O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA 1/4/1 2023 - 299 - poklik, ahloqiy kamolot kabilarni targ‘ib qiladi. O‘zbekona andisha, bag‘rikenglik, beg‘araz ko‘mak, dasturxon atrofida o‘tirish, boylikka munosabat, vazminlik, va’daga vafo, dasturxon tuzash, dilni og‘ritmaslik, do‘stlik, jasorat, zararli odatlardan saqlanish, izzat-nafs, insoflilik, insoniylik, insonning ma’naviy boyligi, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, iltifot, ichimlik ichish odobi, iftixor, iffatlilik, ishonch, kamtarlik, muomala odobi, kiyinish odobi, qarash odobi, ko‘chada o‘zini tutish odobi, tabiatga muhabbat odobi, ota- onani hurmat qilish odobi, qiz bolaning odobi, oilaviy hayot odobi, ochiqqo‘llik, mardlik, mehnat qilish, oila qurish, matonat, o‘zini tuta bilish, mehribonlik, muruvvat, mezbon bo‘lish, mehmondo‘stlik, maishatparast bo‘lmaslik, suhbatlashish odobi kabilar keksalar tomonidan pand-nasihat nutqiy janri shaklida o‘zbekona tarbiyani yuksaltiradi. Shuni aytish kerakki, salbiy ahloqiy me’yorlarga ablahlik, adovat, arazlash, baxillik, bachkanalik, battollik, beburdlik, bezorilik, beg‘amlik, beparvolik, beodoblik, bemehrlik, buzuqlik, bekorchilik, bo‘hton, dimog‘dorlik, dilozorlik, johillik, ikkiyuzlamachilik, ifloslik, ko‘rolmaslik, xasad qilish, laganbardorlik, laqmalik, loqaydlik, lo‘ttibozlik, muttahamlik, mansabparastlik, manmanlik, munofiqlik, nafrat, nodonlik, oliftagarchilik, oqpadar, g‘arazgo‘ylik, g‘ayriahloqiylik, g‘alamislik, g‘iybat, yomon xulq, yolg‘onchilik, yuzsizlik kabilar kiradi. Shuni aytish kerakki, individualizm o‘zbek madaniy xulqida salbiy ahloqiy me’yorlar qatoriga qo‘yiladi va shaxsning cheksiz mutlaq xuquqlarinigina tan olishi, alohida shaxsning manfaatlarini jamoa manfaatlaridan yuqori bilishi o‘zbek ijobiy ahloqiy me’yorlariga kirmasligi bilan xarakterlanadi[4, 5]. Individualizm va egoizm (o‘z foydasi va manfaatini ko‘zlovchi hatti-harakat, o‘z manfaatlarini boshqa kishilar manfaatidan ustun qo‘yishi) tushunchalari kollektivizmga asoslangan jamiyatda qoralanadi, mazmunida kollektivlikka yo‘naltiriluvchi maqol janrining kundalik maishiy hayotda amalda qo‘llanilishi fikrimizni tasdiqlaydi. Masalan, ayrilmagin elingdan, quvvat ketar belingdan, ayrilganni ayiq yer, bo‘linganni bo‘ri yer, baraka ko‘pchilikda, bir kishi ming kishi uchun, ming kishi bir kishi uchun, bir qarg‘a bilan qish kelmas, birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar, xalq qarg‘asa, xor bo‘lasan, xalq qo‘llasa, bor bo‘lasan, el bolasi bo‘lolmagan el og‘asi bo‘lolmas, elga qilma xiyonat, turolmassan salomat, hashar bormasam ham bitar, ingranib kunim o‘tar, hashar elga yarashar, xashar qildim, uy qurdim, unda hikmat ko‘p ko‘rdim kabi. Shuni aytish kerakki, o‘zbek halqida kollektivlik asosida tashkil qilinadigan hashar ijtimoiy birlikning kelib chiqishi turkiy halqlar tarixi bilan bog‘lanadi. Hashar bu xalq orasida udumga aylangan ijtimoiy hamkorlik va beg‘araz yordam[6], tozalik, orastalik, obodonlashtirish, ko‘mak, bunyodkorlik, mehr-oqibat, ishonch, do‘stlik rishtalarini mustahkamlovchi qadriyatdir. Bu qadriyat o‘zbek halqining kollektiv jamiyat ekanligini tasdiqlovchi faktlardan biridir. Hashar nutqiy janrining lingvistik xususiyatlari ham o‘ziga xos bo‘lib, “Hamma xasharga. Bugun hashar, falon joyda xashar qilamiz, qani boshladik, duo beringlar” kabi gaplar hashar nutqiy janri matniga oid so‘zlar va gaplardir. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling