O`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon- taroj qilish jinoyat tushunchasi jinoyat tarkibi javobgsrlikni og`irlashtiriuvchi holatlar
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar tushunchasi va turlari
Download 68.66 Kb.
|
O
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zgalar mulkini talon-taroj qilish
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar tushunchasi va turlariIqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik Jinoyat kodeksining uchinchi bo‘limida belgilangan bo‘lib, u o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish (X bob), o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar (XI bob), iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar (XII bob), xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar (XIII bob)lardagi 164–192-moddalarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 53–55-moddalarida bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishi, davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlashi, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi, mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishi, yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylik ekanligi, ulardan oqilona foydalanish zarurligi va ular davlat muhofazasida ekanligi belgilab qo‘yilgan. Yuqoridagi belgilangan konstitutsiya norma talablarini ustuvorligini ta’minlash maqsadida Jinoyat kodeksining uchinchi bo‘limi shu munosabatlar bilan bog‘liq jinoiy qilmishlar uchun javobgarlikni o‘z ichiga oladi. O‘zgalar mulkini talon-taroj qilishO‘zgalar mulkini talon-taroj qilish jinoyatlariga bosqinchilik (Jinoyat kodeksining 164-moddasi), tovlamachilik (Jinoyat kodeksining 165- moddasi), talonchilik (Jinoyat kodeksining 166-moddasi), o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish (Jinoyat kodeksining 167- moddasi), firibgarlik (Jinoyat kodeksining 168-moddasi), o‘g‘rilik (Jinoyat kodeksining 169-moddasi) jinoyatlarini o‘z ichiga olib, ushbu jinoyatlarning obyekti o‘zgalarning mulki va mulkiy huquqlari hisoblanadi. Obyektiv tomondan bu jinoyatlar harakat bilan sodir etiladi. Subyektiv tomondan bu jinoyatlar faqat qasddan sodir etilib, jinoyat subyekti bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, o‘g‘rilikning subyekti 14 yosh, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish, firibgarlikning subyekti 16 yosh hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq, mamlakatimiz iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Mulk daxlsizdir va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi, unga qilingan har qanday tajovuz qonunga xilof, deb hisoblanadi. Òalon-taroj qilish o‘zgalar mulkini o‘z foydasi, boshqa shaxslar foydasiga qonunga xilof tarzda va bepul o‘ziga qaratib olishdir. Òalon- taroj qilish tushunchasi bosqinchilik, talonchilik, o‘g‘rilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish, firibgarlik kabi mulkka qarshi jinoyatlar guruhiga taalluqlidir. Òalon-taroj qilishning obyekti o‘zgalar mulkidir. Download 68.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling