O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/120
Sana03.11.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1743798
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120
Bog'liq
12-88-PB

Mavzuga 
oid 
adabiyotlar 
tahlili. 
O‘zbek 
lug‘atshunosligi o‘zining uzoq tarixiy taraqqiyotiga ega bo‘lib, 
dastlabki lug‘at namunasi Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni 
lug‘ati turk” asari hisoblanadi. O‘tgan davriy bosqichlarda 
ensiklopedik (qomusiy) va filologik (lingvistik) lug‘atlar 
yaratilib, takomillashtirilib borildi. Globallashuv jarayoni 
faqatgina insonlarning ijtimoiy hayoti va madaniyatiga emas
balki odamlar nutqining asosiy vositasi bo‘lgan tilga-da o‘z 
ta’sirini o‘tkazdi. Shuning uchun o‘zaro muloqot jarayonining 
yanada maqbul usullarini aniqlash uchun har xil leksikografik 
tadqiqotlar 
yanada 
rivojlantirib 
borilmoqda. 
Maktab 
o‘quvchilari uchun Otabek Shukurov va Bashorat 
Bahriddinovalar tomonidan yaratilgan “O‘zbek tilining 
ma`nodosh so‘zlar o‘quv lug‘ati” ham istiqlol davri 
lug‘atchiligimiz yutuqlaridan hisoblanadi. Mualliflar 
tomonidan ushbu lug‘atni yaratishdagi asosiy manbalar 1974-
yilda nashr qilingan “O‘zbek tili sinonimlarining izohli 
lug‘ati”(A. Hojiyev) va “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” ( ikki 
tomlik.-M.:Русский язык,1981) ekanligi bevosita qayd 
etiladi. Asosiy manba sifatida esa “O‘zbek tili sinonimlarining 
izohli lug‘ati” ekanligi alohida ta’kidlangan. 
Tadqiqot metadologiyasi. Istiqlol yillarida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi natijasida 
lug‘atshunoslik sohasida ham sezilarli o‘zgarishlar yuzaga 
keldi, xususan, ushbu davrda asosiy e’tibor nutq 
samaradorligiga qaratildi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi 
hamda buning oqibati o‘laroq, tilshunoslikda yangi sohalar –
til va jamiyat uyg‘unligiga asoslanuvchi sotsiolingvistika, 
tilshunoslikka psixologik nuqtayi nazardan yondashadigan 
psixolingvistika, turfa xalqlar lingvomadaniy konseptiga 
asoslanuvchi lingvokulturologiya va shu kabi so‘z mohiyatiga 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling