I. Fisher va uning izdoshlari shunday nuqtai nazarga amal qilishgan. Ular pullarning aylanish tezligi (V) va ishlab chiqarish darajasi (Q) muomalada yurgan pullar miqdoriga (M) va narxlar darajasiga (P) bog’liq bo’lmasligini asoslashga urinishgan. Ular pullarning aylanishi tezligi avvalo demografik (aholining zichligi va hokazo) va texnik (transport vositalarining soni va sifati va hokazo) parametrlarga bog’liq bo’ladi, deb faraz qilishgan. Ishlab chiqarish darajasi esa asosan mehnat bozorida yuzaga kelayotgan shart-sharoitlar bilan belgilanib, narxlar darajasi va muomalada yurgan pullar soniga bog’liq bo’lmaydi. Shubhasiz, bozor xo’jaligi hukmronlik qiladigan sharoitda bunday qoidalar yaqqol noreal tus kasb etadi. Kiymat konuni va uning muomala doirasida yuzaga chikish shakli - pul muomalasi konuni tovar-pul munosabati mavjud bulgan barcha ijtimoiy formatsiyalarga xosdir. kiymat shakllari va pul muomalasi tarakkiyot yo’lini taxlil kilayotib, KMarks pul muomalasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan momala vositasi funktsiyasini amalga oshirish uchun kerak bolgan pul miqdori aniklanadi. Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda, pullarning xazina funktsiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj kamaysa, ortikcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga okib o’tishi kuzatilgan va aksincha. Shunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab turilgan. Keyinchalik muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning metallar (oltin yoki kumush)ga erkin almashinishi muomalada pulning ortiqcha miqdori bo’lishini inkor etadi. Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog’oz xar (xazina biletlari) amal qilsa, u xolda naqd pul muomalasi pul muomalasi konuniga asosan amalga oshadi. K.Marksning muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlash formulasi Qog’oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo’lgan oltin pullarning miqdoriga teng bo’lganda pul muomalasida xech kanday salbiy jarayonlar yuz bermaydi. Yuqorida ko’rsatilgan talab pulning barqarorligini ta’minlaydi, shuningdek pul muomalasi mavjud bo’lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarda o’z kuchiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |