O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/4/1 2023
- Tahlil va natijalar.
- Koprusning tuzilishi(3-chizma)
O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/4/1] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/ Social sciences O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/4/1 2023 - 286 - aloqador hodisalar bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslik fanlari yuzaga keldi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tilshunoslik lug‘atlariga yana bir ta’siri shundan iboratki, online va offline o‘quv lug‘atlari talabgor ehtiyojiga qarab har doim mavjudligidadir hamda ular masofa va vaqt tanlamaydi – hamisha foydalanuvchisi bilan birga. Ana shularni hisobga olgan holda, bugungi kunda til korpuslari yaratilmoqda. Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Dc.S. Shoxista Mahmarayimova va Ph.D. Asqar Eshmo‘minov hamda dasturchilar hamkorligida yaratilgan “Ozbek tili sinonimlar korpusi” fikrimizning yaqqol isbotidir. Sababi, ushbu online korpus o‘z ichiga qator lug‘atlarni umumlashtirgan bo‘lib, xususan, so‘zlarning etimologiyasi, omonimlari, sinonimlari, antonimlari, paronimlari va ularning morfem tuzilishi va hokazolar ushbu korpusdan joy olgan hamda misollar yordamida isbotlab berilgan. Tahlil va natijalar. L.I. Kolodnyajnaya leksikografiyani an’anaviy hamda raqamli kabi ikkiga ajratadi. Tarjima jarayonida ham ikki yondashuv borligi ko‘rsatib o‘tiladi: 1) leksikosentrik (konteksdan kelib chiqib tarjima qilish); 2) slovarsentrik (mashina yordamida analiz qilish). Raqamli (elektron) leksikografiya 60-yillarda shakllangan bo‘lib, uning ilk ibtidosi sifatida Brown korpusi, 1978-yilda avtomatiklashtiruvchi tizim va tilni qayta ishlash uchun maxsus kodlangan zamonaviy ingliz tili Longman lug‘ati (Longman Dictionary of Contemporary English)kabi lug‘atlarni keltirishimiz mumkin. Professor N. Abdurahmonova zamonaviy lug‘atlarni yaratish masalalari bo‘yicha quyidagi fikrlarni bildiradi: “Lug‘atlarning yaratilishida uch narsa hisobga olinishi kerak: -lug‘atlarning yaratilishiga ko‘ra maqsad va vazifalari; -lug‘atda tavsiflangan matnlar; -foydalanuvchilarning kategoriyasi” [1]. Bugungi kunda internet tarmoqlarining yanada taraqqiy etishi hamda uning tilga ta’siri natijasida korpus leksikografiyasi yoki kiberleksikografiya singari zamonaviy yo‘nalishlar yuzaga kelmoqda. “Korpus leksikografiyasi – ma’lumotlarni saqlash, uzatish va analiz qilish kabi vazifa bajarishga yo‘naltirilgan kompyuterning muayyan fazasida ko‘p qo‘llaniladigan matn yoki akustik korpusi asosida tilni o‘rganish sohasi hisoblanadi” [2]. Til korpusi bevosita kompyuter lingvistikasi bilan aloqador bo‘lib, unga bo‘lgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Til umumlashmasidan iborat korpus ikki bo‘limdan tashkil topadi, ya’ni:Koprusning tuzilishi(3-chizma): Kompyuter texnologiyalari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan korpus leksikografiyasi tilni analiz qilish bilan cheklanmasdan, kompyuter vositasida matnni tahlil qilishning metod hamda texnologiyalarini o‘rganadi. Kiberleksikografiyada matn bilan ishlashda yoki lug‘at yartishda internetdan to‘liq foydlaniladi. Yirik hajmdagi tilshunoslik resurslari internet foydalanuvchilari, soha mutaxassislari tomonidan to‘ldirib borilmoqda. Bu xususda manbalarda quyidagi ma’lumotlar uchraydi: “Soha mutaxassislari tomonidan “ko‘ngillilar leksikografiyasi” (“волонтёрской лексикографии” – user – generated lexicography) deb nomlanadi. Ko‘plab nashriyotlar internet orqali ma’lumotlarini shu usulda boyitib borishmoqda: Wikipedia, Urban Dictionary, Wordnik, MacMillan Open Dictionary kabilar [3]. Internet lug‘atlari (on-line lug‘atlar) aksariyat hollarda lug‘at foydalanuvchilariga elektron lug‘atlarni boyitish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, hajman ixchamligi, multimedia tasvirlari bilan boyitilganligi, kompaktligi, boshqa manbalarga ulanish imkoniyati, matn korpuslari vositasida illyustrativ misollar tuza olish imkoniyati, so‘zlarning sinonimik variantalri, omonimlik shakllari, Grammatik ma’lumotlar joylanganligi va ularning tez fursatda foydalanuvchiga namoyon bo‘lishi kabi tomonlari elektron lug‘atlarning optimalligini yuzaga keltiradi. Internet sahifalarida bu haqida quyidagi ma’lumot uchraydi: “Zamonaviy lug‘atshunoslikda semantik tarmoq semantik maydon, semantik to‘r va freym semantikasining tez suratlarda kirib kelishi natijasida elektron leksikografiya resurslari yaratildi. FRAMENET shu kabi yirik leksikografik resurslardan biri bo‘lib, bu resurs internet tizimida on-line rejimda ishlaydi” [4]. Ushbu tizim Ch. Filmorning “Tools for Lexicon Building” loyihasi asosida Kaliforniya shtati, Berkli shahridagi xalqaro informatika institutida yaratilgan. Tilshunos Z. Xolmanova framenet resursining ma’lumotlar bazasida 10000ta leksik birlik mavjudligi, shundan 6000dan ortig‘i to‘liq annotatsiyaga egaligi, shuningdek ma’lumotlar bazasida 800ta semantik freym hamda 135000 annotatsiyali gaplar joylanganligini keltirib o‘tadi[5]. Kitobiy (an’anaviy) va elektron leksikografiyaning asosiy vazifasi lug‘atdagi maqolalarning joylashish o‘rni va holatini shakllantirish hamda lug‘at tuzilishini aniqlashdir. So‘zlarning shakl kompozitsiyasi ko‘rsatilgan izohlar qanday holatda keltirilishi inobatga olinsa, kompyuter (elektron, avtomatik) lug‘atni yaratish qoidalariga ko‘ra foydalanuvchilarga mo‘ljallangan kompyuter formatida yoki ma’lum bir tarkibiy qism dasturi sirasiga kiritilgan dasturdan foydalaniladi. Shuningdek, foydalanuvchining lug‘atdan qay holatda foydalanishiga ko‘ra electron lug‘at hamda matnni tahrirlovchi dastur uchun avtomatik lug‘atlar o‘zaro farqlanadi. Avtomatik lug‘atlarni erkin tarzda ishlatish mumkin. Mutaxassis N.Abdurahmonova bu kabi lug‘atlar sirasiga quyidagi lug‘atlarni keltirib o‘tadi: - Ingliz tilining Oksford lug‘ati ( WWW.oed.com ) -Ingliz tilining avtomatik izohli lug‘ati Collins (WWWmycobuild.com) -Y.D. Apresyan va E.M. Mednikovaning “Yangi katta hajmli inglizcha –ruscha” lug‘atining avtomatik variant ( http://eng-rus.slovaronline.com ) -Ojegova onlayn lug‘ati (http://slovarozhegova.ru) [6]. Matnlarni avtomatik referatlash ma’lumotlarni izlash hamda mashina tarjimasi uchun mo‘ljallangan avtomatik lug‘atlar bevosita insonlar uchun yaratilgan avtomatik lug‘atlardan maqolalarning interfeysi va strukturasi jihatidan katta farq qiladi. Strukturalarning farqli tomoni shundaki, dastur bilan aloqador mavzularning lug‘atga doir materiallari bilan bevosita unga yaqin bo‘lgan boshqa sohalarni-da o‘z ichiga olgan. Bu kabi lug‘atlarning tarkibiy qismida ma’lum bir maqolaga ilova shaklida bo‘lgan bir necha yuzlab ilovalar mavjud bo‘ladi. Ma’lumki, an’anaviy (kitobiy) lug‘atlar mavzusiga ko‘ra ensiklopedik va lingvistik kabi turlarga ajratiladi. Ular quyidagi tuzilishdan iborat: -Kirish qismi, lug‘atda berilgan maqolalar strukturasi bo‘yicha ma’lumot, foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma; -Berilgan birliklardan jamlangan so‘zlik: morfema, leksema, so‘zshakllar yoki so‘z birikmasi; -Lug‘at maqolalarida o‘z izohiga ega bo‘lgan birlik; -Indekslar; -Adabiyotlar ro‘yxati; -Shartli belgilar hamda alifbo. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling