Dt «Qimmatli qog’ozlar» 175000
Dt «Ombordagi tovarlar» 50000
Kt «Ta’sischilarning Ustav kapitaliga badallari bo’yicha qarzlari» 475000
1-misol. Davlat ro’yxatida yangi tashkil topgan Aktsionerlik jamiyati yuzaga keldi, deb faraz qilamiz. Ta’sis hujjatlariga ko’ra uning Ustav kapitali nominal qiymati 100 so’m bo’lgan 10000 ta oddiy aktsiyalardan iborat. Hisobot davrida aktsiya-larning 5000 donasi ishtirokchilarga sotildi. Bu ho’jalik muomalalari quyidagi bux-galteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi. Aktsionerlik jamiyatshing Ustav kapitali ro’yxatga olingan paytda Dt «Ta’sischilarning Ustav kapitaliga badallari bo’yicha qarzlari» 1000000 Kt «Oddiy aktsiyalar» 1000000 Dt «Pul mablag’lari» 500000 Kt «Ta’sischilarning Ustav kapitaliga badallari bo’yicha qarzlari» 500000 Aktsionerlik jamiyatida kapital hisobi - 2-misol. Birinchi misolda keltirilgan Aktsionerlik jamiyati o’tgan hisobot davrida sotilmay qolgan 5000 dona oddiy aktsiyalarining har bir donasini 120 so’mdan sotishga erishdi. Bu xo’jalik muomalasi quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi:
- Dt «Pul mablag’lari» 600000
- Kt «Oddiy aktsiyalar» 500000
- Kt «Emissiya daromadi» 100000
Aktsionerlik jamiyatida kapital hisobi - 3-misol. Aktsionerlik jamiyatining Ustav kapitali 5000000 so’mni tashkil qiladi. Jamiyat Ustavida Ushbu summaning 15% miqdorida zahira kapitalini yuzaga keltirish ko’zda tutilgan. Hisobot davrida jamiyatning sof foydasi 1200000 so’mni tashkil qildi. Qonunchilikka asosan uning 5% zahira kapitalini shakllantirishga sarf bo’ladi. Bu summa 60000 so’mni tashkil qiladi.
- Zahira kapitali tashkil qilinganda quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi: Dt «Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi» 60000
- Kt «Zahira kapitali» 60000
Do'stlaringiz bilan baham: |