O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- INGLIZ TILIDAGI RELYEFONIMLARNING SEMANTIK TUZILISHI
- Kalit so‘zlar
- Key words
- Ключевые слова
UDK:811.8 Bekzod FARMONOV, Toshkent amaliy fanlar universiteti dotsenti v.b., f.f.f.d, PhD E-mail:b2dna1517@gmail.com O‘zMU dotsenti I.O‘sarov taqrizi asosida INGLIZ TILIDAGI RELYEFONIMLARNING SEMANTIK TUZILISHI Annotatsiya Ushbu maqolada ingliz tilidagi relyefonimlar orasida umumiste’mol so‘z bo‘lish bilan birga geografik termin bo‘ladigan leksemalar anchani tashkil etadi. Ingliz tilidagi relyefonimlarning integral va differensial semalari aniqlanib, ularni tepalik, tekislik va pastlik semalarini anglatuvchi guruhlarga ajratilgan. Kalit so‘zlar: Daryo, ko‘l, botqoq, tog‘, balandlik, earth, mountain, desert. SEMANTIC STRUCTURE OF RELIEF PHONEMES IN ENGLISH Annotation In this article, among relief phonemes in the English language, there are a lot of lexemes, which are both common words and geographical terms. Integral and differential patterns of relief names in the English language are determined and divided into groups representing hill, plain and lowland patterns. Key words: River, lake, swamp, mountain, height, earth, mountain, desert СЕМАНТИЧЕСКАЯ СТРУКТУРА РЕЛЬЕФНЫХ ФОНЕМ В АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКЕ Аннотация В данной статье среди рельефных фонем английского языка очень много лексем, являющихся как общеупотребительными словами, так и географическими терминами. Выявлены интегральные и дифференциальные модели названий рельефа в английском языке, которые разделены на группы, представляющие модели холмов, равнин и низменностей. Ключевые слова: Река, озеро, болото, гора, высота, земля, гора, пустыня. Kirish. Zamonaviy dunyoni geografik nomlar, atamalar va relyefonimlarsiz tasavvur qilish qiyin. Jahon tilshunosligida, shu jumladan rus tilshunosligida ham semema hamda unga bog‘liq lingvistik masalalar xususida qator ilmiy- tadqiqot ishlari amalga oshirilgan[1]. O‘zbek tilshunosligida Sh.Bobojonov semema, uning nutqiy voqelanishi va izohli lug‘atdagi talqinini monografik planda tadqiq etgan[2]. Masalaning o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi haqida Sh.Bobojonov shunday deydi: “... ularda ham semema mohiyati to‘la oydinlashtirilmagan: uning nutqiy ma’noga dialektik munosabati, bir umumiylikka birlashuvchi birdan ortiq sememaning o‘zaro aloqadorligi, ya’ni hosila sememalardagi semik siljishlar masalasi yechilmasdan qolmoqda. Shuningdek, lingvistik lug‘atlarda ham semema atamasining alohida leksikografik definitsiyasiga ega emasligi, uning leksik ma’no bilan aynan tenglashtirilishi[3] masalani murakkablashtiradi va u lug‘aviy ma’no bilan ma’nodoshlik munosabatida, degan tasavvur uyg‘onishiga sabab bo‘ladi. Ammo barcha til hodisalarida bo‘lgani kabi, lug‘aviy birliklar semantikasida ham lisoniy va nutqiy birliklarni farqlash zaruriyati lison va nutq aloqadorligining uzluksizligi va izchilligini ta’minlovchi omillardan biri bo‘lgan nutqiy hodisalarning lisoniylashuvi jarayonini aniqlash bilan bog‘liqdir”. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling