O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlil va natijalar.
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA 1/4/1 2023 - 314 - maqomining berilganligi o’zbek tili va unga xos milliy xususiyatlarni o`rganishga dunyo xalqlari intilishining qiziqishi pragmatika nazariyasiga, uning mohiyatiga bo`lgan ehtiyojni yanada ortgirmoqda. Sababi lingvistik pragmatika nazariyasi, yahni nutqning amaliy qo’llanishi bilan bog`liq hodisalar talqin o`sha tilga xos milliy o`ziga xoslikni anglash uchun qulay imkoniyatlar yaratadi" [1]. Shuningdek, Z.I.Salievaning nomzodlik ishi o`zbek va frantsuz tillaridagi sententsiya, yahni axloqiy-tahlimiy xarakterdagi matnlarning milliy-madaniy xususiyatlariga bag`ishlangan [2]. R.S.Ibragimovaning nomzodlik dissertatsiyasida esa ayol konseptining o`zbek va frantsuz tillarida ifodalanish yo`llari tadqiq etilgan [3]. Til va madaniyat deganda, odatda, (to`g`risi ham Shu) til orqali u yoki bu madaniyatni yoki aksincha, madaniyatni o`rganishorqali u yoki bu tilni tushuntirish nazarda tutiladi, aniqroq aytadigan bo`lsak, lingvokulturologiyadagi madaniyatning ma`nosi "aqliy-ma`naviy yoki xo`jalik faoliyatida erishilgan daraja, saviya (nutq madaniyati)" emas, balki "kishilik jamiyatining ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma`naviy-mahrifiy hayotida qo`lga kiritgan yutuqlari majmui (madaniyat tarixi, o`zbek madaniyati)" demakdir. Shunday bo`lgach, nutq madaniyatining o`rganishmuammolari boshqa, lingvokulturologiyaning o`rganishobyekti tamoman boshqadir" [4]. Tahlil va natijalar. A.Vejbitskoy nemis orkestriga dirijyorlik qilish uchun chaqirilgan bir ingliz dirijyori haqida quyidagi voqeani keltiradi: Boshida ish yaxShi yurishmaydi. Dirijyor buning sababi ingliz tilida gapirganligi va nemislar uni «o’ziniki» sifatida qabul qilmayotganidan deb o’ylaydi va nemis tilini o’rganishga intiladi. Birinchi bo`lib ustozidan quyidagi gapni nemischaga tarjima qilib berishni so’raydi: «Eshitinglar, menimcha, mana bundoq qilib chalgan yaxShiroq». Tarjimon o`ylanib qoladi: «Aslida tarjima qilsa bo`ladi. Biroq «mana bunday chalish kerak» deb qo’ya qolish mahqulroq». Bundan chiqadigan xulosa shuki, madaniy to`siq nutq madaniyati normalariga bilan ham bog`liq. Biz doimo madaniyat haqida bir narsani bilish uchun til materiallarini jalb qilamiz. Xuddi shuningdek, til faktlarini tahlil qilish uchun madaniy realiyalarga murojaat qilamiz. Xorij tilshunosligida madaniy argumentatsiyaning o`rni va salmog’i o`zgardi, ayniqsa kognitiv semantikada. Til birligini madaniy kontekstda tahlil qilish tilshunoslik oldiga bir qator yangi muammolarni qo`ydi. Lingvokulturologiya alohida bilimlar tarmog’i sifatida o`ziga xos vazifalarni bajarishi kerak, ayniqsa, quyidagi masalalarga ehtibor berishi kerak: 1) til konseptlari tashkil topishida madaniyatning o`rni qanday? 2) til birligi mazmunining qaysi qismiga «madaniy ma`no» birikkan bo`ladi? 3) so`zlovchi yoki tinglovchi bu ma`nolarni anglagan holda qo`llaydilarmi va bular nutq strategiyasiga qanday ta`sir qiladi? 4) amalda til egasining madaniy-lisoniy kompetentsiyasi mavjudmi? Unda matnga singdirilgan va til egalari tomonidan anglangan bo`lishi kerak. Madaniylisoniy kompetentsiyaning vaqtinchalik ishchi tahrifini ishlab chiqamiz: u til Shaxsining nutq hosil qilish va nutq ijro qilishning tabiiy ko`nikmalariga ega bo`lishi bo`lib, ayniqsa, madaniyat qoidalarini bilish muhimdir. Buni isbotlash uchun til birliklarning tahlil qilishning yangi texnologiyalar kerak; 5) ularning konseptosferasi qanaqa, madaniyatning ifodalanish holatlari-chi? Bir madaniyat sohibi va ko`p madaniyat sohiblari tomonidan ifodalanishi-chi? 6) bu fanning asosiy tushunchalarini qanday tartiblash lozim? Bu tartib til va madaniyatning harakatdagi muammolarini tahlil qilish bilan birga, mazkur paradigma – antropotsentirik yoki antropologik paradigmadan tashqarida ham tushunarli bo`lishi lozim; Bu ro`yxatni to`liq deb hisoblash mumkin emas. Ularning hal qilinish o`zo`zidan yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Mazkur yuqori darajali yoki umumepistemologik vazifalarni R.M.Frumkina barcha fanlar uchun tegishi deb hisoblaydi. Bu muammolarni hal qilishda qo`shimcha qiyinchilik tug`diruvchi yana bir xususiyat nazardan chetda qolmasligi kerak: til birliklarining madaniy axboroti implitsit xarakterda bo`lib, til belgilari ortida yashiringan bo`ladi. Lingvokulturologiyaning tadqiqot predmetlaridan biri turli tillarning uslubiy tarmoqlaridir, ular turli shakllarda yuzaga keladi. Ayrim tillarda dialektal farqlar kuchli bo`lsa, ayrim tillarda shevalar o`rtasida farqlar uncha sezilmaydi; ayrim tillar uslubiy farqlanish endigina boshlangan bo`lsa, ayrimlarida bu masala ancha chuqur va keng. Adabiy til va noadabiy til qatlamlari shakllari jamiyatning madaniy tarixi har bir bosqichini aniqlab beradi: yozuv tarixi, maktab tahlimi, adabiyoti, dunyoqarashi, uning madaniy-g’oyaviy simpatiyalari singari. Xalq madaniyatining me`yoriy-uslubiy tarmoqlarga ta`siri uning lug’at tarkibiga ta`siriga nisbatan bilvosita va chuqur munosabatlarga ega. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling