O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/4/1] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/
- O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/4/1 2023
Tahlil
va natijalar. "Alpomish" dostonida qahramonning tugʻilmasidanoq homiy eranlar nazarida turganligi (nazarkardaligi), Alpomish, Qaldirgʻoch, Oybarchinlarning tugʻilishi, hatto ularga ism tanlash jarayoni ham bevosita pirlar bilan bogʻliq: Shohimardon piri Boyboʻrining farzandiga Hakimbek otini qoʻydi, oʻng kiftiga besh qoʻlini urdi. Besh qoʻlining oʻrni dogʻ boʻlib, besh panjaning oʻrni bilinib qoldi[1]. Doston qahramonlarining pirlardan yordam soʻrash holatlari ham mavjud. Qorajon va Boychiborni Boboxon O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/4/1] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/ Social sciences O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/4/1 2023 - 310 - togʻida bogʻlab ketishgan payti Qorajon pirlardan yordam soʻraydi: Bek Alpomish oʻz yurtinda qoʻl bergan Rajabxoʻja degan piri bor edi Falak titrar Qorajonning nolishiga Banda koʻnar Tangri qilgan ishiga Boboxondan yigʻlab edi Qorajon Rajabxoʻja piri yetdi qoshiga[1]. Aslida, pirlardan yordam soʻrash Islom taʼlimotiga koʻra shirk hisoblanadi. Chunki Yaratgan turganda boshqadan umid qilish mutlaqo notoʻgʻri. Biroq masalaga boshqa tomondan yondashish lozim. Balki, butun boshli koinotni yaratgan Zot va Alpomish yoxud Qorajon munosabatlarini bogʻlashda oʻsha pir vositachi boʻlgandir. "Qorajon pirdan emas, Yaratgandan yordam soʻrasa, boʻlmasmidi?"-degan savollar tugʻilishi tabiiy. Zero, bizda jism bor ekan, U bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqot, hatto Uning ovozini eshitishga ham bardoshimiz yetmaydi. "Ulugʻ Tangri toqqa parda ortidan tajalli etadi. Shuning uchun togʻ yam-yashil boʻladi, gullarga toʻladi, bezanadi. Holbuki, pardasiz tajalli etsa, togʻ ost-ust boʻladi",-deydi Rumiy hazratlari. Mohir tarbiyachi, ulugʻ ustozga ergashish, pirga qoʻl berish holatlari tasavvuf taʼlimotida mavjud. Bir kishi pirga qoʻl beradi, agar u tirik boʻlsa, undan taʼlim, saboq oladi, tirik boʻlmasa, uning ruhidan saboq oladi, yordam soʻraydi. Bu holat tasavvufda "Uvaysiylik" deb ataladi. Folklorshunos olim Abdumurod Tilavovning "Oʻzbek xalq dostonlarida ot obrazining tarixiy asoslari va badiiy talqini" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida:" Dostonlarimizda ot tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi Sayis - Soqibulbulning ham avliyolardan taʼlim olganligi aytiladi. (Soqibulbul Goʻroʻgʻlining Gʻirotiga qarar edi. Lekin Soqibulbul Goʻroʻgʻliga boshchi edi. U chilton tarbiyasini koʻrgan edi.) Tasavvuf taʼlimotidan maʼlumki, chilton, qirq pirlar, Allohning doʻstlari, yaʼni avliyolarga berilgan nomdir. Yer yuzidagi ezgu ishlar baʼzan balo-qazolarning daʼfi, zalolatdagi ayrim insonlarning islohi ana shu xos bandalarga bogʻlanadi. Xullas, xalqimiz orasida chilton-pirlarga nisbatan katta hurmat, ehtirom mavjud. Binobarin, qahramonning eng sodiq yordamchisi - otni ham pirlar madadiga bogʻlash, otga ilohiy sharbat - sharobantahurning ichirilishi dostonchilik anʼanasiga zid hodisa emas",-[4]kabi asosli dalillar keltirib oʻtilgan. Baʼzi folklorshunoslar pirlardan, avliyolardan yordam soʻrash holatlarini shomonizmga bogʻlashadi. Bizning fikrimizcha, bu mutlaqo haqiqatdan yiroq. Shomonlik, shamanlik (evenk tilida, shaman - jazavaga tushish) - ibtidoiy diniy eʼtiqod shakllaridan biri, yovuz va ezgu ruhlarga, ularning inson hayotiga taʼsir koʻrsatishiga ishonish[10]. (Zero, dostonlarda tilga olingan pirlarning, avliyolarning yovuzlari yoʻq, ularning bari qahramonning toʻgʻri yoʻldan adashmasligini taʼminlaydi, unga har jihatdan ruhiy tarbiya beruvchi komillik matlabini tutgan xoslardir.) Shomonlar oʻtib ketgan ajdodlari arvohlariga sigʻinishgan. Ulardan madad soʻrab, qurbonlik marosimlarini oʻtkazishgan. Asosiy ish qurollari bubin nomli childirma, qamchi, chanqovuz, morin xur boʻlgan. Maxsus kiyimlarida mistik ramzlar boʻlgan. Ularning raqslari tabiat jonivorlari harakatini eslatardi, bunga sabab oʻlgan ajdodlar arvohlari hayvon qiyofasiga kirib, ular yoniga kelishiga ishonishgan[10]. (Pirlardan yordam soʻragan, ularning yordami bilan maʼnaviy kamolotga erishgan Alpomish, Qorajon yoxud boshqa doston qahramonlari hech qachon jazavaga tushishmagan va yordam soʻrash jarayonida maxsus kiyimlar, maxsus asboblardan foydalanishmagan.) Demak, dostonlardagi pirlardan, ulugʻlardan yordam soʻrash holatlari mutlaqo shomonizmga bogʻliq emas. Bu holatning tasavvuf bilan bogʻliqligi esa ayni haqiqatdir. "Pirlar shunday kishilarki, hali bu dunyo yaralmaganida ham ularning jonlari karam dengizida bor edi. Zulmatga talpingan kishi pirning amriga kirdimi yorugʻlikni koʻradi",-deb yozadi Jaloliddin Rumiy. Zero, Qurʼoni Karimning Fath surasida quyidagi oyat keltiriladi:"(Ey, Muhammad!) Haqiqatan, Sizga bayʼat (qasamyod) qiladiganlar, albatta, Allohga bayʼat qilgan boʻlurlar. Allohning "qoʻli" ularning qoʻllari uzradir. Bas, kimki, (oʻz qasamyodini) buzsa, bas, (u) faqat oʻz zarariga buzur. Kimki Alloh bilan ahdlashgan narsasiga vafo qilsa, u holda (Alloh) unga ulkan mukofot ato erur"(Fath, 10)[7]. Ushbu oyat Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan ahd olganliklari, ularga bayʼat qilganliklarinining dalilidir. Bu esa ahd berish, bayʼat olish, biz shomonizmga bogʻlayotgan pirga qoʻl berish, valiy zotlardan yordam soʻrash holatlari Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam va u zotning asʼhoblariga borib taqalishini isbot etadi. "Alpomish" dostonida boshqa din vakili Qorajonning kalima keltirib uyqudan turishi, Boychibor Qorajonning:"Shuning otini boʻlsa oldim, dinidan qaytib, qalmoqlarning ichiga ketsam",-degan oʻylarini sezib, joyidan jilmay turavergani, qachonki, Qorajon qayta kalima keltirgandan soʻnggina harakatga tushganligi, otning zehni u qadar oʻtkirligi bevosita Islom dini bilan bogʻliq. Qurʼoni karimda ot Alloh taolo insonga bergan ulugʻ neʼmat ekanligi bayon etilgan:"U Zot yana sizlar minishingiz uchun ziynat qilib otlar, hachirlar va eshaklarni (yaratdi). Yana sizlar hali bilmaydigan narsalarni ham yaratur". (Nahl, 8) As-Saʼdus Samarqandiy "Jonzotlarning tibbiy xosiyatlari" asarida yana bir eʼtiborli maʼlumotni keltiradi:"Rasuli akramning otlari bor edi. Va hadisda kelibdurkim, Hech oqshom yoʻqki, magar ot bu duoni oʻqimagay:"Parvardigorim, meni Odam farzandiga boʻysundirding va rizqimni unga bogʻlading. Ey Xudo, bas, meni unga sevimli qil!"[8]. Dostonda quyidagi holat qahramon ruhi, botinining u qadar sofligini har jihatdan isbot etadi: Hakimbek kirgandi oʻn toʻrt yoshida, Mehmon boʻldi choʻponlarning qoʻshida, Ul kechasi fayzi sahar boʻlganda, Rasuli Xudoni koʻrdi tushida. Mast uyquda yotib edi bu shunqor. Gʻaflatdin koʻzini ochdi Iskandar, Koʻziga koʻrindi Rasul paygʻambar, Bu soʻzlarni Rasul paygʻambar aytdi: "Adashgan ummatim, shafqatdoringman, Tanib qolgin, Rasul paygʻambaringman, Ummatlarni mudom yoʻlga solurman". Bu soʻzlarni eshitib Hakim shu zamon: "Payg`ambarim, eshiting ohu zorimni, Sabil qilmam elda kirdikorimni, Hali ololmayman Barchin yorimni, Koʻra olmadim Shohimardon pirimni". "Gʻam yema, ummatim,-dedi paygʻambar,- Ostida dulduli, belda zulfiqor, Jilovida Bobo Qambar jilovdor, Gʻamingda otlandi Shohimardon pirlar, Gʻayratingdan boʻzlab ketar qalmoqlar, Hech kim bo‘lmas sening bilan barobar, Senga taqdir qildi Barchin zulfakdor". Bu soʻzni eshitdi yotgan Iskandar, "Rahm aylab yubordi xol qilgan Jabbor, Hamma pirlar boʻldi senga madadkor, Koʻnglingdan ketadi bu zarra gʻubor", Bu soʻzlarni aytib Rasul paygʻambar. Oʻn toʻrt yoshli Hakimbekning tushiga paygʻambar Muhammad (s.a.v) ning kirishlari bosh qahramon oʻzga olam kishisi ekanligining dalilidir, chunki qanchadan qancha pok zotlar ham U zotni koʻrish uchun orzumandlar. Yana bir eʼtiborli jihat shuki, yuqorida keltirilgan tush motividan pirlardan yordam soʻrash jarayoni shomonizmga mutlaqo |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling