O’zmu ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash) yo’nalishi


Download 24.3 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi24.3 Kb.
#189894
Bog'liq
5-mavzu turlito'liq

-------


O’zMU ijtimoiy fanlar fakulteti

Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash) yo’nalishi

3-kurs talabasi Xushvaqtova Shahrizodaning turli guruh va qatlamlar bilan ijtimoiy ish fanidan tayyorlagan semenar savollariga

Javoblari

Mavzu: Nogiron a’zosi bo’lgan oilada ijtimoiy ish mohiyati va mazmuni

O’qtuvchi: Xolmurodov.G’.

Semenar savollari



  1. Nogironligi bor shaxs so’ziga ta’rif bering

  2. Barcha nogironligi borlar turli sabablarga ko’ra bir nechta guruhlarga bo’linadi

  3. Orttirilgan nogironlik shakllari

Javoblar

1.O’zbekiston Respublikasi “Nogironlarni himoya qilish to’grisida”gi qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 22-aprelda qabul qilingan bo’lib 27-iyunda maqullangan. Bu qonun 8 bob 36 moddadan iborat. Ushbu qonunda nogironligi bo’lgan shaxsga shunday ta’rif berilgan. Ya’ni, jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor sezgilarida nuqsonlari borligi sababli turmush faoliyati cheklangan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaxs nogiron hisoblanadi. Nogiron bolalar esa jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor sezgilarida nuqsonlari borligi sababli turmush faoliyati cheklangan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj 18 yoshgacha bo’lagan shaxslardir. Yana bundan tashqari ushbu qonunda aytilishicha 16 yoshgacha bo’lgan bolalarni nogiron deb topish –tibbiy maslahat komissiyalari tomonidan, 16 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarni nogiron deb topish tibbiy mehnat ekspert komissiyalari tomonidan belgilanadi.

2. Nogironlik mehnat qobilyatini yo’qotish darajasiga qarab 3 guruhga bo’linib, vaqtincha (6-12oy) yoki muddatsiz qilib tayinlanadi. 1-guruh nogironiga mehnat qonilyatini butunlay yo’qotgan, lekin boshqaning doimiy parvarishi, yordami, nazoratiga muhtoj bo’lgan shaxslar, 2-guruh nogironiga mehnat qobilyatini butunlay yo’qotgan, lekin boshqalarning doimiy parvarishiga muhtoj bo’lmagan, shuningdek, mehnat turidan qati-nazar, unda uzoq muddat ishlay olmaydigan shaxlar, 3-guruh nogironligi mehnat qobilyati sezirali darajada pasaygan shaxslar kiradi. Nogironlar davlat nafaqasi bilan ta’minlanadi, zarur bo’lganda davolanadi, ularga protezlar beriladi, ishga, maxsus maktablarga joylashtirish uchun shaeoit yaratiladi. Nogironlarni tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilish orqali faol hayotga mehnatga jalb qilish dolzarb masala hisoblanadi. Hozirgi kunda O’zbekistonda 3-guruh nogirinlari uchun nafaqa to’lanmaydi.

Bundan tashqari nogironlikning boshqa turlari ham bor bular:


  • Mental nogironlik

  • Sensor nogironlik

  • Aqliy nogironlik

  • Orttirilgan nogironlik va boshqalar

Mental nogironlik – aql bilan bog’liq bo’lgan nogironlik. Aksariyat holatlarda tug’ma bo’ladi. Ammo og’ir olingan zarbalar tufayli orttirilishi ham mumkin.

Sensor nogironlik – nerv sestimasi bilan bog’liq bolgan muammolardir. Ya’ni sezgi organlari orqali yuzaga kelib miyaga asorat beradi. Bugungi kunda olimlarning o’rganishiga qaraganda nogironlikning ko’pgina turlari mavjud. Ular ichida eng ko’p uchraydigani u gendan-genga o’tadigan nogironlik.



3.Orttirilgan nogironlik – bu turdagi nogironlik harakat yoki harakatsizlik oqibatida yuzaga keladi. Harakat bo’lsa bu o’zining harakati bilan sodir bo’ladi. Harakatsizlikda esa boshqa sabbablar ta’sir ko’rsatadi. Bunday holatlar ayniqsa qurilish sohasida, sport sohalarida ko’p uchraydi. Yana bundan tashqari juda qattiq qo’rquv ham nogironlikka sabab bo’ladi, ovqatdan zaharlanish ham nogironlikka sabab bo’lishi mumkin. Ko’pgina hollarda baxtsiz hodisalar tufayli ham nogironlik vujudga keladi. Misol uchun baxtsiz hodisalar ya’ni hozirda juda ko’plab sodir bo’layotgan yo’l transport hodisalari, tabiat hodisalari: yer qimirlashi,kuchli shomol bo’lishi va hakazolar. Orttirilgan nogironlik vaqtincha yoki davomiy shaklda bo’lishi mumkin. Shunday ekan har birimiz eng avvalo sog’ligimizga e’tiborli va ehtiyotkor bo’laylik. Zero sog’ligimiz bu bizning boyligimizdir.


Download 24.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling