O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
Tahlil va natijalar. Nutqiy janrlarda diniy e’tiqod
omili haqida gap borganda, diniy e’tiqod turli halqlarda turli shakllarda namoyon bo‘luvchi ijtimoiy hodisadir. Masalan, o‘zbek xalqi islom diniga e’tiqod qiladi. Shu sababli ham ularning hayoti va yashash tarzlarida diniy tarbiya ustunlik qiladi. Buni oddiygina har bir ishda va turli vaziyatlarda Xudodan madad so‘rash akti bilan bog‘liq nutqiy janrlarda ko‘rish mumkin. Masalan, har bir ishni boshlashda, ovqatlanishdan oldin kabi vaziyatlarda bismillahir rohmanir rohiym jumlasining aytilishi. Ushbu jumla duo nutqiy janriga tegishli bo‘lib, u asosan, gaplarning boshlanishida ishlatiladi. Ushbu nutqiy janr bevosita diniy e’tiqod omiliga ega nutqiy janrdir. Diniy e’tiqod omillarining ayol nutqiga xosligi alla nutqiy janrida yorqin namoyon bo‘ladi. Alla nutqiy janri o‘z mohiyatiga ko‘ra maishiy hayotda o‘z farzandini uxlatish jarayonida aytiladigan ona qo‘shig‘i hisoblaniladi. O‘zbek ayolining farzand ko‘rishi, unga o‘zi alla aytishi o‘zbek ayoli hayotining mazmuni sanaladi. Uning farzandi ayolning hayot mazmuni sifatida tafakkur qilinar ekan, alla nutqiy janri orqali ona kelajakdagi o‘z orzu umidlarini farzandi taqdiriga bog‘laydi, bergan oq sutini ilohiylashtirib, farzandining porloq kelajagini magik ravishda Ollohga yo‘naltiradi va buni qo‘shiqqa ko‘chiradi. O‘sib ulg‘ayib, jamiyatda o‘z o‘rnini topishini, yaxshi inson bo‘lishini Xudodan tilab iltijo qiladi va shu orqali o‘zbek ayolining “ona” obrazi yaratiladi. Til tizimidagi e’tiqod omilining yana bir o‘ziga xosligi shundaki, e’tiqod omilining ayrim unsurlari bevosita jamiyatda individualizm va kollektivizm shaklini aniqlashtiruvchi omillardandir. E’tibor qaratsak, ijtimoiy jamiyatda individualizm va kollektivizm vakillari bevosita o‘z qarashlari va til shakllarini tanlash nuqtai nazaridan farqlanadi. Ijtimoiy individualizm jamiyatida hech kim, hech kimga, xech narsada majbur emas metaforik iborasiga amal qilinadi va individualizm vakillari absolyut iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, intellektual va madaniy liberal erkinlik g‘oyalari bilan harakatlanadilar. Ilmiy adabiyotlarda liberallashgan jamiyat bu individual kishilar jamiyati bo‘lib, erkin raqobat kurashi rejimiga amal qiladi, hayot raqobatiga individni iqtisodiy va intellektual tarbiyalash, mustaqil ijodiy shaxsni yetkazib berish bilan shug‘ullanishlari qayd etiladi. Bunda individlar ijtimoiy-madaniy jihatdan tenglashtiriladi. Kollektiv jamiyatidagidek o‘zaro yordam va do‘stlik munosabatlari chuqurlashmaydi. “Mening foydam qani”, “Bu mening muammoim emas” qabilidagi metaforik iboralar amalda bo‘ladi. Ijtimoiy kollektivizmda esa ijtimoiy jamiyat xukmronligi seziladi. Bunda kishilarning diniy, siyosiy, iqtisodiy tomonlari umumiylik kasb etib, ijtimoiy jihatdan tizimlashtiriladi. Birgina misol qilib shuni aytish mumkinki, kollektivizm jamiyatida, hatto, kishining bolaligidan tortib keksaligigacha, ta’limdan tortib tarbiyasigacha jamiyatning aralashuvi kuzatiladi. Masalan, o‘zbek halqida bir bolaga yetti mahalla ota-ona naqlining mavjudligi va amalda qo‘llanilishi kollektivizm jamiyatiga xoslangan maqoldir. Bunga ko‘ra qo‘ni-qo‘shni, qarindosh urug‘larning ham mahalla bolasini tarbiyalashlariga imkon beriladi. Bundan ko‘zlangan maqsad bolani salbiy ahloqlardan saqlashga, mahallaning yoshlar tarbiyasiga loqayd bo‘lmaslikka chaqirishdir. Buning zaminida kollektiv jamiyatda tinch va osuda hayotni asrab- avaylash, xotirjamlikni qadrlashdek ulug‘ maqsad-muddaolar yotadi. Toshkent imom hatibi bu borada shunday deydi: yoshlar tarbiyasida befarq va loqayd bo‘lishga hech kimning haqqi yo‘q. Har bir farzand kimningdir ko‘z qorachig‘i. U agar adashsa, nafaqat ota-ona, mahalla, balki biz ham aybdormiz. Bolalarimizning ongu tafakkurida bo‘shliq paydo bo‘lmasligi uchun ular bilan muntazam muloqot qilib turish ayni muddaodir. Zero, “O‘z bolangni o‘zing asra!” degan g‘oya qalbimiz, fikru zikrimizga o‘rnashsa, jamiyat va kelajak oldidagi burchimizni bajargan bo‘lamiz[5]. Yoshlar tarbiyasi kishilarning jamiyat va kelajak oldidagi burchini bajarish deb qabul qilinadi. Ijtimoiy kollektivizmda ijtimoiy hayot o‘ziga xos shakllanar ekan, bunda ijtimoiy etika, ijtimoiy me’yor, ijtimoiy qoidalar, ijtimoiy ta’lim – tarbiya, ijtimoiy ahloq, ijtimoiy adolat, ijtimoiy qadriyat, ijtimoiy man’yera (fe’l atvor, xulq atvori) jamiyat kishilariga moslashtirilib, muayyan tizimga solinadi. Ijtimoiy kollektivizmda ahloqning asosiy me’yorlari jamiyat tomonidan e’tiqod omillari asosida belgilanadi. Masalan, o‘zbek madaniyatida ahloq o‘z ijtimoiy (siyosiy, xuquqiy, badiiy, diniy kabi) me’yorlariga ko‘ra ijobiy ahloqiy va salbiy ahloqiy me’yorlarga ajratiladi[4]. O‘zbek odob ahloq qoidalari, ko‘proq, diniy e’tiqod xarakterida maqol, matal, masal, naql kabi maishiy va diniy nutqiy janrlarida o‘z aksini topadi. Ahloqning ijobiy me’yorlari sifatida kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda maqoli akani, opani, umuman kattalarni hurmat qilishni, aql yoshdamas, boshda maqoli esa aqlli bo‘lishni, bola aziz, odobi undan aziz, osmon oftobi bilan, inson odobi bilan go‘zal maqollari ahloqiy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling