O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/120
Sana03.11.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1743798
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   120
Bog'liq
12-88-PB

O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/4/1 2023 
- 311 -
bogʻliq emasligi yana bir bor oydinlashadi, chunki 
paygʻambar Muhammad (s.a.v) ning qahramonga pirlar 
madakor boʻlishini ayon etishlarining oʻzi hech qanday eʼtiroz 
va qarshiliklarga oʻrin qoldirmaydi. 
Folklorshunos olim Toʻra Mirzayev oʻz ishida 
"Goʻroʻgʻli" turkum dostonlarining yaratilish davri bilan 
bogʻliq fikr-qarashlar, bahs-munozaralarni tahlil doirasiga 
tortib, "Goʻroʻgʻli" turkum dostonlari 11-12-asrlarda Oʻrta 
Osiyoda yartilganligi haqidagi qarashni ilgari suradi. 
Chunonchi, Tasavvuf 8-asrning oʻrtalarida Islom olamida 
paydo boʻlgan. Demak, "Goʻroʻgʻli" turkum dostonlarining 
deyarli barchasida tasavvuf taʼlimotiga oid qarashlar mavjud 
boʻlishi mumkin. Jumladan, "Goʻroʻgʻlining tugʻilishi" 
dostonidagi ayrim motivlar tahlilga tortilar ekan, hatto uning 
tugʻilishi bilan bogʻliq jarayon ham maʼlum bir darajada 
ilohiyotga daxldor. Eshqobil Shukur taʼbiri bilan aytganda, 
"Zulmat yoʻrgaklagan Nuroʻgʻli" ekanligining oʻzi chuqur bir 
maʼno kasb etadi. 
Quyidagi parcha xalq dostonlarida tasavvuf chizgilari 
mavjud ekanligini har jihatdan isbot etadi:"Goʻroʻgʻli oʻz 
yurtiga qaytib borgan paytda Urayxon podsho ziyofat 
oʻtkazdi. Shunda Urayxon podsho: - Sarpo olib kelinglar,-deb 
tegishli bakovul, vazirlariga amr qildi. Shunda mahram, 
vazirlar shohona saroylardan quchoq-quchoq qilib oʻrtaga 
qoʻydilar. Goʻroʻgʻli yuz-xotiridan hamma kelgan beklarga 
Ravshanbek, Gajdumbek boshliq sarpo yopdilar. Ana shunda 
Goʻroʻgʻlibekka ham necha odoblar bilan shohona toʻn, sarpo 
yopmoqchi 
boʻldilar. 
Shunda 
Goʻroʻgʻlining 
toʻnni 
olmaganini koʻrgan odamlar: - Nimaga tilla toʻnni 
kiymaysiz?-dedi. Shunda Goʻroʻgʻli: - Iloji boʻlsa, menga bir 
jun sholdan boʻlgan kiyim beringizlar, kiyayin[2],-dedi. 
Asosan, tasavvuf ahli dunyoviy ishlar, dunyo mollari, 
qimmatbaho buyumlardan oʻzlarini yiroq tutib, arzon mato 
parchalaridan yamoqli kiyimlar kiyib yurishgan. Ayni shu yoʻl 
bilan oʻz shahvatlarini oʻldirishgan. Shayx Najmiddin 
Kubroning "Usuli ashara" kitobida oʻlimning bir necha xillari 
borligi haqida keltirib oʻtilgan. Zero, bu oʻlim turlari tasavvuf 
ahliga tanish. Mavti ahmar (qirmizi qizil oʻlim), bu nafsning 
xohish-istaklariga qarshi turish erur. Mavti abyaz (oq oʻlim), 
bu ochlik bilan qorin talablarini oʻldirish. Mavti ahdar (yashil 
oʻlim), bu arzon mato parchalaridan yamoqli kiyim kiyishdir. 
Mavti asvad (qora oʻlim), bu xalqning jabr-u jafosiga 
tahammul etmoq erur. Bunga "fano-billoh" ham deyiladi[6]. 
Mazkur aqida paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi 
vasallamning "Oʻlmasdan avval oʻlingiz" qavllari 
mazmunidan kelib chiqqan boʻlishi ham mumkin. 
Goʻroʻgʻlining jun sholdan boʻlgan kiyim soʻrashining tag
zamirida ham tasavvuf turibdi hamda u mavti ahdar ( yashil 
oʻlim) ni boshidan oʻtkazdi. Goʻroʻgʻliga Soqibulbul qoʻlidan 
may tutilgandan soʻng U "Haqiqiy Sohibqiron" boʻldi. Hatto 
uning otiga ham may ichirildi. Zero, qanday qilib sharob 
ichgan odam Sohibqiron boʻlishi mumkin (agar mayni oddiy 
bir ichimlik tarzida tushunsak)? Masalaga boshqa tomondan 
yondashish lozim. Quyidagi holat tasavvuf taʼlimotiga koʻra 
tahlilga tortilsa, dostonda Soqibulbul soqiy sifatida tilga 
olinadi hamda uning voqealar rivojida oʻziga xos missiyaga 
ega ekanligi anglashiladi. U mayni jomga quyib, ishq ahliga 
tarqatuvchi. Bu yerda may - ishq (ilohiy) ning, jom - 
koʻngilning (oshiq koʻnglining) ramzi, soqiy esa ilohiy ishqni 
koʻngilga quyuvchidir. Demak, Goʻroʻgʻli ilohiy ishq tufayli 
tom maʼnoda Sohibqiron boʻldi (ushbu holat tasavvufda 
"sukra" deb ataladi). Zero, Najmiddin Komilov:" Uning 
uqtirishicha, vahdat va fano shunday bir ruhiy holatda yuz 
beradiki, solik xuddi sharob ichgan odamday mast boʻlib, 
oʻzini unutadi. Bu holatni u "sukra" - "mastlik" (devonalik) 
deb atadi. Uningcha, mast boʻlmagan odam oshiq emas,
oshiq ilohiy sharob - "sharoban tahuro" dan mastu mustagʻraq 
kishidir, u oʻz vujudi - oʻzini butkul unutadi va shunda 
allaqanday tushuntirib boʻlmas bir qobiliyat paydo boʻlib, 
solik Iloh maʼrifatini his qila boshlaydi"[6], - deb yozadi.
Uning qalbiga payvasta etilgan bu ishq esa komillik matlabini 
egallashi uchun dastlabki qadamlardan biri edi. 
Filologiya 
fanlari 
boʻyicha 
dotsent 
Ilhom 
Sayitqulovning 
"Malikayi 
ayyor" 
dostonidan 
olgan 
xulosalariga tayanadigan boʻlsak, dostonning epik syujeti nafs 
konseptsiyasi asosiga qurilgan. Dostonda nafs timsoli sifatida 
Malikayi ayyor talqin etiladi. Ushbu obrazni toʻgʻridan toʻgʻri 
shaxs sifatida tahlil etish mutlaqo notoʻgʻri. Nafs 
tushunchasiga toʻxtalishdan oldin Goʻroʻgʻli va Avaz 
obrazlariga diqqat qaratish lozim. Goʻroʻgʻli maʼlum bir 
darajada komillikka erishgan, oʻz nafsining ustidan gʻolib 
boʻlgan va oʻz darajasiga yetishishi uchun voqealar rivojida 
Avazga har tomonlama koʻmak beradigan yondash obraz 
sifatida gavdalanadi. Zero, eng xavfli dushman boʻlmish 
nafsga qarshi jihod uchun yoʻlga tushgan solik kimsa tariqat 
odoblaridan saboq beruvchi murshid, toʻgʻri yoʻl 
koʻrsatuvchiga doimo muhtoj ekanligi tasavvuf taʼlimotidan 
maʼlum. Demak, nafsini boʻysundirish uchun mashaqqatli 
safarga otlangan qahramon - Avaz. Chunonchi, tasavvufning 
asl mohiyati ham nafsni yengishdir. "Qutadgʻu bilig"da 
nafsning yomonligi haqida quyidagilar keltirib oʻtiladi: "Nafsi 
buzuqning daʼvosini oʻlimdan boshqa hech narsa topa 
olmaydi. Nafs yosh bolaga oʻxshaydi. Qorni toʻysa, bas, 
chopib ketaveradi. Sen esa uning orqasidan izlab yurasan"[9].
Ayni ushbu holat dostonda ham mavjud:"Shoqalandar bir 
katta - misli shahri azimday yerga bordi. Jonzot yoʻq, 
odamzodning suyagi togʻ-togʻ, tom-tom boʻlib uyulib 
yotibdi"[3]. Avazdan boshqa kimsalar ham malikaga ega 
chiqmoqchi boʻldilar, biroq ularning shahvati ustun kelib, 
nafsni jilovlay olishmadi, aksincha, nafs ularni jilovladi va bir 
uyum suyakka aylantirdi. Doston soʻngida Avaz nafs 
(Malikayi 
ayyor) 
ni 
oʻziga 
boʻysundirdi, 
albatta, 
Goʻroʻgʻlining koʻmagi orqali. Endi u nafsning asiri emas, 
balki nafs uning asiriga aylandi. Dostonda Avaz nafsga qarshi 
turib, uni oʻziga boʻysundirganligini inobatga olgan holda, u 
"Mavti ahmar", yaʼni qirmizi- qizil oʻlimni boshidan 
oʻtkazganligini koʻrishimiz mumkin. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling