O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245


Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/120
Sana03.11.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1743798
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   120
Bog'liq
12-88-PB

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Adibning 
“Sabo va Samandar” romanini yozishidan maqsadi, 
nazarimizda, yangi zamonning Layli va Majnun obrazlarini 
yaratish edi. Asarimiz bosh qahramoni Samandarning “Layli 
va Majnun” dostoniga bo‘lgan zavq-u-shavqi bejiz emas. 
Ijodkorimiz Samandari ham Navoiy ijodiga, “Layli va 
Majnun”iga qayta-qayta murojaat qilishi, Samandarning 
ishqini ideallashtiradi. Samandar dostondagi Majnunning 
so‘zlarini o‘zining hayot yo‘liga aylantiradi, go‘yo: 
…Layli ishqin tanimda jon qil,
Layli shavqin yuragimda qon qil [2]. 
Bundan anglashiladiki, Saboni uchratguniga qadar 
Samandarning ko‘nglida orzusidagi mahbubasining siymo
bo’lgan. “Sabo va Samandar” romanida hayot va mamot 
oralig‘idagi inson qismati falsafiy tus olgan. Bunda o‘lim 
fojiya emas, abadiy visolning debochasi sifatida olingan. 
Asarda Sabo va Samandar ramziy obrazlari orqali yozuvchi 
bugunning hayoti, o‘z hayot tashvishi bilan birgalikda o‘z 
mayllaridan yuqoriroq ko‘tarila olgan insonlarning muhabbat 
falsafasi tilga olinadi: Ijodkor bu romani afsonaning 
zamondoshlarimiz hayoti misolidagi takrori emas, balki 
insonning Ilohni tanish yo‘lidagi intilishlaridir. Zero, ilohga 
muhabbat insonga muhabbatdan boshlanadi. Inson hayotda 
jismoniy mayllardan yuqori tura olsagina, Allohni taniy 
O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/4/1]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/ 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/4/1 2023 
- 292 -
boshlaydi. Asar qahramonlari Sabo va Samandar sirtdan 
qaraganda hamma qatori yashayotgandek ko‘rinsa-da, alohida 
umrlarining so‘nggiga qadar qalblari bilan betinim olishadilar. 
Asar so‘ngida ular bir xil sabab bilan bir mahallada vafot 
etadilar. Ularning umr bo‘yi tortgan iztiroblari o‘limlari bilan 
yakun topadi. Bu yakunda fojiyaviylik yoq, aksincha, halovat 
bor. Bu halovat ilohiy visolga yetishuv umididir. Samandar 
ramziy obrazi orqali ijodkor ilohiy ma’rifat sizlarga qalbi 
oshufta bo‘lgan, majoziy muhabbatni ilohiy muhabbatga 
vosita qila olgan inson qiyofasini gavdalantiradi. Samandar 
Saboni otasi vazirlikka ko‘tarilishida moddiy yordam bergan 
boyning o‘g‘liga berish qaroridan dunyoni vayron qilmadi. 
Saboga ham vaqt davo bo‘la olmadi, ‘farzandlari va oilasini 
Samandardan o‘lim sari yetaklashini bilsa-da, u ahdidan qayta 
olmadi, oilasiga, farzandlariga ‘mujassam eta olgan ramziy 
obraz edi. Zero, uning qalbida iztirob mujassam edi. Samandar 
ismining o‘zi ham ilohiylikka yo’g‘rilgan, ramziylikka 
yashiringan. Qahramonning ismi mohiyatini yozuvchi uch 
o‘rinda keltiradi. Birinchisi, Samandarning o`zi yozgan 
she’rida aks ettiriladi: 
“….Uzun bo ‘yli yillar oralab, 
Yana paydo bo‘ldingmi, gulim! 
Nahot, so‘nik kul ichra, yo rab, 
Samandardek qayta tug‘ildim?!” [3]. 
Ism ramzini Saboning izohi to‘ldiradi: “Samandar 
degan qush borligini bilaman. U kuylab, o‘z kuyi ohangida 
kuyib halok bo‘larmish. Keyin yana o‘z kulidan qayta 
yaralarmish”. Demak, ilohiy muhabbatga yo‘g‘rilgan ramziy 
obrazlar Sabo va Samandarning o‘limi fojiyaviylik emas, balki 
ularni maqsad sari tutashtiruvchi yo‘ldir. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling