Paxta tolali gazlamalarni oʻzbekistonda tadqiq qilishga oid adabiyotlarning analitik tahlili
Download 24.87 Kb.
|
adabiyotlar tahlili maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti”
PAXTA TOLALI GAZLAMALARNI OʻZBEKISTONDA TADQIQ QILISHGA OID ADABIYOTLARNING ANALITIK TAHLILI X.M.Abdurasulova, E.Sh.Alimboyev, M.A.Doniyorova, Jizzax Politexnika instituti Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga qilingan Murojaatnomasida[1] bu yil boshlangan “Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi o‘z samarasini berganligi hamda bir yilning o‘zida 2 mingga yaqin tadbirkorlar ilk bor tashqi bozorlarga chiqilganligi shuningdek kelgusi yilda ham eksport qiluvchilarga transport va boshqa xarajatlarini kompensatsiya qilish davom ettirilishi to‘g‘risida aytib o‘tildi. Yevropa bozorlariga tekstil, elektr texnikasi, charm-poyabzal va boshqa tayyor mahsulotlar eksportini kamida 2 barobar oshirilishi hamda mahsulotlar eksporti bo‘yicha hozirgi 9 ta bosqichdan iborat bojxona rasmiylashtiruvi 3 barobar qisqarishi to‘g‘risida ustuvor vazifalar yo‘lga qo‘yilishi hamda kelgusi yillarda jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha asosiy muzokaralarni yakunlab, ichki qonunchilikni moslashtirish, yangi standartlarni joriy etish ishlarini jadallashtirilishi to‘g‘risida ustuvor vazifalar berildi. Umuman, 2022-yilda eksport hajmi tariximizda ilk bor 23 milliard dollardan ortganligi hamda boshqa sohalarda erishilgan yutuqlarimiz ham aytib o‘tildi. Respublika to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida yuqori va barqaror o‘sish suratlarini taminlash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish, modernizasiya qilishning strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarini amalga oshirish hisobiga yuqori texnologiyali yangi ish o‘rinlarini yaratish, korxonalarni texnik va texnologik yangilash, bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Respublikada keng turdagi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish , uni ishlab chiqarlishini mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, shuningdek mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu masalalar yuzasidan hukumatimiz tomonidan ko‘plab farmoyish va qarorlar qabul qilinmoqda. Jumladan davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yil 16-sentyabrdagi PQ-4453-sonli “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish hamda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori [2],2019-yil 12-fevraldagi PQ-4186-sonli “To‘qimachilik va tikuv-trikotajsanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlarito‘g‘risida”gi qarori [3], 2020-yil 5-maydagi PF-5989-sonli “To‘qimachilik va tikuv-trikotajni qo‘llab quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonlari[4] qabul qilingan. Respublikamizda o‘rnatilgan zamonaviy to‘quv dastgohlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni dunyo bozorida raqobatbardosh va ularning sifat ko‘rsatkichlarini maqbullashtirish maqsadida iplarni to‘quvchilikka tayyorlash texnologik o‘timlarining ahamiyati, ulardagi asosiy ko‘rsatkichlarni maqbullashtirish maqsadida paxta tolali gazlamalarni ishlab chiqarish ularni keng tadqiq qilish va ularning ahamiyatiga oid adabiyotlar tahlil etildi. Butun dunyoda paxta har doim yuksak hurmatga sazovor bo‘lgan. Zamon o‘zgarmoqda va ichki iste'molchining tabiiy materiallardan tayyorlangan kiyim kiyish istagi yildan-yilga kuchayib bormoqda, ayniqsa, bugungi kunda paxta matolarining turlari juda xilma-xildir. Paxta mato kundalik kiyim, to‘shak, pardalar va hatto mebel qoplamasi uchun ishlatiladi. Yurtimizda paxta tolali gazlamalar va ularning assotimenti xususiyati tarkibi bo‘yicha ko‘plab ishlar olib borilgan hamda o‘rganilgan. Xususan E.Sh.Alimboyev, P.S.Siddiqov, B.K Hasanov, S.S.Rahimxo‘jayev, M.R.Yunusxo‘jayeva, D.N.Qodirova B.B.Doniyorov, M.A.Doniyorova , D.B Shamiyev , SH Karatayeva, M.N.Musayev, U.B.Rajapov, U.I Abdullayeva, P.S Siddiqovlar paxta tolali gazlamalar assortimenti hamda xususiyati tarkibi hossalarini o‘rganishgan. E.Sh.Alimboyev, P.S.Siddiqov, B.K Hasanov, S.S.Rahimxo‘jayev, M.R.Yunusxo‘jayeva, D.N.Qodirovalarning “To‘quvchilik maxsus texnologiyasi va jihozlari” o‘quv darslik kitobida[5] paxta tolali gazlamalar assortimentini ishlab chiqarish uning tarkibiy xususiyatlari, ishlab chiqarish bo‘yicha turlari, savdo preyskuranti bo‘yicha paxta tolali gazlamalrning guruhlari paxta tolali gazlamalarni pardozlash bo‘yicha ishlar o‘rganilgan. Xususan paxta tolali gazlamalar to‘qima matolar ishlab chiqarishning 65-75-% ini tashkil etishi hamda paxta tolali gazlamalar savdo preyskuranti bo‘yicha 17 ta guruhga bo‘linadi. Ular quyidagilar : chitlar , bo‘zlar , ich kiyimlik gazlamalr , satinlar, ko‘ylaklik va kiyimlik gazlamalar hamda choyshabbop gazlamalar , paxta tolali gazlamalarning klassik assortimenti , gigiyenik xususiyati bo‘yicha ma’lumotlar aytib o‘tilgan. Xususan ushbu darslik kitobida paxta to‘qimalarning turlari juda ko‘p va xilma-xilligi hamda ularni ishlab chiqarishda paxta tolasidan karda (oddiy tarash), qayta tarash va apparat tizimida halqali va pnevmomexanik mashinalarda yigirilgan turli chiziqli zichlikdagi yakka, pishitilgan va shakldor iplardan foydalanilishi to‘g‘risida aytib o‘tilgan. Ba’zan bu to‘qimalarni ishlab chiqarishda, sof paxta tolalaridan yigirilgan iplardan tashqari aralashmasi (paxta tolasi bilan kimyoviy tolalar) dan yigirilgan iplar ham ishlatilishi to‘g‘risida ma’lumotlar aytib o‘tilgan. www.ziyouz.com kutubxonasida 13 hil paxta to‘qimalarni to‘qishda to‘quvchilikda mavjud o‘rilishlarning barcha sinflari qo‘llanilishi hamda badiiy bezatish jihatidan ip to‘qimalar ham oqartirilganligi, sidirg‘a, naqshdor, naqsh bosilgan xillarga bo‘linishi ulardan tashqari rangli iplardan chipor, rangli tolalar aralashmalaridan esa melanj to‘qimalar ishlab chiqarilishi hamda bo‘yoqlari yuvilib ketmaydigan qilib pardozlangan paxta to‘qimalar ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga ko‘payotganligi paxta to‘qimalar klassik assortimentining katta qismi: chit, byaz, satin, batis, markizet, vual va boshqalarni tashkil etlishi to‘g‘risida juda ko‘plab ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. To‘qimachilik korxonalarida to‘quvchilikda ishlab chiqariladigan paxta to‘qimalarning xomashyosi sifatida paxta tolasidan olingan yigirilgan iplar ishlatilishi hamda ip to‘qimalarni tasniflashda ularning nima maqsadda ishlatilishi asosiy omil qilib olinishi shu sababli ip to‘qimalar ishlab chiquvchi korxonalardagi mahsulot turi ko‘p bo‘lmasligi to‘g‘risida ham aytib o‘tilgan. B.B.Doniyorov, M.A.Doniyorova, E.Sh.Alimboyevlarning “Xom Ashyoni to‘quvchilikka tayyorlash” 5320900–“Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (to‘qima) ta’lim yo‘nalishidagi bakalavrlar uchun o‘quv qo‘llanmasida[6] turli tolaviy tarkibli gazlamalar ishlab chiqarish texnologik jarayonlar ketma-ketligi. Paxta tolali gazlamalar karda yigirish, qayta tarash yoki apparat usulida olingan turli tuzilishdagi (yakka, pishitilgan, shakldor, aralash tolali tarkibli va hokazo) va chiziqli zichligi 5,88 teksdan to 263,2 teksgacha bo‘lgan iplardan ishlab chiqarilishi hamda paxta tolali to‘qimalar ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini tanlashni ba’zi variantlari keltirib o‘tilgan va chuqur o‘rganilgan. B.B.Doniyorov, M.A.Doniyorova, D.B Shamiyevlarning “Paxta tolali to‘quvchilik iplarining texnologik xossalarini tadqiq qilish” nomli maqolasida[7] O‘zbekistonda to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining ortishi respublikada yetishtirilgan paxta tolasini qayta ishlash xajmini ko‘payganligi bilan izohlanishi masalasi keltirilgan. Shuningdek, to‘quvchilik uchun mo‘ljallangan paxta tolali iplarni texnologik ko‘rsatkichlari tadqiq qilindi va Uster Statistics 2018 jahon standartiga qiyosiy tahlil qilinishi o‘rganilgan shu to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tilgan. U.B.Rajapovning turli tolali milliy gazlamalar assortimentida yangi namuna turlarini yaratish, loyihalash va ularning tuzilishiga ta’sir etuvchi omillarni tadqiq etishga oid ilmiy tadqiqot ishlarida [8] paxta ipli Adras matolari uchun modifikatsiya qilingan nitron tolali arqoq ipini qo‘llash orqali to‘qima tarkibi ishlab chiqilgan. Adras matosining yangi ikki qatlamli turi yaratilgan va yangi ko‘rinishli Adras matoga o‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining sanoat namunasiga patenti[9] olingan. U.I Abdullayeva, P.S Siddiqovlar [10] murakkab o‘rilishlar asosida ishlab chiqarilgan abrli gazlamalarning tuzilishi va xususiyatlarini tahlil qilib, ikki qatlamli abrli gazlama “Xon atlas” gazlamasini ishlab chiqishgan. Bu gazlamada yuqori qatlami ipak, pastki qatlami paxta bo‘lgan. Yuqori qatlamiatlas o‘rilishida, pastki qatlami polotno o‘rilishida to‘qima ishlab chiqarilgan. SH.Karatayevaning “Paxta va zig‘ir tolalaridan to‘qilgan gazlamalar, ularning xususiyatlari” [11] nomli maqolasida tabiiy tolalarning olinishi va ularning xususiyatlari, gazlamaning o‘ng va teskari tomonlarini, bo‘ylama va ko‘ndalang iplarini aniqlash, paxta va zig‘ir tolalaridan to‘qilgan gazlamalar, ularning xususiyatlariga oid dars materiallarining pedagogik-psixologik tahlili bayon qilingan. M.N.Musayevning “Paxta ipakli trikotaj to‘qimalarining yangi assortimentini olish texnologiyasini ishlab chiqish”[12] nomli dissertatsiyasida bir ignadonli aylana trikotaj to‘quv mashinalarida halqa hosil qilish tizimlarini o‘zgartirish orqali, paxta-ipakli naqshli trikotaj to‘qimalarini yangi assortimentini olish usullari ishlab chiqilgan. Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki O‘zbekistonda milliy matolarimizdan paxta tolali gazlamalarni assortimentini tadqiq qilish, uning xususiyatlarini o‘rganish , jahon talablariga moslashtirish, ularni loyihalash ishlari samarali olib borilgan va davom ettirilmoqda. Download 24.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling