O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/120
Sana03.11.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1743798
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   120
Bog'liq
12-88-PB

O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/4/1 2023 
- 274 -
nuqsonni tugatmay maktabga chiqarilsa, boshqa bolalar ularga 
«soqov» deb laqab qo‘yadilar. Natijada bunday laqabni hadeb 
eshitavermaslik uchun bunday bolalar kam gapiradigan, 
o‘zlarini chetga olib yuradigan bo‘lib qoladilar.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqi 
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar nutqiga nisbatan ancha 
taraqqiy etgan bo‘lsa ham hali ularning gapirishlariga qarab 
turib, nihoyat darajada so‘z yetishmayotganini payqash oson. 
Chunonchi, kichik va o‘rta yoshdagi maktabgacha ta’lim 
bolalarining jumlalarida «anaqa», «anu», «nima», «indan 
keyin» kabi noaniq iboralar juda ham ko‘p bo‘ladi. Katta 
guruh bolalarida esa bunday iboralar kamroq uchraydi. Shuni 
ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, nutq faqat boshqa 
odamlar bilan amalga oshiriladigan aloqa vositasigina bo‘lib 
qolmay, balki u bolalar uchun o‘z xulq-atvorlarini boshqarish 
vositasi hamdir. Nutq bu vazifani bajarishda tafakkur bilan 
qushilib ketadi. Shuning uchun nutq tafakkur vositasi hamdir. 
Turli yoshdagi maktabgacha ta’lim bolalari o‘z xulq-
atvorlarini, yangi ma’lum ijtimoiy sharoitda o‘zlarini qanday 
tutishlarini tafakkur orqali o‘ylab idora qiladilar. Bunda 
nutqning roli birinchi darajali ahamiyatga egadir. Odatda 
kichik yoshdagi maktabgacha ta’lim bolalarining nutqlari 
ikkinchi bir odamga emas, balki o‘zlariga qaratilgan bo‘ladi. 
Masalan, «Anvar uxlaydi», «Anvarni qorni ochdi» deb 
gapiradilar. Bolalarning ana shunday so‘zlariga qaratilgan 
nutqlarini egotsentrik nutq deb yuritiladi. Katta yoshli 
maktabgacha ta’lim bolalarida egotsentrik, ya’ni o‘z-o‘ziga 
qaratilgan nutq tugallanib, normal holga keladi»
Shunday qilib, asosiy aloqa vositasi bo‘lgan nutq bola 
psixikasining taraqqiyotida benihoyat katta rol o‘ynaydi. 
Maktabgacha ta’limda va oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan 
ta’lim-tarbiya va xususan, maktabgacha ta’limda ona tilidan 
o‘tkaziladigan maxsus mashg‘ulotlar tufayli bola nutqini 
normal o‘stirish mumkin. Bola maktabgacha ta’lim yoshining 
oxirgi bosqichiga kelganda og‘zaki nutqning hamma 
turlaridan erkin foydalana oladigan bo‘ladi. Bola nutqining 
bundan keyingi taraqqiyoti maktabda o‘qish protsessida 
amalga oshiriladi. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling