O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245


Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/120
Sana03.11.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1743798
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   120
Bog'liq
12-88-PB

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. O‘zbek 
tilshunosligida 
lug‘atshunoslik 
rivojlanmoqda. 
Bu 
lug‘atlarning gultoji sifatida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ni 
ko‘rsatish mumkin. Ma’lumki, hozirgi kunda bu lug‘atning 
uch nashri amalga oshirildi, muayyan darajada modernizatsiya 
qilinmoqda. Ayni zamonda bu ulkan lug‘at yanada 
mukammallashtirilishi dolzarb bo‘lib turibdi. Buning bir necha 
asooslari bor, ya’ni o‘zbek tili jamiyat a’zolarining keng 
ehtiyojlarini qondirish sari rivojlanib bormoqda, hayotning 
turli sohalarida innovatsion jarayonlar kechmoqda, o‘zbeklar 
endilikda dunyoning turli regionlarida mehnat faoliyatini 
yuritmoqda, fan-texnika ham katta odimlar bilan olg‘a 
ketmoqda va boshqa ijtimoiy-siyosiy voqealar ham yuz 
bermoqdaki, bularning barchasi o‘zbek tili lug‘at tarkibiga 
tobora yangi so‘zlarning kirib kelishiga olib kelmoqda. 
Demak, baynalmilal so‘zlar avval ham mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 
bundan keyin bunday so‘zlarning yanada ko‘proq kirib kelishi 
davr talabi bo‘lib qoladi. Hozirgi zamon kishisiga hayotning 
hamma sohalariga oid lug‘atni bilish ham madaniyat belgisi 
bo‘layotganini ham esga olish mumkin. Muhimi, ijtimoiy 
hayot hozirgi sur’atda davom etar ekan, baynalmilal 
so‘zlarning ma’no-mazmunini bilishga bo‘lgan intilish 
kuchaya beradi. Aslida bunday so‘zlarni bilishga bo‘lgan 
ehtiyoj lug‘atlarda, to‘g‘rirog‘i “O‘zbek tilining izohli 
lug‘ati”da ularning maqsadga muvofiq to‘g‘ri yoritish va u 
foydalanuvchilarga o‘ta qulay va har tomonlama tushunarli 
bo‘lish talabini qo‘yadi. Bunday lug‘atlardagi so‘zlarning 
izohlanishini lingvistik tahlil qilib borish esa ularning 
takomillashish kaliti vazifasini bajarishi tabiiydir. Shu 
ma’noda “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi baynalmilal 
so‘zlarni tahlil qilish o‘zbek tilshunosligining dolzarb 
muammosi hisoblanadi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling