O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/120
Sana03.11.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1743798
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   120
Bog'liq
12-88-PB

O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/4/1 2023 
- 298 -
oxirigacha bajarish kabi sifatlarni saqlashi kerakligiga ishora 
qilinadi va shu orqali o‘g‘il bola obrazi shakllantiriladi. 
Yuqoridagi misralarda tilga olingan anor bu o‘zbek 
madaniyatida hukmronlik, kuch-qudrat, mehr va sadoqat 
ramzi [1] bo‘lganligi uchun anor suvini ichish o‘g‘il bolaga 
xos odatlarga ishoradir. Shuni aytish kerakki, boshliq yoki 
xukmdor bo‘lish, kuch-qudrat egasi bo‘lish turkiy halqlarda 
erkaklarga xos xarakter sanaladi. Masalan, turkiy xalqlar 
sultoni bo‘lgan Sulton Murod davrida venger malikasi 
amakisiga qarshi o‘zi jang qilish niyatida Sulton Muroddan 
ko‘mak so‘rab, jang uchun askar so‘raganida Sulton Murod 
o‘z askarlari ayol kishining buyruqlarini bajarmasligini aytadi 
[2]. Ko‘rinadiki, turkiy halqlarda o‘g‘il bola hukmdorlik 
belgisi bo‘lishi bilan birga, unda o‘g‘il bolalarga xos shijoat, 
mardlik, jasurlik, ayolga bo‘ysunmaslik kabi xislatlar bo‘lishi 
shart. Ayniqsa, o‘zbek halqida ayol kishiga xoslangan 
pazandachilik, farzand parvarishi, uy yumushlarini bajarish 
kabilarni qilish erkak kishiga tegishli ish sanalmaydi. Erkak 
kishini oila uchun yetarli yemish topish, muhtojlarga yordam 
berish, 
halqqa 
foydasi 
tegadigan 
ishlarni 
qilishga, 
xukmronlikka yo‘naltirish orqali haqiqiy erkak obrazi 
shakllantiriladi va tarbiyalanadi. Ko‘p gapirmang, ish qiling
erkakcha bo‘lsin bola, yigit pirim qo‘llasin, doimo o‘g‘il bola! 
(Qo‘shiqdan). Ushbu misralarda tilga olingan yigit pirim 
jumlasi yigitlarga xoslangan. O‘zbek halqida ushbu so‘zni 
qo‘llash muqaddas avliyolar ruhidan ko‘mak so‘rash va uni 
kelajakda halqqa foydasi tegadigan yigit bo‘lib yetishishni 
nazarda tutadi. “Yigit pirim” jumlasi halqni suv balosi, turli 
toshqinli ofatlardan saqlovchi, sug‘orish inshootlari, suv 
havzalari, savdo yo‘llarini kesib o‘tuvchi chorrahalar, tog‘ 
dovonlarida yuzaga keluvchi xavf-xatarlarda insonlarni 
madadkori sifatidagi avliyo erkak kishi timsolini yaratgan [3]. 
Rivoyatlarga ko‘ra, o‘zbek halqida kuchli jala, sel-toshqin 
oqibatida soylarning toshishi, halokat yuz berishi vaqtida yigit 
pirimning yordami haqida afsonalarga ko‘ra yigit pirim 
pahlavonlarning pahlavoni bo‘lgan, gavdasi juda kattaligidan 
ikki daryodan bir biriga suv olib qo‘sha olgan. Bu yigitning 
halqqa foydasi suv toshqini, jala vaqtida cho‘kkan kishilarni 
suv toshqinidan qutqarib qolganligidir. Shu sababli ham yigit 
pirim halqning madadkori, suv kultiga oid avliyo ramzi 
sifatida tarixda qolgan. Shu sababli ham soylar yaqiniga 
yigitpirimga atalgan muqaddas joylarning tashkil qilinishi va 
bu joylarda diniy marosimlar o‘tkazilishi hozirda ham saqlanib 
qolgan. Masalan, Kosonsoy yoqasidagi qo‘hna qadamjo 
bo‘lgan yigit pirim ziyoratgohiga har yili ziyoratgohchilar 
borishadi. Shuni aytish kerakki, o‘zbek halqi qadimdan elu-
yurtga ofat kelsa, Allohga najot istab, aytgan iltijolarini aynan 
valiy zotlar orqali yetkaza olishlariga qattiq ishonganlar, 
shuning uchun ham ziyoratgohlar najotbahsh go‘sha sifatida 
halq tafakkurida aks etadi [3].

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling