Dastlabki insonparvarlik g‘oyalari zardushtiylik dinining muqaddas kitobi


Download 220.99 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi220.99 Kb.
#1568751
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dastlabki


Dastlabki insonparvarlik g‘oyalari zardushtiylik dinining muqaddas kitobi 
bo‘lmish «Avesto»dan o‘rin olgan. Unda to‘rtta asosiy masalalar, ya’ni 
insonlarning jamiyatdagi ijtimoiy faolligi, inson huquqlarining ustuvorligi, xususiy 
mulk hamda insonlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi faol ishtirok etishi 
alohida ajratib ko‘rsatiladi.
Aynan «Avesto»da ilk jamoaviylikning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, 
insonlarning jamoa bo‘lib yashash tarzi, ular o‘rtasidagi munosabatlar, jamoa 
hayotiga bog‘liq masalalarni birgalikda hal etish, davlat va jamiyat o‘rtasidagi 
munosabatlar va boshqa shu kabi masalalar tartibga solingan. 
Xususan, unga ko‘ra nmana katta patriarxal oilani, bir necha nmanalarning 
birikuvi, urug‘ jamoasi ya’ni visni tashkil etgan. Muayyan hududdagi qo‘shni 
vislar birikuvidan varzana – hududiy qo‘shnichilik jamoasi, ularning uyushuvidan 

zanti – qabila yuzaga kelgan.
Qabilalarning o‘zaro birlashuvi esa daxiyuni, ya’ni qabilalar ittifoqini 
vujudga keltirgan. Buning isbotini bronza davrining yodgorligi bo‘lgan Sopollitepa 
qishlog‘i tarixida ko‘rish mumkin. Qishloq o‘troq dehqonchilik xo‘jaligi asosida 
tashkil topgan 8 ta katta oila jamoasi bo‘lib, ularni 8 ta oqsoqol boshqargan, ular 
birligidan Oqsoqollar Kengashi tuzilgan.
Ushbu tuzilma va uning tarkibi, «Avesto»da bayon etilgan davlatni 
boshqaruv tizimiga aynan mos keladi. Unda ilk jamoaviylikning paydo bo‘lishi va 
rivojlanish bosqichlarining qayd etilishi bilan bir qatorda, mazkur jamoa 
yetakchilari ma’lum bir vakolatlarga ham ega bo‘lganligini ham kuzatishimiz 
mumkin.
Jumladan, mazkur davrda ishlab chiqarish, jamoalarni boshqarish saylangan 
oqsoqollar qo‘lida bo‘lib, ular jamoa hayoti bilan bog‘liq barcha ishlarni 

Oqsoqollar Kengashi orqali hal etishgan.
1
Изоҳ: Маҳалла тарихига оид ушбу маълумотлар соҳада илмий ва амалий тадқиқотлар олиб бораётган 

олимларнинг фикр-мулоҳазалари асосида тайёрланган. 

Oqsoqollar Kengashining mahalliy ahamiyatga molik ishlarni bajarishdagi 
vakolatlari g‘oyatda keng bo‘lib, uni qo‘lida jamoaning kundalik ishidagi xo‘jalik 
muammolarini 
hal 

etish 
bilan 

birga 
diniy

va dunyoviy hokimiyat ham to‘plangan.


Boshqaruv tizimiga ko‘ra, jamoa tomonidan oqsoqol ayni paytda,
o‘z oila jamoasi uchun diniy va dunyoviy boshliq bo‘lgan. Urug‘-qishloq oqsoqoli 
esa, Oqsoqollar Kengashining boshlig‘i bo‘lishi bilan bir qatorda butun qishloq 
aholisining ham boshlig‘i hisoblangan va o‘z navbatida, Oqsoqollar Kengashining 
boshlig‘i qishloqda istiqomat qiladigan jamoaning manfaatlarini himoya qilishga 
qaratilgan bir qator vakolatlarni amalga oshirgan. Boshqacha aytganda, bu davrda 
davlatning shakllanishida mahalla hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qilgan.
Bundan tashqari, miloddan avvalgi III asrdan to milodiy V asr boshlarigacha 
qadimgi Parkana (Fag‘ona) davlatida ham jamoalar hayoti bilan bog‘liq masalalar 
ham oqsoqollar kengashi orqali hal etilgan.
O’sha davrdagi jamoa birlashmalari, ya’ni mahalla deganda, bir necha 
oilani birlashtirgan, muayyan hududni makon tutgan, diniy, madaniy qadriyatlar 
bilan ajralib turadigan ijtimoiy tuzilma tushunilgan. Albatta ularning faoliyatida 
urug‘chilik munosabatlari ustunlik qilib turgan.
Bu davrda jamoalarning manfaatlari birinchi o‘ringa qo‘yilib, bevosita 
ularning manfaatlari oqsoqollar kengashi tomonidan himoya qilingan va ular 
mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda mustaqil bo‘lgan. Bu esa o‘z 
navbatida, butun tarix davomida mahalla insonlar bilan birga, ularning yaxshi va 
yomon kunlarida hamnafas bo‘lib, muhtojlar, zaiflarga yordam qo‘lini cho‘zib 
kelish vakolatlariga ega bo‘lganligidan dalolat beradi.
Mahalla instituti va u tomonidan amalga oshirilgan vakolatlar masalasi O’rta 
asrlarda 
ham 

o‘zining 


munosib 

o‘rniga 
ega 

bo‘lgan.
Shu sababli, ushbu masalalar o‘tmishdagi Sharq mutafakkir – olimlar, davlat va 
jamoat arboblarining ham e’tiboridan chetda qolmagan.
Xususan, Sharq mutafakkirlari Muhammad Muso al-Xorazmiy, Muhammad 
al-Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf 

Xos Hojib, Abu Ja’far Narshaxiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Amir Temur, Alisher 


Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk allomalar asarlarida adolatli 
jamiyat va insonning qadr-qimmati ulug‘lanishi bilan bir qatorda jamoa (mahalla) 
bo‘lib yashash tarzi, uning jamiyat hayotidagi o‘rni, jamoa tomonidan amalga 
oshiriladigan 
vazifa

va vakolatlari to‘g‘risida ko‘proq fikr-mulohazalarni uchratish mumkin.


Bu fikrlar hamma vaqt ham insoniyatning e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelgan va 
uning jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilab olishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Jumladan, biz savdo-hunarmandchilik mavzelarini ifodalovchi «mahalla» 
atamasini birinchi marta sharq ilk uyg‘onish davri mutafakkirlaridan bo‘lgan 


Download 220.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling