O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
Kalit so‘zlar: Baxshichilik, do'mbira, dostonchilik maktablari, «Alpomish», «Go'ro'g'li», chechanlik, Po'lkan shoir, «Iliada»,
Homer, urf-odat, terma, ichki ovoz. Kirish. Yurtimizda birinchi bor oʻtkazilayotgan ushbu san'at bayramida dunyoning 74 ta davlatidan 160 dan ziyod vakillar qatnashmoqda. Ularning orasida atoqli madaniyat arboblari, folklor san'ati namoyandalari, ommaviy axborot vositalari hodimlari borligi bizga katta mamnuniyat yetkazadi. Agar biz bu noyob san'atni saqlab qolish uchun bugun barchamiz birgalikda harakat qilmasak, ertaga, afsuski, kech bo'ladi, kelgusi avlodlar, tarix bizni kechirmaydi. Xususan, baxshichilik sohasida shakllangan ijodiy maktablar, «ustoz — shogird» an'analarini qayta tiklash va rivojlantirish, baxshi-shoirlar, folklorshunos olimlar, o'qituvchi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyatini har tomonlama rag'batlantirish, madaniyat va san'at muassasalari qoshida baxshichilik to'garaklari tashkil etish, baxshi-shoirlar ijodiga keng yo'l ochib berish, to'y-tomoshalar, turli bayram va madaniy tadbirlarda ularning doimiy ishtirokini ta'minlash, shu yo'nalishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, o'zaro tajriba almashishni yo'lga qo'yish, baxshichilik san'atini keng targ'ib etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televideniye va internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish, folklor asarlarining audio va video variantlarini ko'paytirish maqsadga muvofiqdir[2]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Baxshichilik san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tg'risida» 2019-yil 14-maydagi PQ-4320-son qarori bilan Respublika Baxshichilik san'ati markazi va uning huzurida yuridik shaxs maqomiga ega blgan Baxshichilik san'atini rivojlantirish jamg'armasi hamda baxshichilik san'atiga ixtisoslashtirilgan respublika maktab-internatini tashkil etish belgilangan. Termiz shahrida yangi tashkil etilgan baxshilar maktabida, respublikamizdagi bolalar musiqa va san'at maktablarida yuzlab yoshlarimiz milliy folklor san'atini mehr qo'yib o'rganmoqdalar. Yurtimizda 100 tomlik «O'zbek xalq ijodi yodgorliklari» majmuasi nashr etilmoqda. Uning 59 jildi aynan xalq dostonlaridan iborat ekanini qayd etish lozim. Shuningdek, ko'p tomlik «Qoraqalpoq folklori» to'plami ham chop etildi. Bularning barchasi ushbu nodir san'at ma'naviy hayotimizda benihoya muhim o'rin tutishidan dalolat beradi[1]. Ushbu quvonchli ayyomda baxshichilik san'atini ilmiy o'rganishdek muhim ishga katta hissa qo'shgan atoqli shoir Hamid Olimjon, Hodi Zarif, Muzayyana Alaviya, Mansur Afzalov, Buyuk Karimiy, Zubayda Husainova singari fan arboblarining xotirasini hurmat bilan yod etamiz. Bugun ularning ishlarini munosib davom ettirayotgan To'ra Mirzayev, Jalg'as Xushniyozov, Safarboy Ro'zimboyev, Shomirza Turdimov, Mamatqul Jo'rayev, Toshtemir Turdiyev, Jabbor Eshonqulov va boshqa jonkuyar olimlarimizning nomlarini minnatdorlik bilan tilga olamiz. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling