolgan joyning o'zida o'tkaziladi, ichakni tozalash maqsadga muvofiqdir, buning uchun surgi beriladi, klizma qilinadi. Zahar badan terisi yoki shilliq pardalarga tushib qolgan bo'lsa, darhol zaharni mexanik yo'l bilan ketkazish kerak. Dezintoksikatsiya, ya’ni zahar kuchini kesish uchun vrach buyurganiga qarab, teri ostiga va venaga glyukoza, natriy xlorid, gemodez va boshqa eritmalar yuboriladi. Nafas hamda qon aylanish funktsiyalarini asliga keltirish uchun kislorod, yurak tomirlarini quvvatlaydigan vositalar, sun’iy nafas apparat bilan nafas berish usuli qo'llaniladi.
Ovqatdan zaharlanish hodisalari tez boshlanadi -ovqat yeyilgandan keyin bir necha soat o'tgach ko'ngil aynab, odam juda bo'shashadi, to'sh sohasi uvushib, sim-sim og'riyotganini sezadi: tez orada qusadi, qusish bemorga bir oz yengillik keltiradi. qusish bilan bir vaqtda ich surib, bir talay suyuq axlat keladi, ich surayotgan mahalda qorin tutib-tutib og'rishi mumkin.
Shoshilinch yordam berishni yo'g'on zond yordamida ovqat qoldiqlarini batamom chiqarib tashlab, ya’ni toza suv bo'lguncha me’dani yuvish zarur. Zond solishning imkoni bo'lmaydigan hollarda bemorga stakanlab suv ichirib, keyin to odam qusguncha tomog'i barmoqlar bilan mexanik ravishda ta’sirlantiriladi. Odam qusib bo'lgandan keyin surgi berish kerak (20-30 g magniy yoki natriy sulьfatni 400-500 ml suvga solib). Og'riq bo'lsa 5-7 tomchi 0,1 li atropin sulьfat eritmasi yoki 0,015g belladona berish mumkin. Kollaps mahalida yurak tomirlarni quvvatlaydigan vositalar qo'llaniladi. 2 ml 25%li kordiamin eritmasi, 2 ml 20%li kamfora eritmasi, 1 ml 10%li kofein eritmasi, 1 ml 1%li mezaton eritmasi teri ostiga in’ektsiya qilinadi. Odam suvsizlanib organizmda elektrolidlar kamayib qolganda 500-1000 ml izotonik (natriy xlorid) eritmasini teri ostiga yoki venadan tomchilab yuboriladi. Shu bilan bir vaqtda venaga 10-20 ml 10%li natriy xlorid eritmasi yuboriladi. Intoksikatsiya, suvizlanish simptomlari kollaps belgilari bilan birga qo'shilib davom etayotgan bo'lsa, suyuqliklar (izotonik natriy xlorid eritmasini 5%li glyukoza bilan birga qo'shib) va yurak tomirlarni quvvatlab turadigan vositalarni venadan tomchilab yuborish zarur.
Odam ovqatdan zaharlanib qolgan kezlarda dastlabki 1-2 kun davomida ovqatdan o'zini tiyib turishi tavsiya etiladi. Issiq choy ichib tursa bo'ladi. Keyinchalik ovqat rejimi vrachning aytganiga qarab asta-sekin kengaytirib boriladi.
Adabiyotlar

  1. Inomov G. Hamshiralik ishi. -T., 1996.

  2. Rayskiy V.L. Tibbiyot hamshirasi. Spravochnigi. -T., 1989.

  3. Salomatlik. Entsiklopediya. -T.,1999.

  4. O'ngiboev T.E. Shikastlarda va baxtsiz hodisalarda shoshilinch yordam. -T., 1999.




Download 27.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling