Moliyaviy natijani ifodalovchi foyda ko’rsatkichining quyidagi turlari “Moliyaviy natijalar to’-risidagi hisobot” nomli hisobotda bosqichma-bosqich aniqlanadi: - 1. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda.
- 2. Asosiy faoliyatidan olingan boshqa foyda (operatsion foyda).
- 3. Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda.
- 4. Umumxo’jalik faoliyatdan olingan foyda.
- 4. Favqulodda foyda (zarar).
- 5. Soliq to’lagungacha olingan foyda.
- 6. Hisobot davrining sof foydasi.
- 7. Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi.
Favqulodda foyda (zararlar) - Favqulodda zararlar - bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki muomalalar natijasida vujudga keladigan va ro’y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlardir. Bunga favqulodda va davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak bo’lgan o’tgan davr xarajatlari kirmaydi.
- U yoki bu moddaning favqulodda foyda va zararlar sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
- - korxonaning odatdagi xo’jalik faoliyatiga xos emaslik;
- - bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak;
- - boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog’liq emaslik.
Favqulodda foyda (zararlar) - Favqulodda foyda va zararlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
- 9710-«Favqulodda foyda»
- 9720-«Favqulodda zarar».
- Ushbu schyotlar tranzit bo’lib, 9710-schyot-passiv, 9720-schyot-aktiv xarakterga ega.
- Favqulodda foyda olinganda kirim qilingan aktivlarga quyidagi buxgalteriya hisobi o’tkazmasi beriladi. Masalan:
- Dt Turli aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar 1000000
- Kt 9710-«Favqulodda foyda» 1000000
- Hisobot davrida yuzaga kelgan sof foyda summasini taqsimlanmagan foydaga qo’shilishi quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
- Dt «Yakuniy moliyaviy natija»
- Kt «Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi»
- Agar hisobot davri yakuniga ko’ra umumiy moliyaviy natija zarar bilan chiqsa, unda buxgalteriya yozuvi quyidagicha bo’ladi:
- Dt «Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi»
- Kt «Yakuniy moliyaviy natija»
Invеntarizatsiya - Xo’jalik yurituvchi sub'еkt mablag’larini tеkshirib, ro’yxatga olish va olingan ma'lumotlarni hisob ma'lumotlari bilan taqqoslash dеmakdir.
- Yoki invеntarizatsiya xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari, xo’jalik jarayonlarini buxgaltеriya hisobi hujjatlariga asosan qayta ro’yxatdan o’tkazishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |