O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlil va natijalar.
Tadqiqot metodologiyasi. Bugungi o‘zbek nasrining
taniqli ijodkorlaridan biri Ulug‘bek Hamdam ijodi shakily va mazmuniy yangilanishlarga boyligi, davrning dolzarb muammolarini o‘ziga xos tarzda yoritib berganligi, ramziylikning ustuvorligi bilan xarakterlanadi. Ulug‘bek Hamdam barcha bitganlarida o‘z qiyofasi bo‘lishi chinakkamiga istaydigan va shunga astoydil intiladigan shaxsiyatlar siyrati aks etadi. O‘zligiga ega shaxsiyat kechinmalarining tasviri o‘zgalar uchun ham qiziqligi sabab Ulug‘bekning har bir asari o‘qirmanlarda munosabat uyg‘otadi, tortishuvlarga sabab bo‘ladi. Yozuvchining bitiklarida o‘z dunyosiga ega qahramonlar aks etganligi bu asarlarda shiddatli ruhiy holatlar tasviri mo‘lligining boisidir. [ 7.2018] Ulug‘bek Hamdam asarlarining pragmatikasini tadqiq etish borasida olib borgan ijodiy faoliyatimiz mobaynida ustoz yozuvchining faqat o‘zigagina xos bo‘lgan badiiy mahoratini kashf etishga harakat qildik. Jumladan, yashirin ifoda usullaridan biri bo‘lgan ironiya va ular yuzaga chiqargan ironik mazmunni tahlil qilishda Ulug‘bek Hamdam qalamiga mansub ‘‘Sabo va Samandar” romani misolida tahlil qildik. Ironiya estetikaning kategoriyasi bo‘lib, qadimgi notiqlik an’analaridan kelib chiqadi. Bu XIX asrning so‘nggi choragidan beri alohida rivojlanib keladi. Ironiyada so‘zlovchi voqeani jiddiy bayon qilganday bo‘ladi, ammo til vositalarini ko‘chma ma’noda qo‘llab, biron shaxs yoki voqelik ustidan kesatiq bilan kuladi. Boshqacha qilib aytganda, so‘zlovchi nutqining zaminida haqiqiy ma’noga zidlanuvchi asosiy maqsad – kulgi yoki kinoya ma’nosi yashiringan bo‘ladi. Tahlil va natijalar. Ironiya grekcha “ironeia” so‘zidan olingan bo‘lib, “bilib bilmaganga olish” va “nozik masxaraomuz kulgi” degan ma’nolarni anglatadi. Ironik mazmun ifodalovchi lisoniy vositalar quyidagi guruhlarga bo‘linishi mumkin: Intonatsion-fonetik; Leksik-frazeologik; Sintaktik; Morfologik; Paremalar yordamida. Biz ushbu maqoladada Ulug‘bek Hamdam asarlarida aks etgan tagma’noni tahlil qilishga urindik. Bu masalada, avvalo, ironiyaga murojaat qildik. Adib qalamiga mansub “Sabo va Samandar” romanida ko‘zga tashlanuvchi ironiyalarni tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilishga harakat qildik. Asar tahlili davomida quyidagilarning guvohi bo‘ldik: – Ha-ya, kim ekan u domla, muncha qiziqmasa?.. Adabiyotdan kiradi. Kelishgangina… – shunday dedi- yu o‘qituvchining hadeb o‘zlariga ko‘z tashlayotganidan sergaklanib, lab-lunjini to‘g‘rilagancha, go‘yo ma’ruzani eshitib-u yozib borayotgandek daftariga engashdi Nazira. Fu-uu, Saboning kuni qayoqdagi bir domlaga qolibdi- da… Yo‘g‘-a, darsiga qiziqayotgandi-iir… Ikki o‘rtoq bir-biriga ma’noli boqib qiqirlashdi…[8] Asar haqiqiy ishqni tarannum etgan asarlar sirasiga kiradi. Yuqorida keltirilgan parchada qizlarning o‘zaro suhbati aks etgan. Dars vaqtida qizib ketgan talaba qizlarning qo‘shtirnoq ichidagi “suhbat”ida ironik mazmun piching vositasida yuzaga chiqqan. Parchada keltirilgan “fu-uu”, “qolibdi-da”, “yo‘g‘-a”, “qiziqayotgandi-iir” so‘zlari piching mazmunini ifodalashga xizmat qilgan. Piching – birovning shaxsiga tegish, g‘ashini keltirish, masxaralash uchun aytilganilmoqli gap; qochirim, qochiriq. Talaba qizlarning “suhbat”idan domlasini u qadar ham nazariga ilmasligi, kursdoshlari Saboga yuqori baho berishlari, bunday qiz adabiyot domlasiga emas, manaman degan yigitlarga munosib ko‘rishlari sezilib turibdi. Ohang yetakchilikni o‘z qo‘liga olgan, buni qizlarning gap-so‘zlaridan va “ikki o‘rtoq bir- biriga ma’noli boqib qiqirlash”ganidan ham sezilib turibdi. Piching lisoniy vositalardan fonetik-intonatsion vositalar orqali aks etganligini ko‘rishimiz mumkin. Nilufarning to‘ydan butunlay xabari yo‘q deb bo‘lmasdi. Otasi Kamol aka hokimning o‘g‘li Murodjon to‘g‘risida bir necha bor gap qistirgandi. “Shunday yigit kuyovim bo‘lishini orzu qilaman!” degandi. Xotiniga ham o‘z fikrini yuqtirgandi. Nilufar, ochiq kunda gumburlagan momaqaldiroqdek kutilmagan “yangilik”dan esankirab qolgan Nilufar qiz endi xotirasini titkilab, Murodjon haqida onasining ham nimalardir deganini esladi. Lekin bularning barchasi o‘ziga bildirmay, ruxsat ham olmay to‘y boshlab yuborishlariga asos bo‘lolmasdi qizning nazarida… (“Sabo va Samandar”) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling