O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/120
Sana03.11.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1743798
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   120
Bog'liq
12-88-PB

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Qishloq xo‘jaligi 
terminlari ikkala tilda ham keng ko‘lamli muvofiqlikka ega. 
Qishloq xo‘jaligi terminlari insonni o‘rab turgan voqelik 
nominasiyasining ajralmas qismi sifatida eng qadimiy va 
rivojlangan leksik qatlamlardan biridir. Ular inson 
yashashining tabiiy-geografik muhitini aks ettiradi. Qishloq 
xo‘jaligi terminlarining moddiy tarkibi unda faoliyat 
yurituvchi turli atamalarning o‘ziga xosligi bilan tavsiflanadi, 
ular agronomiya sohasi, floro-faunistik soha (o‘simlikchilik, 
dehqonchilik, chorvachilik, tuproqshunoslik va boshqalar) [1] 
kabi yigirmadan ortiq asosiy terminologik guruhlarni qamrab 
oladi. Asosan terminlar maxsus lug‘atlarda va sohaga oid 
matnlarda ifodalanadi. L. Hofmann sohaga tegishli matnlarni 
quyidagicha ta’riflaydi: “Muayyan ijtimoiy ishlab chiqarish 
bilan bog‘liq holda bajariladigan kommunikativ til faoliyat 
vositasi va natijasi hisoblanib, u murakkab mulohazalar va 
ob’yektiv voqiylikdagi faktlarga mos keladigan mantiqiy, 
semantik va sintaktik jihatdan izchil tuzilgan gaplar yoki 
cheklangan gaplarning tartibli to‘plamidan iborat” [7]. 
Shuningdek soha matnlarida so‘zlar grammatik va leksik 
vositalar yordamida bir biri bilan bog‘langan, mantiqan 
ma’noga ega bo‘lgan, aniq faktga yo‘naltirilgan va yangi 
ma’lumotlar jamlangan bo‘lishi kerak. 
Yangi terminlar biror bir soha mutaxassislari va 
olimlar tomonidan yaratiladi. Odatda bu terminlar tabiiy tilda 
mavjud bo‘lgan vositalar derivatsiya, kompozita, konversiya 
va qisqartma yo‘li yordamida yasaladi [14]. So‘zning qaysi 
kategoriyaga tegishli ekanligini aniqlash oson emas. 
Ommabop ishlatiladigan lug‘atlarda va maxsus lug‘atlarda 
so‘z chegarasini har doim ham aniqlab bo‘lmaydi [9].
O‘zbek tili leksikasini iste’mol doirasiga ko‘ra 
A.Hojiyev va A.Ahmedovlar ikki qatlamga ajratadilar [13]:
Qo‘llanish 
doirasi 
chegaralanmagan, 
umumiste’moldagi leksika. 
Ma’lum doiradagina qo‘llaniladigan, iste’mol doirasi 
chegaralangan leksika. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling