O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/4/1 2023
- Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
- Tadqiqot metodologiyasi.
O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/4/1] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/ Social sciences O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/4/1 2023 - 276 - j) san'at, chunonchi, badiiy adabiyotda qo‘llanuvchi ramzlar. Ijtimoiy turmushdagi ramzlar, asosan, kommunikativ, ya'ni kishilarning o‘zaro aloqa vositasi, fanlar tizimidagi ramzlar ma'lum tushuncha ifodalash, adabiyotdagi ramzlar esa kechinma, holat va voqelikni badiiy-estetik anglatish vazifasini bajaradi. (3) Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Ijtimoiy hayotda qo‘llanuvchi ramzlar sirasiga, biz kunlik hayot tarzimizda faoliyatiga qarab qo‘llanailadigan ramziy so‘zlar ya'ni, suv, olov, quyoshni, bulutni, soyabon, chamanni misol sifatida aytish mumkin. Mazkur belgilaro‘ziga xos xususiyati, uzgacha tabiatga ega holda quyosh - quyoshli kunni, chaqnab turgan yuz chehrasini, bulut – yomg‘irni, qovoq tumshuq qilib turgan yuz xolatini va obu-havo holatini anglatadi. Lug‘at va ilmiy manbalarda ramz muayyan darajada izohlangan, uning ta'riflari berilgan. Nazarda tutilganlarning aksariyatida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma'rifiy- ma'naviy hayotda va fandagi ramzlar emas, balki badiiy adabiyotda qo‘llanuvchi ramzlar tavsiflangan. Misol sifatida ―O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi va ―O‘zbek tilining izohli lug‘atida keltirilgan ramz xususidagi izohlarni keltirib o‘tamiz: ―Ramz (arab. — ishora qilmoq) (badiiy adabiyotda) — voqelikni badiiy aks ettirishning shartli usuli; badiiy shartlilik shakllaridan. Tadqiqot metodologiyasi. Ramz majozdan farq qilib, mazmuni obrazli qurilishi bilan bog‘liq bo‘ladi va ko‘p ma'noliligi bilan ajralib turadi. Ramz barcha xalqlar folklori va adabiyotida qadimdan mavjud. Ramziy obrazlar muayyan tizimni tashkil etadi va ayrim hollarda ko‘pchilik xalqlar adabiyoti va san'atida mushtarak mazmunni ifodalaydi Ramz (arab. – belgi, imo, ishora; laqab, taxallus). Biror g‘oya, tushuncha, hodisa kabilarni ifodalovchi, eslatuvchi shartli belgi, ishora (2. III, 347). O‘zbek tilida ayrim o‘rinlarda ramz so‘zi o‘rnida simvol so‘zi ham qo‘llaniladi. Bu ta'riflar O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida berilmagan, ammo O‘zbek tiliniing izohli lug‘atida ushbu so‘zga “Simvol” (yunoncha -belgi, ramz, alomat, timsol) deb ta'rif berilgan. U aynan ramz ma'nosida qo‘llaniladi. Biron-bir g‘oyani o‘zida mujassamlashtiruvchi badiiy obraz(3. III, 506). N.Hotamov va B.Sarimsoqovning ―Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘atida ramz so‘zi mavjud emas, simvol so‘ziga esa quyidagicha ta'rif berilgan: ―Simvol (gr. – shartli belgi so‘zidan). Metaforaning bir ko‘rinishi bo‘lib, shartli ravishda ko‘chma ma'noda qo‘llaniladigan so‘z birikmasi, rasm, predmet. Masalan, O‘zbekistonning ramzi paxtadir. Qabardin- bolqor shoiri o‘z yurtini tog‘dagi lolaga o‘xshatadi. Bu lola yurt ramzidir (3, 279). Kuzatuvlardan anglashiladiki, lug‘atlarda ramzga berilgan izohlar bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Yuqoridagi izohlardan ramz bo‘yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 1. Ramz – biror g‘oya, tushuncha, hodisa kabilarni ifodalovchi va eslatuvchi shartli belgi. 2. Ramz – biror g‘oya, tushuncha, hodisa kabilarni o‘zida mujassamlashtiruvchi badiiy obraz. 3. Ramz – voqelikni badiiy aks ettirishning shartli usuli, obrazli ifodalashning bir ko‘rinishi. 4. Ramz – ko‘p ma'nolilik xususiyatiga ega. 5. Ramz – shartli ravishda ko‘chma ma'noda qo‘llaniladi. 6. Ramz – metaforaning bir ko‘rinishi. Tahlil va natijalar. Ramz uchun muhim belgi, eng avvalo, shartlilik, obrazlilik, ko‘p ma'nolilik, ko‘chma ma'nolilik, xususan, metaforiklikdir. Ramzning shu va boshqa xususiyatlarga egaligini bilgan ijodkorlar o‘z badiiy asarlarida undan keng va o‘rinli foydalanishga harakat qilgan. Xalqning ong va shuuriga chuqur singgan ramzlar borki, ular badiiy asarlarda ѐrqin obrazlar yaratishga xizmat qilib kelmoqda. Kabutar – tinchlik, sher — mardlik, tulki — makkorlik, bo‘ri — ochko‘zlik ramzi sifatida badiiy asarlarda qadimdan mavjud bo‘lib kelmoqda. Bu kabi zoomorf metaforalar badiiy asarlarning ta'sirchanligi va badiiy-estetik qiymatini oshirishda muhim vosita sifatida voqelanadi. Ijodkorlar uchun ramzlar nisbatan kuchli his-tuyg‘uni, keng tushuncha va katta voqea hodisani ixcham, aniq va ta'sirli tarzda ifodalash uchun cheksiz imkoniyat yaratadi. Shunga ko‘ra xalq og‘zaki ijodi va mumtoz adabiyotda ramziy obrazlar alohida tizim sifatida shakllangan. Aytilganidek, ramzlar nutqda keng qo‘llanuvchi ifoda vositasi hisoblanib, u umumxalq nutqining barcha ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, ular badiiy asar matnlarida qo‘llanib, badiiy asar tilining rang-barang bo‘lishini ta'minlaydi. Adabiyot tarixida asrlar davomida foydalanib kelinayotgan ramziy obrazlar tizimi ham mavjud; gul — go‘zallik, ma'shuqa; bulbul — oshiq; sariq rang — mahzunlik, qora rang — motam ramzi va boshqalar. Ijodkorlar an'anaviy ramzlar bilan bir qatorda tabiatdagi har bir hodisa va detal (masalan, bulut, buloq, chaqmoq va boshqalar)dan ramziy tasvir uchun foydalanadilar (1, VI, 59). Badiiy asarlardagi ramzlarni turli, chunonchi, sinxron va diaxron aspektlarda tahlil qilish, o‘rganish mumkin. Ramzlarni diaxron aspektda tadqiq etishda ularni quyidagi ikki guruhga ajratib o‘rganish o‘rinlidir: 1. An'anaviy ramzlar. 2. Xususiy ramzlar. An'anaviy ramzlarni umumiy ramzlar, xususiy ramzlarni esa individual ramzlar tarzida ifodalash ham mumkin. An'anaviy ramzlarni asrlar davomida foydalanib kelinayotgan ramziy obrazlar tizimi tashkil etadi. Bunga misol sifatida xalq og‘zaki ijodiyotida qo‘llangan tun – hasrat, olma – sevgi, farzand, ro‘mol – oila ramzlarini aytib o‘tish mumkin. Xususiy ramzlarga misol sifatida Alisher Navoiy falsafasining javhari, mag‘zi, yaxlit tizimi hisoblangan ―Lison ut-tayr, ya'ni ―Qushlar tili (1499) dostonidagi Semrug‘ va qushlar timsolidagi ramziy obrazlarni aytib o‘tish mumkin. Ushbu asardagi g‘oyalarning umumiy manzarasi shundaki, Semrug‘ va qushlar timsolidagi ramziy obrazlar orqali inson o‘zini, borliqni va odamlarni anglashni nazarda tutadi. Bu dunyodagi barcha ezgu va yovuz, yaxshi va yomon ishlar, ma'naviy tubanlashish, jamiyatning inqirozi inson bilan, ya'ni inson mohiyati, insoniylik fenomeni bilan bog‘liq haqiqat ekanligini Alisher Navoiy ushbu asarida ramzlar orqali ifodalaydi. Ramz barcha xalqlar fol'klori va adabiyotida qadimdan mavjud. Ramziy obrazlar muayyan tizimni tashkil etadi va ayrim hollarda ko‘pchilik xalqlar adabiyoti va san'atida mushtarak mazmunni ifodalaydi. Masalan, sher – mardlik, tulki – makkorlik, bo‘ri – ochko‘zlik va boshqa. Adabiyot tarixida asrlar davomida ishlatilib kelinayotgan ramziy obrazlar tizimi ham mavjud: gul - go‘zallik, mashuqa, bulbul – oshi, sariq rang – mahzinlik, qora rang – motam va boshqa ijodkorlar an'anaviy. Ramzlar bilan bir qatorda tabiatdagi har bir hodisa va detal (masalan, bulut, buloq, soqmoq va boshqalar)dan ramziy tasvir uchun foydalanadilar. Bunda u yoki bu narsa tasvir jarayonida yozuvchi maqsadiga xizmat qiluvchi muayyan ramziy ma'noga ega bo‘ladi. Xalq og‘zaki ijodiyoti va mumtoz adabiyotda keng ko‘lamda ishlatilgan ramziy tasvir usuli hozirgi adabiyotda ham muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda (4). Badiiy ifodani oshirish vositalaridan biri bo‘lgan, badiiy matnlarda faol qo‘llanuvchi ramz (simvol) ayrim o‘rinlarda ko‘chimning, ayrim o‘rinlarda metoforaning bir turi sifatida qaraladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling