O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/120
Sana03.11.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1743798
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   120
Bog'liq
12-88-PB

Tadqiqotning maqsadi. “O‘zbek tilining izohli 
lug‘ati”da baynalmilal so‘zlarning maqsadga muvofiq to‘g‘ri 
yoritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning ob’ekti. “O‘zbek tilining izohli 
lug‘ati”dagi baynalmilal so‘zlar.
O‘tkazilgan tadqiqot natijalari va muhokamasi. 
Insoniyat sivilizatsion taraqqiyot natijasida ko‘pgina 
bosqichlarni bosib o‘tdi. Inson bu bosqichlarning silsilalari 
rivoji jarayonida tadrijiy shakllandi, barcha sinovlarga bardosh 
berdi. Shu davr mobaynida inson o‘ziga zarur bo‘lgan 
vositalarni, o‘zligini anglatuvchi urf-odat, qadriyatlarni 
yaratdi, shakllantirdi va ularni asrlar, yillar, davrlar ruhiga 
qarab, milliy takomillashtirib kelmoqda. Shu nuqtai nazardan 
Markaziy Osiyo xalqlari ham o‘ziga xos qadriyatlarni, ya’ni 
o‘z birligi, g‘ururi, jur’ati, sharafini ifodalovchi qadriyatlarni 
shakllantirdi. Xalqimiz milliy tilini, madaniyati va rasm-
rusumlarini hurmat qiladigan, umuminsoniy qadriyatlarni 
e’zozlaydigan, ulardagi olijanob g‘oya va hikmatlardan 
oqilona hamda ijodiy foydalanadigan darajadagi kamolot 
bosqichiga erisha olmasa, mustaqillikning ma’naviy zamini 
baquvvat bo‘lmaydi.
Agar dunyoda biron-bir muqaddas, abadiy va hayotiy 
tuyg‘u bo‘lsa bu har bir xalq va millatning milliy ongi, milliy 
o‘zligini anglashning birinchi belgisi milliy tildir. Millatni 
millat qiluvchi, uning betakror qiyofasini belgilab beruvchi, 
o‘zligini, o‘zgalardan farqi, ayni paytda, insoniyat oilasining 
uzviy qismi ekanini ko‘rsatuvchi uning tili, madaniyati, urf-
odatlari va an'analaridir. 
Til millatning millat bo‘lib shakllanishida eng muhim 
shartlardan biridir. Til bo‘lmasa el ham, millat ham bo‘lmaydi. 
El bo‘lmasa, millat bo‘lmasa, turgan gapki, til xam yo‘qolib 
ketadi. Til – millat tirikligining, uning yashab turganligi va 
faoliyat ko‘rsatayotganligining asosi va mezonidir. Har bir 
millatning tili millat vakillariga o‘zligini anglashga katta ta'sir 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling