O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/4/1 2023
O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/4/1] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/ Social sciences O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/4/1 2023 - 273 - bunday chala-chulpa nutqning ma’nosini bolaga eng yaqin odamgina, ya’ni uning onasi yoki dadasigina tushuntirib bera oladi. Bola nutkining taraqqiyotidagi bu davrning xarakterli belgisi shundan iboratki, bola aytib bera oladigan so‘zlar miqdori juda kam bo‘ladi. Chunki uning aktiv lug‘ati juda sekinlik bilan boyib boradi. Biroq bola nutqining o‘sishi o‘ziga xos yo‘l, ya’ni tevarak-atrofidagi kishilar nutqini tushunish qobiliyatining o‘sishi yo‘lidan boradi. Bola o‘ziga qarata aytshggan so‘zlarni yaxshiroq tushunadigan bo‘ladi, ya’ni uning passiv lurati boyib boradi, lekin o‘zi gapira olmaydi, boshqalarning so‘zlarini ko‘proq eshitadi va nutq materiallarini singdirib borib shu materiallardan keyinchalik o‘z nutqida foydalanadi. Modomiki, shunday ekan, pedagog — tarbiyachining vazifasi bolalar idrok qiladigan nutq materiallarining mumkin qadar boy, rang-barang va turli bo‘lishiga g‘amxo‘rlik qilishdir. Nutqning o‘sishidagi ikkinchi davr odatda bola bir yarim yoshga to‘lgandan keyin boshlanadi. Bu davr asosan aktiv lug‘atning tez o‘sishi bilan xarakterlanadi. Bola aytadigan so‘zlarning miqdori birdaniga ortib ketadi. Bolaning katta odamlar nutqiga taqlid qilishi yangi so‘zlarni bilib olishida juda muhim rol o‘ynaydi. Shuni aytish kerakki, bola dastlabki so‘zlarni dom taqlid qilib o‘rganadi. Lekin endigi taqlid xarakteri keskin o‘zgaradi. Ilgari bola ko‘p jihatdan ko‘r-ko‘rona, ya’ni ongsiz ravishda taqlid qilar edi. Endi bolaning taqlidi aktivroq hamda mustahkamroq bo‘la boradi. Ilgari bola yangi so‘zni anchagina qiyinlik bilan o‘zlashtirgan bo‘lsa, endi o‘z lug‘atini osonlik bilan boyitib boradi. Ikki yoshga to‘lish oldidan bolaning nutqi ma’noli bo‘lib boradi. Ilgari bolaning so‘zlari asosan uning ehtiyojlarini ifodalagan bo‘lsa, endi nutqning nom berish funksiyasi tobora kuchayib boradi. Narsalarning o‘z nomi borligiga bola tajribada ko‘rib ishonadi. Bolaning o‘ta sinchkovligi «Bu nima? Nomi nima? Nima uchun?» degan savollarida yaqqol ko‘rinadi. Bundan tashqari bolaning miyasida narsa bilan uning nomi, ya’ni so‘z o‘rtasida yangi assotsiatsiyalar paydo bo‘ladi. Birinchi va ikkinchi signallar sistemalarining o‘zaro bog‘lanishlari tobora mustahkamlanib boradi. Maktabgacha tarbiya yoshida bola nutqining grammatik tomoni ancha o‘zgaradi. Dastlabki paytlarda narsalarning nomini bildiradigan otlar ko‘proq ishlatiladi. Bola ikki yoshga to‘lish oldidan ish-harakatning nomini bildiruvchi fe’llarni ham to‘g‘ri ishlata boshlaydi. Ikki yoshga to‘lib, uch yoshga qadam qo‘yganida esa, bola fazoviy munosabatlarni bildiradigan ba’zi bir ravishlarni, masalan, «orqada», «yuqorida», «pastda» degan so‘zlarni bilib ishlatadigan ko‘proq savol beradigan bo‘ladi. Shunday qilib kattalarning ma’qullashi, maqtashi, koyishi va ta’qiqlashiga to‘g‘ri munosabatda bo‘la boshlaydi. Maktabgacha ta’lim yoshiga yetgach, so‘z boyligining ancha ortishi bilan birga ayrim jumlalarni grammatik jihatdan to‘g‘ri ishlata boshlaydi. Agar ikki yashar bolaning so‘z zahirasi taxminan 250 tadan 400 tagacha bo‘lsa uch yashar bolaning so‘z zahirasi 1000 tadan 1200 tagacha va yetti yashar bolaning so‘z zahirasi 3000 tadan 4000 tagacha bo‘ladi. Demak, maktabgacha ta’lim yoshidagi davrda bolaning so‘z zahirasi juda tez ortadi. Bu yoshda bolaning nutqi faqat miqdor jihatidangina ortib bormay, balki sifat jihatidan ham ancha takomillashadi. Masalan, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar ancha so‘z zahirasiga ega bo‘lishlariga qaramay, ayrim tovushlarni (r, l, y, sh, z kabi) yaxshi farqlay olmaydilar va shu tufayli so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz etadilar. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar esa bunday tovushlarning ko‘pini aniq va o‘z o‘rnida talaffuz eta oladilar. Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar o‘z ona tillarining grammatik tuzilishini ham amaliy tarzda o‘zlashtira boshlaydilar. So‘z zahiralari miqdor jihatidan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning hammasida bir xil bo‘lmaydi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar so‘z zahirasining miqdori asosan bola tarbiyalanib o‘sayotgan oilaning madaniy saviyasiga bog‘liqdir. Bir xil oilalarda bola nutqining o‘sishi bilan maxsus ravishda shug‘ullaniladi. Boshqa bir oilalarda esa, bola nutqining o‘sishi bilan mutlaqo shug‘ullanilmaydi. Ana shuning natijasida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar so‘z zahirasi o‘rtasida sezilarli farq yuzaga keladi. Maktabgacha ta’lim yoshida bolalar nutqni (faqat og‘zaki, nutqi) juda tez egallaydilar. Shuning uchun ular o‘z ona tillarining grammatik tuzilishini xam faqat og‘zaki tarzda o‘zlashtiradilar. Biroq shuni aytib o‘tish kerakki, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning o‘z ona tillari gramma-bo‘ladi. Maktabgacha tarbiya yoshining oxirigacha borib, bola tevarak-atrofdagilarning nutqini tobora mukammalroq tushunadigan bo‘ladi. Katta yoshli kishilarning aytib bergan hikoyalarini, kichik she’rlarni, ashula va ertaklarni jon-dili bilan tinglaydilar. Bola o‘ziga berilgan savollarni tushunib, ularga javob beradi. Bolaning o‘zi ham kattalarga tobora taqlid qiladilar. Tilning ayrim tomonlarini o‘zlashtirishlari o‘ziga xos xususiyatga egadir. Boshqacha qilib aytganda, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning grammatik koidalarni o‘zlashtirishlari maktab bolalarining o‘zlashtirishlaridan batamom farq qiladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar grammatik qoidalarni o‘qib, tushunib yodlarida saqlab qolmaydilar. Ular ot, fe’l, sifat, olmosh, suffiks, kelishik kabi grammatik kategoriyalarning borligini ham, nima ekanligini ham bilmaydilar. Shuning uchun ular grammatikaning juda ko‘p qo‘llaniladigan eng sodda qoidalarini kattalarning nutqlari orqali, mazmunli o‘yinlarda taqlidiy yo‘llar bilan amaliy ravishda o‘zlashtira boradilar. Ma’lumki, nutqning o‘sishi jarayonida bolalar so‘z turkumlaridan otlarni tez o‘zlashtiradilar. Bunga asosiy sabab shuki, bolalar narsalarning nomlarini (otlarni) o‘z nutqlarida ko‘proq ishlatadilar. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar so‘z zapaslarining asosiy ko‘pchiligi otlardan iborat ekanligi ajablanarli emas. O‘rta va katta yoshdagi maktabgacha ta’lim bolalari otlarni ko‘plik, birlik, bo‘lishli, bo‘lishsiz shakllarida va turli kelishiklarda to‘g‘ri ishlata oladigan bo‘ladilar. Katta guruh bolalari so‘zlarni turli talaffuz eta oladilar. Shuning uchun ular o‘zlaridan kichik yoshdagi bolalar gaplarni grammatik jihatdan xato so‘zlaganlarida, «bunaqa deb bo‘lmaydi» deb ularning nutqlarini to‘g‘irlaydigan bo‘ladilar. Tarbiyachi-pedagog bolalar nutqini rivojlantirish bilan shug‘ullanar ekan, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar ba’zi rollarda o‘z nutq apparatlarini to‘la idora eta olmasliklarini unutmaslik kerak. Bundan tashqari maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda murakkab nutq tovushlarini bir- biridan farq qilish qobiliyati hali to‘la takomillashmagan bo‘ladi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim yoshidagi ba’zi bolalar ayrim ch,sh tovushlarini buzib talaffuz etadilar. Odatda bunday bolalarni tili chuchuk bolalar deb ham yuritiladi. Tili chuchuklik nuqson emas. Buni asta-sekin tuzatish mumkin. Tili chuchuklikni tuzatishning eng muhim shartlaridan biri bola bilan to‘la va to‘g‘ri talaffuz etib, ravon til bilan gaplashishdir. Tarbiyachi buni ota-onalarga ham tushuntirishi kerak. Chunki, odatda, ayrim ota-onalar o‘z bolalarinn ortiq darajada erkalab, ular bilan bolalarcha, ya’ni bolaga o‘xshab tilini chuchuklantirib gaplashadilar. Til chuchuk bolalarni «tili shirin» deb uning talaffuziga moslashishiga harakat qiladilar. Bunday qilish aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xatodir. Chunki bolalar talaffuzidagi nuqson maktabga borgunlaricha to‘g‘irlanmasa, bu narsa bolalar nutkining umumiy o‘sishiga ta’sir qilmasdan qolmaydi. Tili chuchuk bolalar nutqidagi bu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling