p-n o’tishda ko’rgazmali qo’llanmalar va texnik vositalardan foydalanish
P-n o’tishning xossalari mavzusini o’tish uslublari
Asosiy qism
p-n o’tishning hosil bo’lishi
Elektron-kovak o’tishi-yarim o’tkazgichning biri n-tur elektr o’tkazuvchanlikka, ikkinchisiga esa, p-tur elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan ikki sohasi orasidagi metallurgaviy o’tish sohasi.
p-n o’tish hosil bo’lishining fizik manzarasini qarab chiqamz. Nd konsentratsiyasi donor kirishma butun hajm bo’yicha tekis taqsimlangan, elektron turdagi o’tka- zuvchanlikka ega bo’lgan yarim o’tkazgizchli kristall mavjud bo’lsin. Kristallning biror qirrasi bo’yicha Nd konsentratsiyali akseptor kirishma diffuziyasi o’tgazilsin, bu holda Na>>Nd (1.1-rasm). Bunday diffuziyadan so’ng yarimo’tkazgich hajmi turli turdagi o’tgazuvchanlikka ega bo’lgan ikki qismga ajraladi. Haqiqatdan ham, butun 0sohada <> konsentratsiyasi p=Na-Nd, elektonlar konsentratsiyasi esa Nd ga teng. Na>>Nd bo’lganligi sababli, asosiy zaryad tashuvchilar kovaklar hisoblanadi. x>x1 sohada <> konsentratsiyasi kam (Na< elektronlar konsentratsiyasi esa n=Nd, demak bu sohada elektronlar hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda x=x1tekislik yaqinida p sohadan n sohaga o’tish shakillanadi,yani p-n o’tish hosil bo’ladi
Asosiy qism
Yarimo‘tkazgichlarning tuzilishi. Xususiy o‘tkazuvchanlik
Yarimo‘tkazgichlarda elektr tokining tabiatini tushunish uchun, ularning tuzilishini bilish kerak. Buning uchun tarkibida hech qanday chet moddalar bo‘lmagan toza kremniy kristalini qaraylik. Kremniy atomida elektronlar qavatlar bo‘yicha joylashganda uning eng tashqi qobig‘ida to‘rtta elektroni joylashadi. Qo‘shni atomlar bir-birini shu elektronlar vositasida tutib turadi. Har bir atom qo‘shni atom bilan o‘zining bitta elektroni orqali bog‘lanadi. Natijada ikkita atom o‘zaro ikkita elektron orqali bog‘lanadi. Bunday bog‘lanishni kovalent bog‘lanish deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |