O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA
1/4/1 2023
- 288 -
UDK: 81’1:811.512.133
Nargiza TUROBOVA,
O‘zMU magistranti
E-mail: nargizaturobova0696@gmail.com
TerDU katta o‘qituvchisi, (PhD) N.M.Humayun taqrizi asosida
ULUG‘BEK HAMDAM ASARLARIDA LINGVISTIK IRONIYALARNING IFODALANISHI
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolamiz lingvopragmatikaning dolzarb masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. O‘zbek yozuvchisi Ulug‘bek
Hamdam asarlarining lingvopragmatik nuqtayi nazaridan tadqiq qilinishi tilshunosligimizda yangilik hisoblanib, bu esa Ulug‘bek
Hamdam asarlarining lingvopragmatik jihatlarini tadqiq etish muammosini qo‘yadi.
Maqolada ironiya,
uning ifodalanish
usullari, ironiyaning turlari haqida ma’lumot keltirilgan bo‘lib, Ulug‘bek Hamdamning “Sabo va Samandar” asari tahlil qilingan.
Maqolada asarda uchraydigan ironiyalarga alohida to‘xtalib, ular ironiyaning
qaysi turi ekanligi, ironiyani
yuzaga chiqarishda
qaysi usullardan foydalanilganligi alohida e’tirof etilgan. Ironik
mazmun ifodalashning piching, kesatiq, luqma, sha’ma kabi
vositalarini uchratishimiz mumkin.
Kalit so‘zlar: Pragmalingvistika, leksema, ironiya, ironik mazmun, yangilik, majaro, piching, kesatiq, kinoya.
Do'stlaringiz bilan baham: