Dastlabki insonparvarlik g‘oyalari zardushtiylik dinining muqaddas kitobi
Download 220.99 Kb.
|
Dastlabki
Zahiriddin Muhammad Bobur davrida ham yanada takomillashtirildi. U
podshohlik taxtiga o‘tirishi bilan davlat ishlari bilan bir qatorda jamiyat ishlariga, xususan ko‘p yillar davomida shakllanib kelayotgan milliy an’analar, odatlar, qadriyatlarga alohida e’tiborini qaratdi. Bu davrda mahallalar fuqarolar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni ta’minlash bilan bir qatorda, o‘z hududida istiqomat qiladigan boshqa xalqlarning ham urf-odatlari, ana’analari va qadriyatlariga bir xil munosabatda bo‘lish kerakligi haqida tushuntirish ishlarini olib borgan. Shuningdek, u o‘zining «Mubayyin» asarida fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligi uchun to‘rt unsur, ya’ni tuproq, suv, o‘t, shamol uyg‘unlikda bo‘lishi kerakligini va bunda albatta jamoa oqsoqollaridan katta mas’uliyat talab qilinishini e’tirof etadi. Ko‘rib turganimizdek, mahalla bu davrida juda ham gullab yashnagan va ular xalq bilan juda yaqin bo‘lishga qaratilgan bir qator yuqorida nazarda tutilgan vakolatlarga ega bo‘lgan. Albatta, mahallaning bunday rivojiga ulug‘ mutafakkirlarimiz ham o‘zlarining munosib hisslarini qo‘shganlar. Aynan mazkur masala yuzasidan Davlatimizning birinchi rahbari I.A.Karimov to‘xtala turib, «odam shular haqida o‘ylar ekan, uzoq tariximizda mahalla, degan idoraning o‘zbek zaminida paydo bo‘lishida tashabbuskor, sababchi bo‘lgan ajdod- avlodlarimizga har qancha ta’zim qilsa arziydi», degan fikrlarni bildiradi. Ta’kidlash kerakki, temuriylar davridan keyingi inqiroz davrlarida, ayniqsa, O’rta Osiyo hududi uchta xonlikka bo‘linib ketganidan so‘ng mahallalar rivojida uncha katta siljish
tashlanmadi.
tizimidagi amaldorlarga katta huquq va vakolatlar berildi. Ularning hukmlari qonun darajasida qabul qilinib, so‘zsiz bajarilgan, ammo bu amaldorlar faoliyatini nazorat qiluvchi jamoatchilik fikri rivojiga e’tibor berilmagan. Bu esa, ko‘p hollarda mahalliy amaldorlarning haddan oshishi, xalqni ezishi, undan o‘rinsiz soliq va to‘lovlar undirishiga olib kelgan. Natijada odamlarning ijtimoiy ahvoli, mahallalarning rivoji yomonlashib, ularning vakolatlari cheklana boshlandi. Xususan, shahar, qishloq boshqaruv tizimida tuman boshlig‘i tasarrufida uchastka (bo‘lim) pristavi bo‘lib, unga mahalla oqsoqollari, ellikboshi, o‘nboshilar bo‘ysuntirildi. Mazkur davrda mahallaga Omin rahbarlik qilib, unga katta huquq va vakolatlar berilgan. Jumladan, uning vakolatiga ayrim soliqlarni yig‘ish; mulkiy va oilaviy nizolarni hal etish; qozining ba’zi hukmlarini ijro etish; mahallada bo‘shab qolgan hovli
yerlarni
(taqsimlash) etish; suv xavzalari, mahalla ozodaligini ta’minlash va nazorat qilish; mahalla xavfsizligini ta’minlash; har ko‘cha doirasida hal etiladigan masalalarga munosabat bildirish; mahalla hududidagi savdo ishlarini nazorat etish va boshqalar kirgan. Ko‘rinib turganidek, bu davrdagi mahallarning vakolatlari qo‘proq davlat organlari zimmasidagi vakolatlarga yaqin bo‘lgan. Bu davrda Toshkent shaharliklar tomonidan tan olinib, saylangan hokimi mutlaq hali qaror topmagan edi. Shu boisdan shahar to‘rt mustaqil dahalarga ajratilib boshqarilgan. Har bir dahaning boshqaruv ma’muriyati jamoatchilik asosida saylangan oqsoqoli, qozisi, raisi, muftiysi, imomu so‘filaridan iborat bo‘lgan va mazkur boshqaruv ma’muriyati mahalliy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan o‘zlarining bir qator vakolatlariga ega bo‘lgan. Bu davrda mahalla, (mahallat, yer, daha, jamoa, el, yurt kabi) bir qancha nomlar bilan yuritilgan hamda shahar jamiyatining nafaqat hududiy, shu bilan birga, eng quyi birligi hisoblanib, o‘z vakolatlarini amalga oshirishda odamlarning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan o‘zlarining qon-qarindoshlik va ruhiy yaqinlik haqidagi tasavvurlariga tayangan. Har bir dahaning o‘z oqsoqollari, qozilari va ma’muriy boshqaruvidagi boshqa alohida mansablari bo‘lgan. Dahalar Qo‘qon xonligi davrida shaharning obro‘li xonadon vakillaridan tayinlangan oqsoqollar tomonidan boshqarilgan bo‘lsa, Rossiya imperiyasi istilosidan so‘ng mingboshilar tomonidan idora qilingan. Ayrim hollarda esa bir necha mahallalarga tavochilar biriktirilgan. Dahalar tarkibidagi mahallalar boshqaruvi esa ellikboshilar qo‘lida bo‘lgan. Mahallaga boshchilik qilgan shaxslar mahalladagi barcha jamoat ishlari va marosimlarini boshqarganlar, shuningdek, fuqarolarning shahar yig‘inlari va muassasalarida mahalla manfaatlarini himoya qilish vakolatiga ega bo‘lganlar. Mahallaning jamoa tartibi o‘zini o‘zi boshqarish tizimi bilan belgilangan, uni boshqaruvchi vakillar umumiy yig‘inlarda saylanganlar. Jamoa boshlig‘i qilib, ko‘pincha boy bo‘lmagan, o‘rta hol, katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan hurmatli kishini saylaganlar. U fuqarolar o‘rtasida hurmat e’tiborga ega bo‘lishi va shahar yig‘inida, daha sudida mahalla manfaatlarini munosib himoya qila olishi lozim bo‘lgan. Shuningdek, bu davrda ayollarning ijtimoiy hayotiga oqsoqollar tomonidan saylab qo‘yilgan kayvoni rahbarlik qilgan. Kayvoni lavozimiga mahallada katta hurmat qozongan va o‘zbek
tarzini,
va jamoat majburiyatlaridan bo‘yin tovlaganlarga tegishli chora ko‘rish; asrlar davomida saqlanib kelinayotgan o‘zaro hamjihatlikda yashash qoidalariga nechog‘lik amal qilinib kelinayotganligini nazorat qilish; xo‘jalik ishlarini, iqtisodiy tadbirlarni, tarbiyaviy vazifalarni, saram-jon-sarishtalik va tartib intizomni saqlab turish; jinoiy ishlarning oldini olish; yoshlar tarbiyasi bilan shug‘ullanish; uy-joylarni oldisotdisi, to‘y-maraka, maro-simlarni uyushtirish; qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi nizolarni bartaraf etish; bemor-larni yo‘qlash, farzand ko‘rgan oilalarni qutlash masalalariga e’tibor berish; mahallani, mahalladoshlarning tinch-totuvligi, oilaviy ahilligi, do‘stligi, biro-darligi, inoqligini taminlash va mustahkamlash; ariq-hovuzlarni tozalash, yangi, obod ko‘chalar, yo‘llar qurish va boshqa mahalla obodonchiligi bilan bog‘liq jamoat ishlarini uyushtirish hamda boshqa sh.k. vakolatlardan iborat bo‘lgan. Ushbu ishlar hashar yo‘li bilan amalga oshirilib, unda aholining balog‘atga yetgan qismi, ko‘proq erkaklar qatnashgan. Hasharda har bir oiladan bir-ikki kishi ishtirok etishgan. Bir so‘z bilan aytganda, mahalla oqsoqoli zimmasida juda ko‘p katta mas’uliyatli vakolatlar turgan bo‘lib, uning e’tiboridan hech narsa chetda qolmagan. Shuning uchun ham uning ijtimoiy adolatga asoslangan so‘zlari, o‘gitlari, maslahatu tanbehlariga mahalladagi hamma odamlar, yoshlaru keksalar, xotin-qizlar so‘z-siz amal qilishgan. Mahallalar 1917 yilgacha bo‘lgan davrda juda keng ish olib borib, mahalliy aholini birlashtiruvchi tashkiliy tuzilma bo‘lgan. Sobiq sho‘rolar hokimiyati mahallalarni tuman, shahar, qishloq kengashlari rahbarligida boshqargan. Lekin u davrda mahallalar boshqaruv tizimi sifatida «chalajon» holatga keltirib qo‘yilgan. Ular xalqning dastlabki jamoat tashkiloti sifatida faoliyat ko‘rsatishi uchun hech qanday huquq, vakolat, imkoniyatga ega bo‘lmagan hamda mahalliy hokimiyat organlarining quyi bo‘g‘ini sifatida qaralgan. Ammo shunga qaramay, sho‘rolar davrida hukmron tuzum va mafkura mahallalarni rasman tan olmasa-da, biroq aholining chuqur noroziligiga sabab bo‘lmaslik uchun mahallalarni taqiqlay ham olmagan, uni jamiyatni boshqarish tizimiga kiritmagan. Bir so‘z bilan aytganda, sovet hukumati mahallaga o‘z umrini yashab bo‘lgan o‘tmish sarqiti sifatida qaragan. 20-yillar boshlaridan sovet hukumating uni vazifa va vakolatlarini cheklash, o‘ziga bo‘ysundirishga intildi. Bu esa o‘z navbatida mahalla faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Biroq, mahalla o‘zining yashovchanligini namoyon etib, an’anaviy hayot va aloqa tarziga qarshi har qanday hujumlarga va ularni yo‘qotish yo‘lidagi urinishlarga dosh berdi. Bu masalaga baho bera turib, L.Levitin quyidagilarni ta’kidlaydi: «O’zbeklarning ko‘pgina an’anaviy ijtimoiy tuzilmalariga qarshi chiqqan sovet hokimiyati mahalla bilan
chekinishga majbur bo‘ldi.
shaharlaridagi mahalla (kvartal) qo‘mitalari to‘g‘risida» Nizom chiqdi. Ular yangi sotsialistik tuzilmalar bilan birga mavjud bo‘lishi, bu tuzilmalarni to‘ldirishi kerak, degan qaror qabul qilindi. 1935-1936 yillarda mahallalar (oqsoqol) boshchiligida mahalla komitetlari tashkil etilib, aholi o‘rtasida olib boriladigan barcha ishlarni rais boshqargan. Rasmiy doiralar mahalla idoralariga aholini hisobga olish va ma’lumotnomalar berish hamda yuqori tashkilotlarga hisobot taqdim etish vakolatlarini yuklagan. 1938 yil 15 sentyabrda O’zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi Qarori bilan «O’zbekiston SSR shaharlaridagi mahalla (kvartal) qo‘mitalari to‘g‘risida»gi Nizom hamda tegishincha mahalla qo‘mitalari bekor qilingan hamda ularning funksiyalari rayon va shahar kengashlari tomonidan bajarilishi ko‘zda tutilgan. Biroq, xalq turmush tarzini majburlab singdirish hamisha salbiy oqibatlarga sabab bo‘lishi bois, aynan ushbu kamchiliklar oradan ikki yil o‘tib, 1940 yilda boshqaruv tizimida mahalla qo‘mitalarini qayta tiklash to‘g‘risidagi masalaga qaytish uchun sabab bo‘ldi hamda mahalliy kengashlarning ijtimoiy salohiyatini chuqur anglagan holda sovet hokimiyati mahallani yuridik qonuniylashtirishga majbur bo‘ldi. Natijada 1940 yil 10 iyuldagi O’zbekiston SSR xalq komissarlari soveti qarorida O’zSSR shaharlarida mahalla (kvartal) qo‘mitalarini tashkil etish zarur deb hisoblanishi hamda «O’zbekiston SSR shaharlaridagi mahalla (kvartal) qo‘mitalari to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlanishi ko‘zda tutildi. 1941 yilda O’zbekiston SSR xalq komissarlari soveti «O’zbekiston SSR shaharlaridagi mahalla (kvartal) qo‘mitalari to‘g‘risida»gi nizomning yangi tahririni qabul qildi. Unga binoan, mahalla komitetlari a’zolari mehnatlariga hech qanday haq olmas edi. Mahalla komitetlari moliyaviy-xo‘jalik ishlari (oshxonalar, qizil choyxona, sartaroshxonalar ochish va ularni ishlatish) bilan shug‘ullanishi mumkin emas edi, ular yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan. Uning asosiy vakolatlari mahalla hududidagi sovet, Download 220.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling