O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA
1/4/1 2023
- 287 -
Zamonaviy elektron lug‘atlarda bu kabi qismlarning
barchasi mavjud, lekin ba’zi farqli jihatlari ham kuzatiladi.
Tilshunos Z.Xolmanova kitobiy va elektron lug‘atlarni
quyidagicha farqlaydi:
“1. Kitobiy lug‘atlar kartotekalar asosida tuziladi.
Elektron lug‘atlar korpus (elektron kartoteka)
asosida
yaratiladi.
2. Kitobiy lug‘atlar qo‘lyozma holatda, kompyuter
lug‘atlari elektron variantda tuziladi.
3. Kitobiy lug‘atlar qo‘lyozma
holida tahrir qilinadi;
elektron lug‘atlar nisbatan tayyor lingvistik baza asosida
yaratiladi.
4. Kitobiy lug‘atlar
bosma holida nashr etiladi;
elektron lug‘atlarda lingvistik ta’minot dasturiy ta’minot bilan
uyg‘unlashtiriladi.
5. Kitobiy lug‘atlar tuzilishi sahifalar ketma –
ketligiga tayanadigan chiziqlik tamoyiliga bo‘ysunadi.
Elektron lug‘atlar strukturasi gipertekst texnologiyasiga
asoslangan bo‘ladi, bu esa foydalanuvchiga lug‘at
maqolalarining ixtiyoriy qismiga
tezkor murojaat qilish
imkonini beradi” [7].
Xulosa va takliflar. Xulosa sifatida shuni ta’kidlash
mumkinki, mustaqillik davri o‘zbek lug‘atshunosligi bugungi
kundagi sayqaliga yetgunga
qadar birmuncha taraqqiyot
bosqichlarini bosib o‘tgan bo‘lib, bunda ilm-fan jonkuyarlari
bo‘lmish – leksikograflarimizning xizmatlari kattadir. Shu
bilan
birga
zamonaviy
internet
lug‘atlari
hozirgi
lug‘atchilikning taraqqiyot asosi bo‘lib bormoqda.
Elektron
lug‘atlar kitobiy lug‘atlardan ko‘p tomonlama ustun ekanligini
ham aytib o‘tdik. Aytish joizki, zamonaviy internet lug‘atlari
kelgusida yanada yangi so‘zlar bilan boyitilib,
yurtimiz
taraqqiyotiga bevosita o‘zining munosib hissasini qo‘shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: