Oziq ovqatdan zaharlanish sabablari, belgilari, tez yordam
Download 27.97 Kb.
|
Oziq ovqatdan zaharlanish sabablari, belgilari, tez yordam
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Dori moddalardan zaharlanish sabablari, belgilari, tez yordam
9-mashg'ulot
Reja: 1. Dori moddalardan zaharlanish sabablari, belgilari, tez yordam 2. Ilon va chayon zaxri bilan zaharlanish belgilari, tez yordam usullari 3. Spirtli ichimliklardan zaharlanish belgilari, tez yordam ko'rsatish 1. Dori moddalardan zaharlanish sabablari, belgilari, tez yordam Xolinolitik moddalar - atropin, amizil, atrofen, astamol, aeron, bekarbon, besalol, krasavka nastoykasi, skopolamin, spazmolitik va boshqa preparatlar toksik dozada ishlatilsa, markaziy va perifirik nerv sistemasida xolinolitik sistemasiga g'ov bo'ladi.urishi Zaharlanish shu preparatlarni ichganda, ukol qilinganda, hamda ko'z shiliq qavatiga o'tganda sodir bo'ladi. Dori-darmonlardan zaharlanish ta’sirida og'iz qurishi, tovush o'zgarishi, nutq buzilishi yuz beradi. Yorug'likdan qo'rqish paydo bo'ladi, yurak urishi tezlashadi, bosh og'rig'i kuchayadi. Teri usti quruq bo'lib, u qizargan bo'ladi. Zaharlanishning og'ir turida ruhiy o'zgarish bo'lib, harakat o'zgaradi, esankirash paydo bo'ladi, epilepsiyaga o'xshash tomir tortishi bo'lib, so'ng bemor o'zini bilmay qoladi. Agar zahar ichga ketsa, unda tezlik bilan oshqozon 1%li tanin eritmasida chayiladi. Agar zahar ko'z shiliq pardasiga tushsa, unda ko'z suv bilan yuviladi. Uning antidoti 0,05% prozerin eritmasi yoki 0,1% fizostigminning eritmasi hisoblanib, u teri ostiga yuboriladi. Psixomotor qo'zg'alishida aminazin mushakka yuboriladi. Agar tomir tortishi ro'y bersa, unda barbituratlar teri ostiga yuboriladi. Ko'zga ko'rinarli zaharlanish sodir bo'lsa, diurezni kuchaytirish va qonni ishqorlash lozim. Bunda venaga glyukozani askorbin kislota bilan yuborish kerak. Taxikardiya holatida inderal ishlatiladi, Agar gipertermiya holati keskin yuz bersa, muzli xaltacha boshga, chovga qo'yiladi va nam latta bilan artiladi. Barbituratlar gruppasiga kiradigan uxlatuvchi dorilardan zaharlanish hammadan tez-tez kuzatiladi. Katta dozada uxlatadigan dorilari ichilganidan 30-60 minut keyin odamni uyqu bosib bo'shashadi, nutqi buziladi, ko'z qorachiqlari torayadi. Keyinchalik u qattiq uxlab koma holatiga tushib qoladi. Shoshilinch yordam: yo'g'on zond yordamida me’dani yuviladi, so'ngra surgi berib, ichni tozalaydigan klizma qilinadi. Koma boshlanib nafas buzilganida sun’iy nafas beriladi. Surilib o'tgan zaharni organizmdan chiqarib tashlash uchun jadallashtirgan diurez usuli qo'llaniladi. Barbiraturatlar bilan zaharlanishda yotoq yaralar, pnevmoniyalarni oldini olish uchun barvaqt choralar ko'rish ayniqsa muhim. Neyroleptiklar - aminazin, triftazin, levomepromazin va boshqalar. Bu preparatlar toksin dozalarda ichib qo'yilganidan keyin odam bo'shashib, uni uyqu bosaveradi, shundan keyin tez boshlanadigan uyqu bir kecha-kunduzdan ortishi mumkin. Qattiq zaharlanish hodisalari komatoz holat boshlanib, nafas izdan chiqishiga olib keladi. Shoshilinch yordam: aktivlangan ko'mir qo'shilgan suv bilan me’dani yuvish, me’dani yuvib bo'lgandan so'ng zond orqali surgilar yuboriladi. Kisloroddan nafas oldirib turiladi. Vrach buyurganiga qarab jadallashtirilgan diurez usuli qo'llaniladi. Plazmadagi ishqorlarni ko'paytirish uchun venadan 4%li natriy bikarbonat eritmasi yuboriladi, jumladan, apparat bilan nafas berib turiladi. Antigistamin preparatlar - dimedrol, diprazin, suprastin va boshqalar. Zaharlanish sipmtomlari odam preparatni ichib qo'yganidan keyin 10 minut 1,5 soatdan keyin paydo bo'lishi mumkin: lanjlik uyqu bosishi, nutqning poyma-poy bo'lishi shular jumlasidandir. Karaxtlik holatidan keyin gallyutsinatsiyalar bilan o'tadigan harakat va ruhiy qo'zg'alish boshlanishi mumkin bemor 10-12 soat davomida uxlab yotadi. Yuz va gavdasi qizarib turadi, terisi va ko'rinadigan shiliq pardalari quruq bo'ladi. Nafas va pulьs tezlashadi. Og'ir zaharlanish hollari komaga olib keladi. Shoshilinch yordam: yo'g'on zond yordamida me’dani yuvib, keyin surgi yuborish, ichni tozalaydigan klizma qilish, kisloroddan nafas oldirib turish. Vrach buyurganiga qarab parenteral yo'l bilan suyuqlik yuboriladi va jadallashtirilgan diurez usuli qo'llaniladi. Talvasa tushadigan bo'lsa, talvasaga qarshi davo qilinadi. Trankvilizatorlar- xlordiazepoksid, diazepam, oksazepam. Bu dorilarni odam toksin dozada ichib qo'yganida 1-1,5 soat dan keyin muskullarda tobora zo'rayib boradigan zaiflik paydo bo'lib, kishini uyqu bosaveradi, boshi aylanadi, yurmoqchi bo'lganda oyoqlari chirmashaveradi. Og'ir hollarda koma boshlanib, bemorning o'limi bilan tugashi mumkin. Shoshilinch yordam: yo'g'on zond yordamida me’dani takror-takror yuvish. Vrach buyurishniga qarab, jadallashtirilgan diurez usulini qo'llash. Nafas izdan chiqqanida sun’iy nafas berish. Mis, ruh, simob, kuchala va ular birikmalaridan zaharlanish. Mis va uning birikmalari: mis oksidi, mis kuporosi, bordos eritmasi, xlor oksidli mis, karbonatli mis tanaga ko'pincha nafas olish yo'li bilan tushib, nafas yo'li va qizilo'ngach shilliq qavatlariga qitiqlovchi ta’sir ko'rsatadi. Qonda gemoliz holatini chaqiradi va ichki organlarga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Yashirin bosqichi o'tgandan keyin et uvishishi boshlanadi, tana haroratining 39-400gacha ko'tarilishi va tomir urishining tezlashuvi, qayd qilish kuzatiladi. Ko'p miqdorda zaharlanganda o'pka shishadi, markaziy nerv sistemasi zararlanadi. Bemor tezda halok bo'lishi mumkin. Agarda mis birikmasi oshqozonga tushsa, bir necha vaqt o'tgandan so'ng, og'izda metall mazasi paydo bo'ladi, keyin ko'ngil aynishi, qusish, oshqozonda og'riq, ich ketishi va kuchli tashnalik sodir bo'ladi. Til va shiliq qavatlar ko'karib ketadi. Yurak kisqarishi kamayadi. Koma holati sodir bo'lib, og'ir ahvollarda tomir tortishi kuzatiladi. Birinchi yordam berish: oshqozonni bir necha bor chayish hamda aktivlangan ko'mir (1 osh qoshiq 1 stakan suvga) beriladi. Shikastlangan kishi venasiga 30%li 100ml tiosulьfat natriy, teri ostiga morfin va atropin yuboriladi. Ruh va uning birikmalari. Ruh oksidi, ruh xloridi, ruh sulьfati organizmga nafas yo'llari, ba’zan hazm qilish a’zolari orqali tushadi. Ruh va uning birikmalari bilan zaharlanganda og'izda metall mazasi paydo bo'ladi, tashnalik va hushsizlik, ko'ngil aynishi va qusish, qorinda og'riq va ich ketishi kuzatiladi. Keyinchalik quruq yo'tal, bronxit paydo bo'ladi. Zaharlanishning og'irligiga qarab, bu belgilar 4-5 soatgacha davom etadi, harorat 38-400ga ko'tarilib, so'ng pasayadi. Og'ir hollarda o'pka shamollashi va shishishi mumkin. Zahar teriga tushsa, unda yara hosil bo'ladi, agarda modda og'iz orqali tushsa, ovqat hazm qilish yo'lining shilliq qavati kuyishi ro'y berib, bu qon qusish bilan kechadi. Ruh va uning birikmalari ichga tushganda oshqozon 3%li natriy gidrokarbonad eritmasi bilan yuviladi yoki bu o'rinda 0,2%li tanin eritmasi, tuzli surgi moddalar ishlatiladi. Antidot o'rnida unitiol (5%li eritmasi 1 mldan 10 kg bemor og'irligiga qarab kuniga 3-4 martta 1 kun 2-3 martta, 2 kun 1-2 martta 3-7 kun davomida) ishlatiladi. Lozim bo'lganda narkotik va yurak-tomir dorilari yuboriladi. Margumush va uning birikmalari: margumush angidridi, natriy arsenati, kalьtsiy arsenati, dorivor moddalar (osarsol, novorsenol, miarsenol, natriy arsenat va boshqalar). Uning ta’siri buyrakda, jigarda, ichak va nerv sistemalarida aks etishi mumkin. Agar zahar kishi ichiga tushsa, me’da ichak zaharlanishi sodir bo'ladi. U og'izda metall mazasi, qusish, qorinda og'riq paydo bo'lishi bilan boshlanadi. qusuq massasi yashil tusli, axlati qaynatilgan guruch suyuqligiga o'xshash bo'ladi. Kamqonliq, sariq kasalligi, o'tkir buyrak yetishmovchiligi yuz beradi. Termik holatda kollaps va koma bo'lishi mumkin. Zaharlanishning paralitik turida bemor gangib qoladi, esi og'adi, tomiri tortishadi, hushidan ketadi, nafas faoliyati to'xtab, kollaps holati yuzaga keladi. Nafas orqali zaharlanganda og'ir qon gemolizi yuz beradi. 2-3 kunlarda esa buyrak-jigar yetishmovchiligi yuz berishi mumkin. Margumushning o'lim dozasi 0,1-0,2 gr hisoblanadi. Yordam berilgan taqdirda oshqozon chayiladi, sifon klizmasi qilinadi. Birinchi kuni venaga 150-200 ml 5%li unitol yuboriladi. Vitaminlardan askorutin kislotasi, V1, V6, V, V12, V15 yuboriladi. Venaga 500-1000 ml 5% li glyukoza eritmasi, 30ml 10%li tetatsin-kaludiy hamda osh tuzining gipertonik eritmasi yuboriladi. Oshqozonda qattiq og'riq paydo bo'lganda, buyrak atrofiga novokain blokadasi qilinadi, spazmga qarshi dorilar va yurak qon-tomir preparatlari yuboriladi. Siydik qonaralash bo'lsa, venaga glyukoza-novokain aralashmasi (500ml %li glyukoza eritmasi, 50 ml 2 %li novokain eritmasi) glyukozaning gipertonik eritmasi (200-300 ml 20-30%li) diafillin (10ml 2,4%li eritmasi) natriy gidrokarbonad (1000 ml 4%li eritma) yuboriladi. Og'ir hollarda siydikni xaydash va gemodializ qilish lozim.Download 27.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling