ULUG‘BEK HAMDAM ROMANLARIDA BOSH QAHRAMON TASVIRI
Annotatsiya
Ulug‘bek Hamdam romanlarida o‘zbek adabiyotida an’anaviylik bilan yangi badiiy-estetik tafakkurni qorishiq holatda tasvirlash
mumkinligi ko‘rishimiz mumkin. Yozuvchi ifodalagan obrazlarning barchasida bugungi kun kishisining qalb kechinmalari,
ruhiyati nozik qirralarda ifoda etilgan. Yozuvchining “Muvozanat”, “Sabo va Samandar”, “Isyon va itoat”, “Ota” romanlarida
ijodkorning uslubi, xarakter yaratish mahorati, bosh qahramonlar tasviri, obrazlarning o‘zgacha talqinda berilishi bilan diqqatga
sazovordir. Ijodkor yaratgan qahramonlarning barchasi tiriklikning mohiyati, ruh halovatini, har ikki dunyo mantig‘ini anglashga,
uni mushohada qilishga intilishlari bilan ajralib turadi. Xususan, ijodkor bosh obrazlar ismlariga ham alohida e’tibor qaratadi,
hatto ularning ismlari ham ramziylikka yo‘g‘rilgan bo‘lib, ijodkorning badiiy g‘oyasini ifodalashga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: Kompozitsiya, ramz, badiiy estetik ideal, roman, talqin, uslub, mantiqiy izchillik, voqelik, xarakter, obraz.
Kirish. Ulug‘bek Hamdam romanlari talqinida inson
shaxsi, uning qalb olamini yangicha kashf etish, ramziy tasvir
vositalaridan mohirona foydalanish ustuvordir. Bu jarayon
ifodasida, asosan, ramzlar, majoziy tafakkur, so‘z
ma’nolarining tovlanishlari alohida ma’no kasb etadi. Buni,
ayniqsa, ijodkorning “Muvozanat”, “Sabo va Samandar”,
“Isyon va itoat”, “Ota” romanlari misolida ko‘rishimiz
mumkin.
Xususan,
Professor
Dilmurod
Quronov
yozuvchining “Sabo va Samandar” romaniga munosabat
bildirib o‘tadi: “Lirik-romatik yondashuv bilan ramziy-
majoziylikning uyg‘unlashuvi kuzatiladi. Bu haqida adibning
o‘zi “Muvozanat” va “Isyon va itoat”, romanlarining
obrazlari haqida gapirar ekan, ularni do‘stlari mahalladoshlari,
qarindoshlari orasidan tanlaganini ta’kidlaydi [1]. Shundan
ma’lum bo‘ladiki, “Sabo va Samandar”, “Muvozanat”, “Isyon
va itoat” dagi obrazlar yozuvchiga begona emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |