O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245


Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/120
Sana03.11.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1743798
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   120
Bog'liq
12-88-PB

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Pragmatika 
atamasi, dastlab, tilshunoslik faniga XX asrning 30-yillarida 
mashhur nazariyotchi Ch.Morris tomonidan kiritilgan. U 
pragmatikani semiotikaning tarkibiy qismlaridan biri deb 
ta’kidlaydi[4:2001]. Haqiqatan ham, o‘tgan asr boshlariga 
kelib pragmatika sohasiga alohida e’tibor qaratila boshlandi. 
Unga qadar semiotika va sintaktika diqqat markazida bo‘lgan. 
Gap semantikasini aniqlashda so‘zlarning obyektiv borliqqa 
munosabatini aniqlash bilangina cheklanilardi. Keyinchalik
so‘zlarning nutq jarayonida ma’no ifodalash jihatlariga ham 
e’tibor bilan qarala boshlandi. Natijada zamonaviy 
tilshunoslikda yangi bir soha shakllandi, ya’ni pragmatik 
yo‘nalish yuzaga keldi. Pragmatika tilshunoslikning yangi bir 
nazariy va amaliy tarmog‘i sifatida insonning ijtimoiy 
faoliyatini o‘zida mujassamlashtirgan nutqiy jarayon, nutqiy 
O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/4/1]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/ 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/4/1 2023 
- 289 -
vaziyat ta’siri bilan namoyon qiluvchi nutq ishtirokchilariga 
xos kommunikativ niyat bilan aloqador masalalarni o‘rganadi” 
[2]. Pragmatika tilshunoslikda yangi nazariy va amaliy soha 
bo‘lgani bois xilma-xil ta’riflar bilan izohlashga urinilishlar 
mavjud, lekin shunisi e’tiborliki, ta’riflarning har biri mazkur 
sohaning qaysidir xususiyatini aks ettirishi bilan ham 
ahamiyatlidir. O‘zbek tillshunosligida pragmalingvistika 
fanining rivojiga katta hissa qo‘shgan olimlarimizdan 
Sh.Safarov 
ham 
o‘z 
izlanishlari 
natijasi 
o‘laroq 
pragmatikaning mazmun-mohiyatini keng aspektda yoritib 
bera olgan. Olim ta’kidlagan jihat muloqot jarayonida lisoniy 
birliklarning so‘zlovchi tomonidan fikrlariga va hislariga 
mosini tanlab olish va tanlab olingan til birliklarini qo‘llashda 
tinglovchiga ta’sir etishini nazarda tutishdan iboratdir. 
Badiiy matn har qanday nobadiiy matndan farqli 
o‘laroq alohida vazifani – kommunikativ vazifa bilan 
murakkab o‘zaro aloqadorlikda namoyon bo‘luvchi va 
matnning o‘ziga xos qurilishida hal qiluvchi omil 
hisoblanuvchi estetik vazifani bajaradi. 
Ironiya – badiiy asarlardagi uslubiy vosita – ikki 
ma’noda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan so‘z yoki gaplarni 
qo‘llash bilan ularning asosiy ma’noga teskari, hatto uni inkor 
etuvchi ma’nosi orqali kinoya, qochiriq, piching, kesatiq, 
mazax ma’nolarini ifodalash[3]. 
Adabiyotshunoslik lug‘atida ironiyaga shunday ta’rif 
beriladi: “Ironiya yunoncha “eironeia” so‘zidan olingan bo‘lib, 
aynan, o‘zini go‘llikka solish degan ma’nolarni bildiradi”[4]. 
Ironiya estetikaning kategoriyasi bo‘lib, qadimgi 
notiqlik an’analaridan kelib chiqadi. Bu XIX asrning so‘nggi 
choragidan beri alohida rivojlanib keladi. Ironiyada 
so‘zlovchi voqeani jiddiy bayon qilganday bo‘ladi, ammo til 
vositalarini ko‘chma ma’noda qo‘llab, biron shaxs yoki 
voqelik ustidan kesatiq bilan kuladi. Boshqacha qilib 
aytganda, so‘zlovchi nutqining zaminida haqiqiy ma’noga 
zidlanuvchi asosiy maqsad – kulgi yoki kinoya ma’nosi 
yashiringan bo‘ladi. . Ironiya subyektning bilib bilmaslikka 
olishga asoslangan nuqtayi nazarini bildiradi. Bu borada faqat 
E.Ibragimovaning tadqiqoti hozircha yagona bo‘lib turibdi[5].
Ko‘p 
tilshunoslar, 
masalan, 
R.Qo‘ng‘urov, 
E.Begmatov, Y.Tojiyev, H.Homidiy, A.Hojiyev ironiyaga 
deyarli bir xil ta’rif beradilar. Ular fikricha ironiya o‘z 
ma’nosiga qarama-qarshi ma’noda ishlatilishi natijasida hosil 
bo‘ladi.[6.2001] 
Keltirilgan fikrlarni birlashtirgan holda, shuni aytish 
mumkinki, pragmatika tilshunoslikdagi yangi soha bo‘lish 
bilan birga o‘ziga xos murakkab tarmoq hamdir. Lisoniy 
birliklarning semantikasi bilan birga ulardan muloqot 
jarayonida foydalanish ko‘nikmasini ham shakllantirgan 
bo‘lishi kerak. Bular o‘z navbatida insonning milliy 
qadriyatlari va ma’naviyati bilan chambarchas bog‘liq. 
Demak, tildan foydalanish mahorati inson bilan birga tug‘iladi 
va an’ana-qadriyatlar, ijtimoiy munosabatlar ta’sirida 
shakllanib boradi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling