O’zmu fizika fakulteti f-2008 guruh talabasi Dadaxonov yusufxo’janing
Download 15.91 Kb.
|
O’zmu fizika fakulteti f-2008 guruh talabasi Dadaxonov yusufxo’j-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy qism
Asosiy qismKovalent bog‘lanishda qatnashayotgan elektronlarni valent elektronlar deb ham yuritiladi. Demak, valent elektronlar butun Kristall atomlariga tegishli bo‘ladi. Elektron o‘tkazuvchanlik. Past temperaturalarda juft elektronlar hosil qilgan bog‘lanish kuchli bo‘lib, uzilmaydi. Shu sababli past temperaturalarda kremniy elektr tokini o‘tkazmaydi. Temperatura ko‘tarilganda valent elektronlarning kinetik energiyasi ortadi. Ayrim bog‘lanishlar uzila boshlaydi. Ulardan ayrimlari borib-kelib, yurgan yo‘lidan chiqib, metalldagi kabi erkin elektronga aylanadi. Mazkur elektronlar elektr maydoni ta’sirida yarimo‘tkazgich bo‘ylab ko‘chadi va elektr tokini hosil qiladi (1-rasm). Erkin elektronlarning ko‘chishi tufayli yarimo‘tkazgichda tok hosil bo‘lishiga elektron o‘tkazuvchanlik yoki qisqacha n-turdagi o‘tkazuvchanlik (lotin. negativus – manfi y) deyiladi. Kovakli o‘tkazuvchanlik. Kovalent bog‘lanishda qatnashgan elektron chiqib ketgan joyda kovak hosil bo‘ladi. Neytral atomdan manfi y zaryadli elektron chiqib ketgan joy musbat zaryadga ega bo‘ladi. Asosiy qismBo‘sh kovakni kovalent bog‘lanishdagi boshqa elektron kelib berkitadi. Lekin endi kovak boshqa joyda paydo bo‘ladi. Shunday qilib, elektronning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishida, kovaklarning ham nisbatan ko‘chishi ro‘y beradi. Asosiy qismElektr maydoni bo‘lmaganda elektronlarning va shunga mos kovaklarning ko‘chishi tartibsiz bo‘ladi. Elektr maydoni qo‘yilganda erkin elektronlar bir tomonga, kovaklar ikkinchi tomonga ko‘chadi. Xuddi shunday yarim o‘tkazich boshida hosil bo‘lgan kovakka qo‘shni atomdan elektronning sakrab o‘tishida musbat zaryadli kovak o‘tkazgichning oxiri tomon siljiydi (2-rasm). Bunday o‘tkazuvchanlikni yarimo‘tkazgichlarning kovakli o‘tkazuvchanligi yoki qisqacha p-turdagi o‘tkazuvchanlik (lotin. positivus – musbat) deyiladi Download 15.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling