Dastlabki insonparvarlik g‘oyalari zardushtiylik dinining muqaddas kitobi
Download 220.99 Kb.
|
Dastlabki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alisher Navoiy
- Amir Temur
Abu Rayxon Beruniy bundan ming yil avval yaratgan «Hindiston» asarida
jiddiy ilmiy tadqiqotlar qilish bilan birga bu mamlakat tarixi, geografiyasi etnografiyasi haqida boy ma’lumotlarni yozar ekan, muhim bir fikrni aytadi: «Har bir xalqning udumlari ko‘p yillar tajribadan o‘tgan o‘sha xalqning yashash tarzi, dunyoqarashi bilan uyg‘unlashib ketgan» – degan qarashlarni bildiradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu paytda mahallalar aholining yashash tarzida vujudga keladigan barcha mahalliy ahamiyatga molik masalalar bilan shug‘ullangan. Shuningdek, Beruniy kishilik jamiyati, insonlar uyushmasining vujudga kelishi ta’limotini yoqlaydi. Uning fikricha, insonlar ehtiyoj tufayli birga yashashga ishtiyoq sezadilar. «Hamma gap shundaki, (inson) ehtiyojlarining ko‘pligi va himoya vositalaridan mahrum bo‘lganda chidamsizligi hamda dushmanlarning serobligi orqasida, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va har biri o‘zini ham, boshqalarni ham ta’minlaydigan ishni qilish maqsadlarida o‘z hamtovoqlari bilan jamiyat bo‘lib birlashishga majbur bo‘lgan edi». Sharqning buyuk shoiri Alisher Navoiy ham o‘z asarlarida jamiyat va inson munosabatlarining etnik va estetik muammolariga e’tiborini qaratgan. U o‘zining «Xayratul – abror» asarida Hirot shahrini 100 ta shaharchadan – mahallalardan tashkil topgan go‘zal joy deb talqin qiladi. Mahallalarning hududlari, har bir mahallalarda fuqarolarning hayot kechirishi, faoliyati bilan bog‘liq binolar: masjid, bozor, choyxona, do‘kon, hammom, sartaroshxonalar va boshqalar haqida bayon qiladi. U o‘zining «Majolisun-nafois» tazkirasida mahallaning hayotda tutgan o‘rni va nufuzi, mahalladoshlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, tenglik, shohu-gadoning bir- biriga bo‘lgan munosabatida g‘amxo‘rlik qadrlanganligini yozadi. Bundan kelib chiqib, ushbu davrda mahallalar hududlarni obodonlashtirish, saranjom-sarishta qilish, ularni ozoda tutishni nazorat qilish, aholiga yordam ko‘rsatish, yo‘qsil bechoralarning ahvolini chuqur hayrixohlik bilan hal etish, maqbaralarni ta’mirlashda bosh-qosh bo‘lish va boshqa shu kabi vakolatlarni amalga oshirganligi borasidagi xulosaga kelish mumkin. Mahallalar, ayniqsa, Amir Temur tuzgan davlatda jadal rivojlangan va ularning vakolatlari yanada kengaytirilgan. Bu davrda ham mahalla oqsoqoli – «kadxudo» deb atalgan hamda mahalliy aholi tomonidan saylangan va unga e’tibor, ishonch katta bo‘lgan hamda zimmasiga javobgarlik, mas’uliyat yuklanib, ularga boshqaruv masalalarida katta vakolatlar berilgan. Jumladan, «Temur tuzuklari»da: «Kadxudolar dehqonlar va ekin maydonlariga ishlov beruvchilar ko‘ngligini xushnud etib, o‘zlariga qaratsinlar. Faqiru miskin, biron kasb qilishga ojiz – ko‘rlarga nafaqa belgilasinlar, deyilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu vaqtlarda mahallalar fuqarolarning kasb-kori asosida tashkil etilgan bo‘lib, etikdo‘zlar, pichoqchilar, temirchilar bir joyda yashab mehnat qilishganlar. Bu haqda «Temur tuzuklari»da yozilishicha, Sohibqiron o‘zi barpo etgan bepoyon va qudratli saltanatni boshqarishda mahallaning mutasaddi shaxslariga tayangan, ular bilan yaqin muloqotda, doimiy mashvaratda bo‘lgan, kezi kelganda ularning faoliyatini bevosita qo‘llab – quvvatlagan. Shuningdek, bu davrda mahallalarning rivojlanishi milliy davlatchilik rivoji bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Shuning uchun Amir Temur davrida – o‘zbek davlatchiligi yangidan shakllanib, yuksalish yo‘liga kirgan paytlarda mahallalar kundan-kun obod, fayzli
borgan
ham, huddi mahalla singari muxtoriyatga ega bo‘lib, o‘z o‘zini ta’minlay olishi kerak edi (mazkur davrda har bir mahallada o‘zini o‘zi ta’minlashi uchun har bir askar hunarmand, novvoy, hammol, sartarosh, temirchi, etikdo‘z, tikuvchi, qandolatchi, musiqachi yoki boshqa kasb egasi bo‘lishi lozim bo‘lgan). Sohibqiron tomonidan mahalla tizimiga berilgan bunday e’tibor natijasi Download 220.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling