O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA 1/4/1 2023 - 305 - bolaligidan boshlab terma, doston aytib ulg'aydi. Maktab, texnikum, oliy dargoh, mehnatning turli jabhalarida ishlash, jufti haloli bilan hayot kechirish, uning pokiza zahmati ishtirokida farzandlar tarbiyasi ularning unib-o'sishi baxshining ruhini yanada tetiklashtirmoqda. Bir suhbatidagi hikoyasini aynan bayon qilamiz. Baxshi 1968-yili Sherobodning So'xta qishlog'idan Toshtemir isimli odamning Oyxol degan qizi bilan turmush quradi. Ular uch o'g'il (Saidmurod, Jo'rabek, Otabek ), besh qiz ( Gulnoz, Lola, Mohi, Qizlarbas, Dilafro'z) ni oq yuvib, oq tarab, tarbiyalab, voyaga yetkazdi. To'ng'ich o'g'ili Saidmurod otasi va bobosi yo'lidan borib baxshi bo'lib yetishdi. U baxshichlik bo'yicha ko'p sinovlardan to'di. Saidmurod chin berilib aytganda, do'mbirasining kuyiga, ovozining tiniqligiga tinglovchilar qoyil qolishardi. Qiziq dunyo, bu sulolaning qonida baxshichilik bo'lganni bilan, Saidmurodda irsiyatdan bor, ammo, ikkala kichchik o'g'illari Jo'rabek bilan Otabekda bu qobiliyat va qiziqish yo'q. Lekin, Otabekning yetti yashar Shahzodbek isimli o'g'li bobolarining izidan borib, do'mbira chertib, qo'shiq hirgoyi qila boshlagan. Bobosi unga o'ziga mosgina kichgina do'mbiracha yasab bergan. Muhlislar ham shu murg'akkina bo'lajak baxshiga xayirli yo'l tilab duodalar, albatta. Xushboq baxshi Mardonaqul o'g'li-piri-u badavlat inson. Yoshi saksonga yetsa ham, o'zi istiqomat qilayotagan tuman, viloyat, hatto Respublika hududlaridagi ijodkor sozanda-yu baxshilarga samimiy maslahatlarni, baxshichilik ijodining nazariy bilimlarini do'mbira chalish mahoratini o'rgatib kelmoqda. Xulosa. Xushboq Mardonaqul o'g'li tug'ilgan Sherobod tumanidagi «Azon» qishlog‘i hozirgi kunda Qiziriq tumaniga qarashli bo'lib, nomi «Qishloqazon» mahallasi deya o'zgartirilgan. Baxshi hozirgacha tug'ilgan, kindik qoni to'kilgan joyni tark etmasdan, ota-bobom tug'ilgan tuproq deya shu yerda ijod qilib yashab kelmoqda. O'zining ko'rkam ijodxonasida sermazmun, serqirra ijodini yanada kengaytirish, kelgusi avlodga boy meros qoldirish ustida izlanmoqda desa hech mubolag'a qilmagan bo'lardik. ADABIYOTLAR 1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va faravon, dermokratik O'zbekiston davlatini birgalikta barpo etamiz. – Toshkent: O'zbekiston, 2017. 2. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston ijodkorlari ziyolilari, vakilari bilan uchrshuvdagi ma'ruzasi. Adabiyot va sana't madaniyatni rivojlantirish –xalqning ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir.Xalq. Toshkent 2017. 3. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma'naviyat, 2008. 4. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajakni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O'zbekiston, 2017 5. Afzalov M. O'zbek xalq baxshilari.-T.: «Sharq yulduzi» 1946. 6. Eshonqul J. Epik tafakkur tadriji. – Toshkent: Fan, 2006. 7. Eshonqulov J. Mif va badiiy tafakkur. – Toshkent: Fan,2019 8. Eshonqul J. O'zbek folklorida tush va uning badiiy talqini. – Toshkent: Fan, 2011. 9. Ergashev A. Qashqadaryo-Surxondaryo dostonchiligi. --T.: «Fan». 2008; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling