O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA 1/4/1 2023 - 308 - “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi so’zlarni tahlil qilish ularni tartibga solish, kelib chiqishini o‘rganish hamda O‘zbek tili taraqqiyotidagi o‘rniin belgilash imkoniyatini yaratadi. Shuning uchun O‘zbek tiliga kirib kelayotgan so‘zlarni o‘rganish borish muhim hisoblanadi. Yuqoridagi mulohazalardan so‘ng quyidagi fikrlarni xulosa sifatida ifodalaymiz: Birinchidan, milliy tuyg‘ularimizni saqlab qolish va milliyligimizni rivojlantirish uchun ona tilimizni tobora mukammallashtirib borishimiz zarur. Ikkinchidan, milliy tilni rivojlantirish uchun ilm-fan sohasida yangiliklar, kashfiyotlar qilishimiz, sport sohasida yuksak g‘alabalarga erishishimiz lozim. Shundagina tilimiz ham jahon xalqlari tomonidan e'zozlanadi. Birgina misol, milliy sport turimiz bo‘lgan kurashning ommaviylashishi ayrim o‘zbek so‘zlarining jahon sport maydonlarida yangrashiga olib keldi. Bu esa millatimizning milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirmoqda. Uchinchidan, barcha davlatlar, xalqlar bilan teng hamkorlik olib borish uchun biz uch tillilikni rivojlantirishimiz shart. Chunki chet tillarni bilish ilm-fan sohasidagi yangiliklardan xabardor bo‘lish imkonini beradi, o‘z navbatida, bu imkoniyat xalqni, millatni taraqqiyot bilan barobar harakatlanishga yo‘l ochadi. To‘rtinchidan, insonning ma'naviyati ona tili orqali shakllanadi, rivojlanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda ona tilimizni rivojlantirib, uni har bir jarayonni to‘liq ifodalaydigan qisqa so‘zlar bilan boyitib borishimiz zarur. Barchamiz tilimizning sofligi, uni asrab-avaylash va takomillashtirish uchun mas'ul bo‘lishimiz kerak. ADABIYOTLAR 1. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Мамлакатимизда 2016 йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг асосий якунлари ва 2017 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг кенгайтирилган мажлисидаги маъруза, 2017 йил 14 январь. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 2017. – Б.10. 2. Абдураҳмонов Ў., Мамажонов С. Ўзбек тили ва адабиёти.-Т.: Ўзбекистон, 2002.-Б. 84-85. 3. Маслова В. А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. [Текст]/ В. А. Маслова.– М.: Издательский центр «Академия», 2001. — 208с.. 4. Тожиева Г. Ўзбек тилининг қисқача маънавият лингвокультурологик қомусий луғати. – Тошкент: Академнашр, 2017. – 27-б. 5. Ўзбек тилининг изоҳли луғати –Т.: “Ўзбекистон нашриёти” 2020. 74-б. 6. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 1-жилд. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. – Б. 680. 7. Sobirova E. O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da huquqiy terminlarning berilishi –Toshkent: 2023 –B.163. 8. Ashurboyev S. O‘zbek dialektologiyasi – Toshkent: “Navro‘z nashriyoti”, 2016.-B.139. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling