O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/120
Sana03.11.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1743798
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   120
Bog'liq
12-88-PB

O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/4/1]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/ 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/4/1 2023 
- 286 -
aloqador hodisalar bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslik fanlari 
yuzaga keldi.
Axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarining 
tilshunoslik lug‘atlariga yana bir ta’siri shundan iboratki, 
online va offline o‘quv lug‘atlari talabgor ehtiyojiga qarab har 
doim mavjudligidadir hamda ular masofa va vaqt tanlamaydi – 
hamisha foydalanuvchisi bilan birga. Ana shularni hisobga 
olgan holda, bugungi kunda til korpuslari yaratilmoqda. 
Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari
Dc.S. 
Shoxista 
Mahmarayimova 
va 
Ph.D. 
Asqar 
Eshmo‘minov hamda dasturchilar hamkorligida yaratilgan 
“Ozbek tili sinonimlar korpusi” fikrimizning yaqqol isbotidir.
Sababi, ushbu online korpus o‘z ichiga qator lug‘atlarni 
umumlashtirgan bo‘lib, xususan, so‘zlarning etimologiyasi, 
omonimlari, sinonimlari, antonimlari, paronimlari va ularning 
morfem tuzilishi va hokazolar ushbu korpusdan joy olgan 
hamda misollar yordamida isbotlab berilgan. 
Tahlil 
va 
natijalar. 
L.I. 
Kolodnyajnaya 
leksikografiyani an’anaviy hamda raqamli kabi ikkiga ajratadi. 
Tarjima jarayonida ham ikki yondashuv borligi ko‘rsatib 
o‘tiladi: 1) leksikosentrik (konteksdan kelib chiqib tarjima 
qilish); 2) slovarsentrik (mashina yordamida analiz qilish). 
Raqamli (elektron) leksikografiya 60-yillarda shakllangan 
bo‘lib, uning ilk ibtidosi sifatida Brown korpusi, 1978-yilda 
avtomatiklashtiruvchi tizim va tilni qayta ishlash uchun 
maxsus kodlangan zamonaviy ingliz tili Longman lug‘ati 
(Longman 
Dictionary 
of 
Contemporary 
English)kabi 
lug‘atlarni keltirishimiz mumkin. 
Professor N. Abdurahmonova zamonaviy lug‘atlarni 
yaratish masalalari bo‘yicha quyidagi fikrlarni bildiradi:
“Lug‘atlarning yaratilishida uch narsa hisobga olinishi kerak: 
-lug‘atlarning yaratilishiga ko‘ra maqsad va vazifalari; 
-lug‘atda tavsiflangan matnlar;
-foydalanuvchilarning kategoriyasi” [1].
Bugungi kunda internet tarmoqlarining yanada 
taraqqiy etishi hamda uning tilga ta’siri natijasida korpus 
leksikografiyasi yoki kiberleksikografiya singari zamonaviy 
yo‘nalishlar yuzaga kelmoqda. 
“Korpus 
leksikografiyasi – ma’lumotlarni saqlash, uzatish va analiz 
qilish kabi vazifa bajarishga yo‘naltirilgan kompyuterning 
muayyan fazasida ko‘p qo‘llaniladigan matn yoki akustik 
korpusi asosida tilni o‘rganish sohasi hisoblanadi” [2]. Til 
korpusi bevosita kompyuter lingvistikasi bilan aloqador bo‘lib, 
unga bo‘lgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Til 
umumlashmasidan iborat korpus ikki bo‘limdan tashkil topadi, 
ya’ni:Koprusning tuzilishi(3-chizma): 
 
Kompyuter texnologiyalari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan 
korpus 
leksikografiyasi 
tilni 
analiz 
qilish 
bilan 
cheklanmasdan, kompyuter vositasida matnni tahlil qilishning 
metod 
hamda 
texnologiyalarini 
o‘rganadi. 
Kiberleksikografiyada matn bilan ishlashda yoki lug‘at 
yartishda internetdan to‘liq foydlaniladi.
Yirik 
hajmdagi 
tilshunoslik 
resurslari 
internet 
foydalanuvchilari, soha mutaxassislari tomonidan to‘ldirib 
borilmoqda. Bu xususda manbalarda quyidagi ma’lumotlar 
uchraydi: “Soha mutaxassislari tomonidan “ko‘ngillilar 
leksikografiyasi” (“волонтёрской лексикографии” – user – 
generated lexicography) deb nomlanadi. Ko‘plab nashriyotlar 
internet 
orqali 
ma’lumotlarini 
shu 
usulda 
boyitib 
borishmoqda: Wikipedia, Urban Dictionary, Wordnik, 
MacMillan Open Dictionary kabilar [3]. 
Internet lug‘atlari (on-line lug‘atlar) aksariyat hollarda 
lug‘at foydalanuvchilariga elektron lug‘atlarni boyitish 
imkonini yaratadi. Shu bilan birga, hajman ixchamligi, 
multimedia tasvirlari bilan boyitilganligi, kompaktligi, boshqa 
manbalarga ulanish imkoniyati, matn korpuslari vositasida 
illyustrativ misollar tuza olish imkoniyati, so‘zlarning 
sinonimik variantalri, omonimlik shakllari, Grammatik 
ma’lumotlar joylanganligi va ularning tez fursatda 
foydalanuvchiga namoyon bo‘lishi kabi tomonlari elektron 
lug‘atlarning optimalligini yuzaga keltiradi. Internet 
sahifalarida bu haqida quyidagi ma’lumot uchraydi: 
“Zamonaviy lug‘atshunoslikda semantik tarmoq semantik 
maydon, semantik to‘r va freym semantikasining tez 
suratlarda kirib kelishi natijasida elektron leksikografiya 
resurslari yaratildi. FRAMENET shu kabi yirik leksikografik 
resurslardan biri bo‘lib, bu resurs internet tizimida on-line 
rejimda ishlaydi” [4]. 
Ushbu tizim Ch. Filmorning “Tools for Lexicon 
Building” loyihasi asosida Kaliforniya shtati, Berkli 
shahridagi 
xalqaro 
informatika 
institutida 
yaratilgan. 
Tilshunos Z. Xolmanova framenet resursining ma’lumotlar 
bazasida 10000ta leksik birlik mavjudligi, shundan 6000dan 
ortig‘i to‘liq annotatsiyaga egaligi, shuningdek ma’lumotlar 
bazasida 800ta semantik freym hamda 135000 annotatsiyali 
gaplar joylanganligini keltirib o‘tadi[5]. 
Kitobiy (an’anaviy) va elektron leksikografiyaning 
asosiy vazifasi lug‘atdagi maqolalarning joylashish o‘rni va 
holatini shakllantirish hamda lug‘at tuzilishini aniqlashdir. 
So‘zlarning shakl kompozitsiyasi ko‘rsatilgan izohlar 
qanday holatda keltirilishi inobatga olinsa, kompyuter 
(elektron, avtomatik) lug‘atni yaratish qoidalariga ko‘ra 
foydalanuvchilarga mo‘ljallangan kompyuter formatida yoki 
ma’lum bir tarkibiy qism dasturi sirasiga kiritilgan dasturdan 
foydalaniladi. Shuningdek, foydalanuvchining lug‘atdan qay 
holatda foydalanishiga ko‘ra electron lug‘at hamda matnni 
tahrirlovchi dastur uchun avtomatik lug‘atlar o‘zaro 
farqlanadi. Avtomatik lug‘atlarni erkin tarzda ishlatish 
mumkin. Mutaxassis N.Abdurahmonova bu kabi lug‘atlar 
sirasiga quyidagi lug‘atlarni keltirib o‘tadi: 
- Ingliz tilining Oksford lug‘ati (
WWW.oed.com
)
-Ingliz tilining avtomatik izohli lug‘ati Collins 
(WWWmycobuild.com) 
-Y.D. Apresyan va E.M. Mednikovaning “Yangi katta 
hajmli inglizcha –ruscha” lug‘atining avtomatik variant 
(
http://eng-rus.slovaronline.com

-Ojegova onlayn lug‘ati (http://slovarozhegova.ru) [6]. 
Matnlarni avtomatik referatlash ma’lumotlarni izlash 
hamda mashina tarjimasi uchun mo‘ljallangan avtomatik 
lug‘atlar bevosita insonlar uchun yaratilgan avtomatik 
lug‘atlardan maqolalarning interfeysi va strukturasi jihatidan 
katta farq qiladi. Strukturalarning farqli tomoni shundaki, 
dastur bilan aloqador mavzularning lug‘atga doir materiallari 
bilan bevosita unga yaqin bo‘lgan boshqa sohalarni-da o‘z 
ichiga olgan. Bu kabi lug‘atlarning tarkibiy qismida ma’lum 
bir maqolaga ilova shaklida bo‘lgan bir necha yuzlab ilovalar 
mavjud bo‘ladi.
Ma’lumki, an’anaviy (kitobiy) lug‘atlar mavzusiga 
ko‘ra ensiklopedik va lingvistik kabi turlarga ajratiladi. Ular 
quyidagi tuzilishdan iborat:
-Kirish qismi, lug‘atda berilgan maqolalar strukturasi 
bo‘yicha ma’lumot, foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma; 
-Berilgan birliklardan jamlangan so‘zlik: morfema, 
leksema, so‘zshakllar yoki so‘z birikmasi; 
-Lug‘at maqolalarida o‘z izohiga ega bo‘lgan birlik; 
-Indekslar;
-Adabiyotlar ro‘yxati;
-Shartli belgilar hamda alifbo.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling