O’zmu biologiya fakulteti Biologiya(turlari bo’yicha) bbu-21-03 guruh talabasi Kurbanova Ziyodaning umurtqalilar zoologiyasi fanidan “Xordalilar tipi- chordata. Xordalilarning umumiy tuzilishi” mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi


Download 0.9 Mb.
Sana16.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1358872
Bog'liq
Ziyoda xordalilar

O’zMU Biologiya fakulteti Biologiya(turlari bo’yicha) BBU-21-03 guruh talabasi Kurbanova Ziyodaning umurtqalilar zoologiyasi fanidan “Xordalilar tipi- Chordata.Xordalilarning umumiy tuzilishi” mavzusida prezintatsiyasi.

Xordalilar tipi-Chordata.Umumiy tavsifi.

  • Xordalilar tipiga tashqi ko’rinishi, yashash sharoiti va hayot tarzi turlicha bo’lgan hayvonlar kiradi.Xordalilar barcha muhitda-suvda, tuproq qatlamlarida, yer ustida va hatto havoda ham uchraydi.Ular yer sharining barcha qit’alarida tarqalgan. Uzunligi 0.5-3 mm dan, 30-33 m gacha va og’irligi 150 t gacha boradi.

Xordalilar uchun umumiy bo’lgan hususiyatlar:

  • O’q skleti vazifasini umrbod yoki rivojlanishning ilk davrida xorda bajaradi. Xorda elastic eguluvchan o’zaklardan hamda vakuola hujayralaridan tashkil topgan.Xorda orqa tomonidan gavdaning bir uchidan ikkinchi uchiga tomon cho’ziladi. U asosan ichak nayining ustki devoridan ajralib chiqadi, ya’ni entodermadan hosil bo’ladi. Tuban xordalilar (assidiyalar va salpalardan tashqari) umrbod saqlanib qoladi.Keyinchalik xorda va nerv nayini o’rab turadigan biriktiruvchi to’qimalardan tog’ay yoki suyak umurtqalar hosil bo’ladi.
  • Markaziy nerv sistemasi xordaning ustida tana bo’ylab joylashgan, shaklan nayga o’xshaydi, uning ichki bo’shlig’I nevrosel deyiladi. Yuksak xordalilar nerv nayining oldingi qismidagi murakkablashuv natijasida bosh miyya shakkllanadi, nerv nayining qolgan qismidan esa orqa miyya hosil bo’ladi. Embrional rivojlanish davrida nerv nayi ektodermadan hosil bo’ladi.
  • Halqum devorining ikki yonida qator o’rnashgan va halqum bo’shlig’ini tashqi muhit bilan tutashtirib turadigan Jabra yoriqlari bo’ladi. Tuban xordalilarda Jabra yoriqlari hayoti davomida saqlanadi.Quruqlikda yashaydigan va ikkilamchi suv muhitiga o’tgan umurtqalilarda Jabra yoriqlari faqat embrionlik davrida bo’lib, tezda bitib ketadi.Natijada halqumning qorin qismidan juft bo’rtma, ya’ni o’pka rivojlanadi. Hazm qilish organlari xorda yoki umurtqalarning ostida joylashadi. Qon aylanish sistemasini boshqarib turuvchi organ- yurak gavdaning qorin tomonida, xorda va hazm qilish nayining ostida joylashadi.

Xordalilar va umurtqasiz hayvonlar uchun umumiy xarakterli belgilari:

  • Xordalilar, ignaterililar, pognaforalar va qiljag’lilar ikkilamchi og’izlilar (Deuterostomia)ga kiritiladi, va birlamchi og’izlilarga qarshi qo’yiladi. Ikkilamchi og’iz gastrulaning gastapor teshigiga qarama-qarshi tomon devorining yorilishidan hosil bo’ladi. Bitayotgan gastapor o’rnida anal teshigi hosil bo’ladi.Birlamchi og’izlilarda gastapor o’rinida og’iz teshigi paydo bo’ladi, anal teshik esa gastrula devorining o’pirilishidan hosil bo’ladi.
  • Embrion taraqqiyot jarayonida ikkilamchi tana bo’shlig’ligi- selom yuzaga keladi. Bu belgi xordalilardan tashqari ninaterililar, qiljag’lilar, yelkaoyoqlilar, bo’gimoyoqlilar va chuvalchanglar uchun ham hosdir.
  • Yuksak xordalilar embrionida, tuban xordalilarda, bo’g’imoyoqlilarda va ko’pgina chuvalchanglarda asosiy organlar sistemasining periferik nerv sistemasi, muskullar, sklet, ayirish sistemasning metamar (segmentli) ravishda joylashishi xarakterli. Yuksak xordalilarning voyaga yetkan organizimlarida metameriya deyarli bilinmaydi.
  • Xordalilar va ko’pchilik umurtqasiz hayvonlarning(g’ovaktanlilar va bo’shlig’ichlilardan tashqari) tanasi ikki tomonlama(bilaterial) simmetriyali tuzilgan.

Xordalilar tipi sistematikasi.

  • I. Kenja tip.Chalaxordalilar-Hemichordata
  • Sinf.Ichak bilan nafas oluvchilar-Enteropneusta

    Sinf.Qanotjabralilar- Pterobranchia

    II.Kenja tip. Lichinkaxordalilar- Urochordata yoki qobiqlilar- Tunicata

    Sinf. Assidiylar-Ascidiae

    Sinf. Salplar- Salpae

    Sinf. Appendikulyariyalar- Appendiculariae

    III.Kenja tip.Boshskletsizlar- Acronia

    Sinf. Xordaboshlilar- Cepholochordata

    IV.Kenja tip.Boshskletlilar – Craniata yoki umurtqalilar- Vertebrata

Guruh.Murtak pardasiz umurtqalilar- Anomnia Bo’lim.Jag’sizlar- Agnatha Katta sinf.Jag’sizlar – Agnatha Sinf. To’garakog’izlilar – Cyclostomata Bo’lim. Jag’og’izlilar – Gnathostomata Katta sinf. Baliqlar – Pisces Sinf. Tog’ayli baliqlar – Chondrichthyes Sinf. Suyakli baliqlar – Osteichthyes Katta sinf. Quruqlikda yashovchi umurtqalilar yoki to’rtoyoqlilar- Tetrapoda Sinf. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar- Amphibia Guruh. Murtak pardali umurtqalilar- Amniota Sinf. Sudralib yuruvchilar- Reptilia Sinf. Qushlar- Aves Sinf. Sutemizuvchilar- Mammalia

Xordalilar tipiga 40000 dan 47000 tagacha tur kiradi. Chalaxordalilar, lichinkaxodalilar va boshskletsizlar kenja tiplari odatda tuban xordalilar, umurtqalilar kenja tipi esa yuksak xordalilar deyiladi.Shuningdek, yashashi suv bilan bog’liq umurtqalilar (to’garak og’izlilar, baliqlar va suvda hamda quruqlikda yashovchilar) tuban umurtqalilar, quruqlikda yashovchilari esa (sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar) yuksak umurtqalilar deyiladi.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling