O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/120
Sana03.11.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1743798
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   120
Bog'liq
12-88-PB

O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/4/1 2023 
- 277 -
Xulosa va takliflar. Har qanday ramziylikning eng 
muhim belgisi narsalarning mazmun-mohiyati, tarkibini 
ramzlar asosida ko‘rsatib berishdan iborat. 
Yuqorida ramzga berilgan ta'riflardan kelib chiqib, 
uning o‘ziga xos bo‘lgan alohida hodisa ekanligi, metafora, 
metonimiya, sinekdoha, allegoriya, epitet, va o‘xshatish 
kabilar esa ramzga yondosh hodisalar ekanligini qayd etish 
mumkin. Ayni paytlarda filologiya, falsafa, psixologiya kabi 
fan sohalari bo‘yicha qilinayotgan tadqiqot ishlarida ramz va 
metaforaning umumlashtiruvchi hamda farqlovchi jihatlari 
chuqurroq o‘rganilmoqda.(5.) 
Lingvistik ifodalangan ramz har doim metaforadan 
farq qiladi. Ularning har ikkisi juft ma'no munosabatiga ega 
bo‘lsa-da, metafora aynan bir lingvistik ob'ektning ikki 
ko‘rinishini birlashtiradi. Ramz lingvistik hodisani nolisoniy 
tabiyatga ega bo‘lgan tushuncha bilan ham bog‘lay oladi
Umuman, ramzlarning ijtimoiy hayotda, ayniqsa, 
badiiy adabiyotda, uning barcha go‘zalligi, jozibasini 
ko‘rsatish hamda botiniy mazmunini anglashdagi ahamiyati 
benihoya kattadir. Ramzlar lisoniy va nolisoniy omillar 
natijasida paydo bo‘ladi. Ularning lisoniy omil asosida 
shakllanishida til vositalari muhim ahamiyat kasb etsa, milliy 
o‘ziga xosliklar, urf-odatlar va tushunchalar esa ramzlarning 
nolisoniy omil sifatida shakllanishiga asos bo‘ladi. Yuqoridagi 
keltirilgan tadqiqotlardan kelib chiqqan holda shunday 
deyishimiz mumkin-ki, ramzlarning lingvistik tabiati, ramziy 
tillarning 
o‘zgacha 
xususiyatga 
ega 
ekanligidadir. 
Hissiyotimiz qabul qilinishiga qarab ayni bir hodisa turlicha 
talqin qilinadi. Olovni misol tariqasida ramziy belgilarini 
yoritadigan bo‘lsak, o‘choqdagi olov – hayotni his qilish, 
iliqlik va huzur-halovatni, biroq uy-joy yoki biron yerni olov 
qurshovida ko‘rsak, u qo‘rquv, xavf-xatarni ya'ni bu o‘rinda 
ojizlik, vayronagarchilikni aks ettiradi. Bunga o‘xshash 
ramzlarni bir nechtasini misol tariqasida keltirish mumkin. 
Har bir ramzning konkret ma'nosi undan foydalanuvchining 
umumiy holatda qabul qilgan kechinmalaridan vaziyat 
ustunligiga bog‘liq. 
Ramzlar 
obrazli 
tafakkur 
qilishning 
muhim 
ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, insonning badiiy-estetik didini 
oshirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. 
ADABIYOTLAR 
1. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. – T.: O‘zME, 2000. T.VI. – 59 b. 
2. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I-V. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006-2008. T. I. 2006. - 680 b; T. II. 2006. - 
672 b.; T. III. 2007. - 347 b.; T. IV. 2008. - 608 b. 
3. Yo.S.Saidova, D.Sh.Sharipova. “Ramzlarning leksik-semantik xususiyatlari”. Buxoro Davlat Universiteti, Ilmiy axboroti 
2020/1(77), UDK: 81’373.612.4 
4. Nosirova N. Literature as a major factor in the upbringing and development of the younger generation //Herald pedagogiki. 
Nauka i Praktyka. – 2021. – Т. 1. – №. 1. 
5. Nosirova N. S. The issue of artistic psychology to literary studies //Theoretical & Applied Science. – 2020. – №. 2. – С. 
110-112. 
6. Юсупова Ш. Б. (2016). Symbolism in literature. In Актуальные проблемы филологии (pp. 6-8). 
7. Yusupova K. U. Giving stable compounds and expressions in translation //E-Conference Globe. – 2021. – С. 477-481. 



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling