Ҳозирги замон достонларида тарихий воқелик ва шахс талқини


Bitiruv malakaviy ishning maqsadi ва vazifalari


Download 220 Kb.
bet2/7
Sana30.04.2023
Hajmi220 Kb.
#1413841
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hozirdiiy mahorat

Bitiruv malakaviy ishning maqsadi ва vazifalari: zamonaviy dostonlarda an’anaviylik va mahorat masalasini o‘rganishdan iboratdir.
Yuqorida bayon qilingan asosiy maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi:
− XX asr oxirida yaratilgan o‘zbek dostonlaridangi an’anaviylikni o‘rganish;
− Hozirgi o‘zbek dostonlaridagi liro-epik tasvirning o‘ziga xosligini tahlil etish;
− Dostonlardagi liro-dramatik tasvirga xos-xususiyatlarni ko‘zdan kechirish;
− Dostonlardagi sintezli (aralash, qorishiq) tasvir xillarini tahlil etish;
Dostonnavisning mahorat qirralarini ochib berish.
Bitiruv malakaviy ishning metodologik asosi va tahlil usuli: Ushbu ishimizning metodologik asosini Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning ma’naviyat, adabiyot va san’at haqidagi fikrlariga hamda shu mavzuga oid tadqiqotlar yaratgan, maqolalar e’lon qilgan adabiyotshunoslarimiz U. Normatov, B. Sarimsoqov, Sh. Hasanovlarning qarashlariga suyandik va tahlilda qiyosiy usulni tanladik.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. zamonaviy dostonchilikning an’analari va dostonnavislarning o‘ziga xos mahorati hamda dostonning yangi janr ko‘rinishlarini kuzatish, poemalar badiiy strukturasida qo‘llangan rivoyat, maqol va xalq qo‘shiqlarining badiiy- kompozitsion vazifalarining o‘rganish ishimizning yangiligi hisoblanadi.
Yuqorida aytilgan fikr-mulohazalar ishimizning ilmiy yangiligini belgilaydi deyishimiz mumkin.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti: − obyekti: Ushbu ishimizning mavzu-muammosini o‘rganish uchun XX asrning so‘nggi choragida yaratilgan O.Matjon, H.Xudoyberdiyeva, M.Yusuf dostonlari, shuningdek Sh.Rahmon she’rlaridagi an’anaviylik va mahorat masalasi tahlilga tortildi.
Tadqiqotning ilmiy ahamiyati. Mazkur BMI natijalari va xulosalaridan umumta’lim maktablarida, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida zamonaviy dostonchilikka oid darslarni tashkil etishda foydalanish mumkin. Shuningdek, O.Matjon, H.Xudoyberdiyeva, M.Yusuf dostonlari, shuningdek Sh.Rahmon she’rlaridaga oid maqolalar yozishda ham foydalanish o‘rinlidir. Bular ishimizning amaliy ahamiyatini belgilaydi.

Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling