O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA 1/4/1 2023 - 290 - Ushbu parchada ham ironiya leksik vosita yordamida ifodalanganini ko‘rishimiz mumkin. Bu “yangilik” leksemasi orqali yuzaga chiqqan. Yangilik – kutilmagan, barcha uchun noma’lum bo‘lgan axborotni ifodalaydi. Yangilik so‘ziga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da shunday ta’rif berilgan: “Yangi holat, yangi ekanlik. Ilgari ma’lum bo‘lmagan, yaqindagina paydo bo‘lgan narsa yoki hodisa; yangi xabar, ma’lumot”.[9.2006] Buni qarangki, Nilufar uchun to‘yi bo‘layotgani kutilmagan “yangilik” bo‘ldi. Odatda, yangilik ko‘proq ijobiy ma’no ifodalashda qo‘llaniladi. Biroq qiz uchun bu xabar fojia edi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Sababi uning ko‘ngli Murodjonda emas, Nodirda. Kutilmagan bu holat ikki yoshning hayotini tamomila o‘zgartirib yubordi. Endi aytinglar, oyimchalar, – O‘lmas amma boshini burib yonidagilarga qaradi, – qaysi biringlar turmushdan yolchimadilaring, qaysi biringlar eringni yomon ko‘rasan? Voy, Xudoyim, – dedi kimdir uyalinqirab. Kimdir “piq” etib kuldi. Erni yomon ko‘rib bo‘larkanmi, o‘ylab gapiring, O‘lmasxon, – dedi shaddodrog‘i. Ha, barakal-la-aa, – dedi cho‘zib O‘lmasxon amma. – Sen ham qizim Nilufar, Murodjonni sekin-asta yaxshi ko‘rib qolasan. Bolali bo‘lganingdan keyin esa Murodjondan o‘zga erkakni tasavvur ham qilolmaysan. Hayot shunaqa qizim!.. (“Sabo va Samandar”) Nilufarning bu ahvolini ko‘rgan O‘lmasxon ammasi ham uni yupatishga harakat qiladi. Bu savdo har bir qizning boshida borligi, hech kim sevishib turmush qurmaganligi, har bir o‘zbek xonadonida qiz ota-onasi bergan insonga qarshiliksiz turmushga chiqishi, ko‘rmay-bilmay turmushga chiqsa-da keyinchalik erini jonidan ortiq suyib, o‘zga erkakni tasavvur ham qilolmay qolishi aytib, Nilufarni insofga chaqirmoqchi bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan parchada ironiyaning turlaridan sha’mani kuzatishimiz mumkin. U bir o‘rinda sintaktik vosita orqali (“Erni yomon ko‘rib bo‘larkanmi, o‘ylab gapiring”), keyingi o‘rinda fonetik intonatsion vosita orqali (barakal-la-aa) ifodalangan. Shunday bo‘lsa-da har ikkisini ham fonetik-intonatsion vosita orqali ifodalangan ironiyaga kiritishni lozim topdik. Keyin onasi tushmagur, biron nafi tegar deb, Samandarning singlisi va ukasini ishga soldi, ular ham bir soat, yarim soat mobaynida ichdan qulflangan eshik qarshisida askardek tik turib, akasini “tushunish”ga da’vat qilgancha holdan toydilar. Nihoyat, yo‘lga deya yopgan nonidan to‘rttasini ko‘tarib, Sherdilning ayasi – Nozima opa Malika opa bilan hasratlashisha – xayrlashish maqsadida chiqib qolib, bu uydagi “mojaro”dan xabar topdi. Qo‘lidagi nonlarni Malika opaga tutqazdi-da, eshik oldiga keldi. (“Sabo va Samandar”) Ushbu parchada esa ikki do‘stning ayriliq oldi holati tasvirlangan. Ular shu qadar qalin do‘st edilarki, ayriliq haqidagi xabarni eshitib dunyo ko‘zlariga qorong‘u ko‘rinib ketdi. Ularning onalarining nasihatlari ham, uka-yu singilning yalinishlari ham kor qilmadi. Bu jarayonda yozuvchi ironiyaning sha’ma usulidan foydalangan. U “mojaro” leksemasi vositasida aks etgan. Mojaro deganda, Sherdilning ketishi haqidagi xabarni eshitib Samandarning to‘polon ko‘targani, xonasiga qamalib olib, hechkimning gapiga quloq solmay “xarxasha” qiloyatganiga sha’ma qilingan. Ko‘rinadiki, shama ham salbiy munosabat ifodalash usullaridan biri bo‘lib, nutqda juda keng qo‘llaniladi[10]. – Ana g‘amxo‘rligu mana g‘amxo‘rlik, – kimningdir – ayol kishining ovozi keldi ko‘pchilik orasidan, – do‘st bo‘lsang, shunaqa bo‘l! – Qo‘ysang-chi, Nargiz, bir kilo paxta bilan do‘stlikni isbot qilish mumkin ekanmi? Ana, Nodir bilan Nilufarga o‘xshab bir-birlari uchun jonini bersa, unda boshqa gap, – boshqa birov gapga aralashdi. – Qo‘ysanglar-chi, Samandar bilan Azizani shunchaki sinfdosh, xolos, qo‘yib bersa, nimalarni gapirmaydi bu odamlar… – norozi bo‘ldi Yoshi kattaroq bir ayol. (“Sabo va Samandar”) Samandar yosh bo‘lsa-da eng faol terimchilardan. U bir kunda ikki yuz kilo paxta terishga qodir. Bu esa boshqa “qahramon terimchilar”ga yoqmaydi. Shu sababli doim vaziyat tug‘ildi deguncha undan foydalanib qolishga harakat qilishadi. Samandar bugun 200 kilogram paxta terishga va’da bergan edi, lekin 199 kilogram paxta teribdi. Aziza bilan birga terishgani uchun qiz o‘zini aybdor his qildi. O‘zining paxtasidan bir kilogram bermoqchi bo‘ldi. Qizning fikricha, Samandar u bilan gaplashib paxta tergani uchun ham kam tergan edi. Lekin yigit uni qabul qilishni istamadi. Xuddi shuning ustida bizning qahramon terimchilarimiz ham paydo bo‘lishdi. Parchada ironik mazmun ifodalashda yozuvchi luqmadan foydalangan. Luqma sintaktik vosita orqali ifodalangan. “Nodir bilan Nilufarga o‘xshab bir-birlari uchun jonini bersa, unda boshqa gap” jumlasida Nodir va Nilufarning muhabbatiga ishora qilingan. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling