O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/4/1 2023
O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/4/1] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/ Social sciences O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/4/1 2023 - 295 - 2) aniq relyefonimlar atrof-muhitning ba’zi cheklangan elementlari, landshaft turlarini tavsiflaydi[11]. “Important Geography Terms for High School Students” glossariysida ingliz tilidagi geografik atamalar sifatida quyidagilar keltiriladi: absolute location, aquifer, archipelago, atoll, biosphere, caldera, cartogram, cartography, census, climate, continental drift, continental shelf, contour map, culture, cultural geography, demography, density, desert, diffusion, ecology, epicenter, equator, equinox, erosion, estuary, fault, fauna, first world, fjord, floodplain, flora, geography, geologic time, geology, glacier, global positioning system (GPS), global warming, globe, hemisphere, humidity, hurricane, hydrologic cycle, hydrosphere, jet stream, lagoon, latitude, lava, lingua franca, lithosphere, longitude, magma, lava, map, map projection, map scale, megalopolis, meridian, mesa, meteorology, monsoon, morphology[12]. Ko‘rinib turibdiki, ushbu so‘zlar sof terminologik xarakter kasb etadi. Bizning asosiy maqsadimiz ingliz tili umumiste’mol leksikasi orasidan relyefonimlarni ajratish, ularning semantik strukturasini aniqlashdan iborat. Demak, relyefonimlarni ajratishda terminologik lug‘atlar emas, balki umumiy lingvistik qomuslar hamda izohli lug‘atga murojaat qilish maqsadga muvofiq. Dastlab, ingliz tili lisoniy olamida relyef tushunchasini aniqlab olish joiz bo‘ladi. Ingliz tilida reliefs, lay so‘zlari bilan ifodalanadi hamda lug‘atlarda quyidagicha tavsiflanadi: “Reliefs – the elevations or inequalities of a land surface”[13]. “Lay – the general appearance of an area, including the direction of streams, hills, and similar features”[14]. Manbalarda geografik joylarni atovchi til birliklari quyidagicha tasniflanadi[15]: Aholi punktlari: area (viloyat), country (mamlakat), capital (poytaxt), city (shahar), district (tuman), state (shtat), town (kichik shahar), village (qishloq). Geografik nuqtalar: cape (g‘or), cliff (tik qoya), hill (qoya), mountain (tog‘), pass (dara), peak (cho‘qqi), plain (tekislik), plateau (plato), valley (vodiy), volcano (vulqon). Tabiat zonalari: desert (cho‘l), forest (o‘rmon), highland (tog‘li hudud), jungle (jungli), oasis (oazis), swamp (botqoq), tropics (tropik), tundra (tundra). Suv havzalari: gulf ( ko‘rfaz, qo‘ltiq), ocean (okean), sea (dengiz), lake (ko‘l), river ( daryo), spring (buloq), stream (jilg‘a). Boshqa bir manbada esa relyef nomlarni ifodalovni so‘zlar ro‘yxati quyidagicha beriladi[16]: bay (buxta), beach (sohil), cave (g‘or), creek (jilg‘a), desert (sahro), earth (yer), forest (o‘rmon), hill (qoya), island (orol), lake (ko‘l), mountain (tog‘), ocean (okean), peak (cho‘qqi), plain (tekislik), pond (ko‘l), river (daryo), riverbed (daryo bo‘yi), sea (dengiz), stream (oqim), swamp (botqoq), valley (vodiy), waterfall (sharshara), woods (o‘rmon). Birinchi manbada geografik nomlarini ifodalovchi til birliklari taqdim etilsa, ikkinchi manbada geografik joyni ifodalovchi umumiste’mol so‘zlar ro‘yxati keltiriladi. SH.Bobojonov ta’kidlaganidek, semema nutqiy ma’nolarda, nutqiy qo‘llanishlarda o‘z zarralarini namoyon qilar ekan, bir vaqtning o‘zida nutqiy ma’nolar ham rang- barang mohiyatlarning zarralarini o‘zida mujassamlashtiradi. Bevosita kuzatishda berilgan mana shu tajassumdagi belgi- xususiyatlarning tarkibi va ular orasidagi muayyan bog‘lanishlar nutqiy ma’noning beqarorligini ta’minlaydi. Biroq nutqiy voqelanishdagi asosiy hissaning qaysi umumiylik, mohiyat zuhuroti ekanligiga qarab u haqda xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi”[17]. I.Islomov o‘zbek tilidagi relyefonimlarni tadqiq etar ekan, relyefonimlar va geografik terminlar orasidagi munosabatni shunday baholaydi: “O‘zbek tili leksikasining tarkibiy qismi bo‘lgan relyefonimlarning terminologik va umumiste’mol qirralarini ajratish ularning lisoniy qiymatini muayyanlashtirishda muhim o‘rin tutadi. Borliq hodisalari ko‘p qirrali mohiyatga ega bo‘lganligi bois olamning lisoniy manzarasi va ilmiy terminologiya o‘rtasidagi o‘zaro munosabat dialektik qarama-qarshiliklar birligi qonuniyati asosida namoyon bo‘ladi. Bu tadqiq predmetini “borliq-lison” omili asosida kuzatish jarayonida yaqqol yuzaga chiqadi. Ta’kidlanganidek, tadqiq predmeti bo‘lgan o‘zbek tili relyefonimlari sistemasi birliklariga ham atamaviy, onomastik, dialektal va badiiy qo‘llanishlar xos bo‘lib, bu qo‘llanishlarning har birida relyefonimlar o‘ziga xos qirrasini namoyon qiladi”[18]. Bu borada I.Islomovning fikrini qo‘llab- quvvatlaymiz. I.Islomov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, o‘zbek geografik atamalari tizimida o‘zbek tilining ichki imkoniyatlari negizida hosil qilinganlari miqdori ancha. Bu borada, ayniqsa, yer yuzasi ko‘rinishlari bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi atamalar alohida e’tirof etilishi lozim. Xususan, geografik tushunchalarni ifodalaydigan o‘zbek tili atamalari ham umumiste’mol so‘zlari ma’nosining ixtisoslashtirilishi natijasida yuzaga kelgan, deyishga asos bor. Masalan, o‘zbek jamiyatida tog‘ leksemasi umumiste’mol so‘zi sifatida qo‘llanishda bo‘lib, til taraqqiyotining keyingi bosqichlarida ma’nosi ixtisoslashtirilishi natijasida geografik atama maqomini olgan[19]. Ingliz tilidagi relyefonimlar orasida umumiste’mol so‘z bo‘lish bilan birga geografik termin bo‘ladigan leksemalar ancha. Buni yuqorida keltirilgan misollardan ham kuzatish mumkin. Masalan, cape (g‘or), cliff (tik qoya), hill (qoya), mountain (tog‘), pass (dara), peak (cho‘qqi), plain (tekislik), plateau (plato), valley (vodiy), volcano (vulqon) kabi birliklar ingliz tili izohli lug‘atlarida umumiste’mol leksika sifatida keltirilsa, ayrim manbalarda geografik sifatida izohlanadi[20]. Demak, ishning keyingi faslida ingliz tilidagi relyefonimlarning izohli lug‘atlarda izohlanishi hamda ularning sememalarini batafsil o‘rganamiz. Relyefonim va geografik termin orasidagi farqni I.Islomov quyidagi misol orqali izohlaydi: “Tepa relyefonimi va tepa geografik atamasi sifatidagi leksemaning o‘xshashligi ularning mazmuniy tomonida ham yaqqol yuzaga chiqadi. Har ikkala mavqedagi leksema sememasidagi o‘xshash sema “balandlik”dir. Ularni o‘zaro farqlashga asos bo‘lgan jihat esa, tepa relyefonimida “aniq chegaralanmaganlik” semasi bo‘lsa, tepa geografik leksemasida “200 m dan oshmaslik” differensial sema hisoblanadi. Kuzatuvdagi tepa leksemasining relyefonimik va atamaviy sememalari “balandlik” semasi bilan paradigmatik munosabat hosil qilib, “aniq chegaralanmaganlik” va “200 m dan oshmaslik” semalari asosida o‘zaro teng qiymatli ziddiyat hosil qiladi”[21]. I.Islomovning xulosasiga ko‘ra, umumiste’mol sememasi va u asos bo‘lgan atamaviy semema orasida ma’noviy bog‘liqlik bo‘lsa-da, geografik qo‘llanishdagi semema bilan umumiste’mol semema o‘zaro farqli jihatlarga ham ega. Umumiste’mol qatlamdagi relyefonim atamaviylik kasb etganda, uning semantik strukturasida “ixtisoslashish” natijasida torayish yuz bergan. Chunki, umumxalq tilidagi relyefni ifodalovchi leksema sememasi ixtisoslashib, sohaning muayyan tushunchasini aniq ifodalash uchungina xizmat qiladi. Demak, umumiste’mol qatlamdagi relyefonimning ma’noviy sistemasidagi keng ko‘lamli ma’nolari soha tushunchasini anglatish uchun qo‘llanishda bo‘lib qoldi, bu esa o‘z-o‘zidan leksemaning semantik strukturasida o‘zgarish ro‘y berganligidan dalolat beradi”[22]. Demak, ingliz tilidagi yuqorida sanab o‘tilgan geografik termin va relyefonimlar ro‘yxatida berilgan so‘zlar semalarida xuddi shunday farq mavjud. Ishning oldingi qismida keltirilgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, ingliz tilida relyef ko‘rinishlarini atab keluvchi birliklar, asosan, terminologik birlik sifatida o‘rganilgan. Biz ushbu tadqiqotda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling