Pul massasi va pul agregatlari. Pul tizimi: mazmuni, turlari va elementlari


Download 287.69 Kb.
bet1/16
Sana22.06.2023
Hajmi287.69 Kb.
#1647127
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
3-ma\'ruza. Пул массаси

MAVZU: PUL MASSASI VA PUL AGREGATLARI.

3-ma’ruza: PUL MASSASI VA PUL AGREGATLARI. (2 soat)

PUL MASSASI VA PUL AGREGATLARI.


Pul muomalasini tashkil qilish asoslari
Pul muomalasi qonunlari va ulardan kelib chiqadigan talablar. Pul massasi va uni tavsiflovchi ko’rsatkichlar
Pullarga bo’lgan talab va pullar taklifi. Pul muomalasi tushunchasi. Pul muomalasi qonunlaridan kelib chiqadigan talablar
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlash uslublari. I.Fisherning “almashuv tenglamasi”
K.Marksning muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlash formulasi
Pul muomalasi qonunlarining buzilishi hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari

Pul muomalasini tashkil qilish asoslari

Pul muomalasi bu pullarning naqd va naqd bo’lmagan shakllardagi doiraviy aylanishi bo’lib, bunda pullar to’lov vositasi va muomala vositasi funksiyalarini bajaradi.


Pul muomalasi jarayonida ishtirok etadigan pullar 2 ga bo’linadi
Aktiv pullar-bevosita to’lov jarayonidagi pullardir. Shu pullar tufayli T-P (tovar pul) yoki P-T jarayoni nihoyasiga etadi.
Passiv pullar-deganda aholining, korxonalarning va davlatning banklaridagi hisob raqamlarida turgan pullar hamda aholining qo’lidagi naqd pullar tushuniladi.

Pul muomalasini tashkil qilish asoslari

Pul muomalasi davlat-huquqiy mazmuniga ega. Davlat deyilishiga sabab shundaki, pul muomalasi barcha davlatlarda faqat davlat tomonidan tashkil qilinadi. Huquqiy deyilishiga sababi pul muomalasi bo’yicha qabul qilingan me’yorlar va qoidalarning talablari pul muomalasida ishtirok etuvchi barcha sub’ektlar uchun majburdir.

Dunyoning barcha mamlakatlarida pul muomalasini amalga oshirish va tartibga solish Markaziy banklarga yuklatilgan. Bu erda Markaziy banklarning mustaqillik darajasi muhim o’rin tutadi. Ayrim davlatlarda misol: Ispaniyada Markaziy bankning mustaqillik darajasi past. Shu jumladan Angliyada ham past. Shu sababli pul muomalasiga oid muhim qarorlarni qabul qilishda hukumatning roziligi talab qilinadi. Markaziy bank pul muomalasini amaldagi qonunchiliklarga qat’iy rioya qilgan holda boshqaradi. Bunda eng asosiy qonun hujjati bo’lib “Markaziy bank” to’g’risidagi qonun hisoblanadi.


Download 287.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling