O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. M.Mirtojiyev
ma’lum semantik maydonga mansub leksemalar sememasi umumiy bo‘lgan semani arxisema, o‘sha semantik maydonning kichik guruhi (maydonchalari)ga mansub leksema sememalari uchungina umumiy bo‘lgan semani integral sema deb talqin qiladi[4]. Integral sema haqidagi tushunchani ayrim tilshunoslar umumiy sema, mushtarak sema[5], birlashtiruvchi sema[6] nomi bilan qayd etadilar. H.Ne’matov va R.Rasulov o‘ziga xos birlashtiruvchi semalar, deb ikki va undan ortiq leksemalarni bir guruhga birlashtiruvchi, bir necha sememalar uchun umumiy sanaluvchi semalarga aytiladi, deb ta’rif bergan[7]. Demak, biz tadqiqotimizda relyef integral semali leksemalar ustida tadqiqot olib boramiz. Oldin aytilganidek, ingliz tilidagi relyefonimlarning semantik strukturasi bir qancha ishlarda maxsus tadqiq etilgan bo‘lsa ham ayrim ishlarda yo‘l-yo‘lakay baho berilgan. D.V. Ovchinnikovning “Leksika, nazivayushaya relyef mestnosti v russkom i nemetskom yazikax”[8], G.A.Kozlova, V.V.Denisovaning “Struktura i osobennosti geograficheskoy terminologii”[9] nomli maqolalarida turli tillarda relyefni atab keluvchi birliklarning semantik strukturasi haqida qisqacha ma’lumot keltirilgan. D.V.Ovchinnikov tadqiqot o‘tkazish uchun lug‘atlardan relyefni bildiruvchi 70 ta rus va 72 ta nemis tilida lingvistik birliklarni aniqlaydi hamda barcha leksik birliklarni quyidagi semantik guruhlarga bo‘ladi: tekislik, tepalik, chuqurlik. Shundan so‘ng ikki tildagi relyefonimlarni miqdoriy jihatdan tahlil qiladi. Zamonaviy dunyoni geografik nomlar va relyefonimlarsiz tasavvur qilish qiyin. Turli tillarda relyefonimlar ko‘pchilik toponimlarning asosini tashkil qiladi[10]. G.A.Kozlova, V.V.Denisova E.M.Murzayevning fikrini qo‘llab-quvvatlagan holda relyefonimlarni umumiy va xususiy toifalarga ajratishadi: 1) umumiy relyefonimlar landshaft, relyefning katta elementlari, gidrografiya, tuproq va boshqalarni bildiradi. Bunday relyefonimlar geografik hodisa va obyektlarni umumlashtiradi: daryo, ko‘l, botqoq, tog‘, tizma, balandlik (tayga, tundra, dasht, cho‘l). Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling