Dastlabki insonparvarlik g‘oyalari zardushtiylik dinining muqaddas kitobi
Download 220.99 Kb.
|
Dastlabki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yusuf Xos Hojib
- Abu Ja’far Narshaxiy
Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida uchratamiz. Bu davrda
ushbu institutning asosiy vakolati – aholining turmush faoliyatini jamoa doirasida ijtimoiy-hududiy jihatdan tashkil etishdan iborat bo‘lgan. Shuningdek, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mavjudligi, faoliyati va ularning tashkiliy vazifa va vakolatlari xususida Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarida ham uchratishimiz mumkin. Xususan, u o‘z asarida ezgulik jamiyati va unga erishish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tadi. Uning fikricha, insonda to‘rt holat, ya’ni «abadiy tiriklik» – bu inson ruhining mumtoz bir ruhga aylanishi (komillashishi); «abadiy yoshlik» – ko‘ngilning hamisha sir-asror uchun uyg‘oq turishi; «doimiy sog‘liq» – insonning hamisha barcha masalada o‘z fikriga, qarashiga ega bo‘lishi; «tuganmas boylik» – cheksiz bir ma’naviyatga ega bo‘lish mujassamlanadi. Qadimgi Sharqning taniqli mutafakkirlaridan biri Abu Ja’far Narshaxiy IX - asrda yozgan «Buxoro tarixi» asarida esa, Buxoroda bundan 1100 yil ilgari 19 ta katta-katta mahallalar mavjud bo‘lganligi, bu mahallalar o‘zini o‘zi idora qilib, o‘z vakolatlariga ega bo‘lganligi, bu Qadimgi Sharq mamlakatlari, jumladan, O’zbekiston hududida vujudga kelgan ilk davlatlar va ularning boshqaruv faoliyatida ham yorqin ifodasini topganligini ta’kidlab o‘tgan. U o‘z asarida «Kuyi Alo», «Kuyi bikor», «Kuyi rindon», «Samarqand darvoza», «Faxsodara darvoza», «Gardun Kashon», «Darvozayn Mansur», «Kuyi dehqon», «Kuyi Mukon», «Kuyi Kox» kabi o‘ndan ortiq mahallalar bo‘lganligini va ular hududlardagi muammolarni hal qilish vakolatlariga ega bo‘lganligini qayd qilib o‘tgan. Bu borada L.Levitin ta’kidlaganidek, «Hozirgi O’zbekiston hududida bo‘lgan shaharlardagi mahallalarning ayrim mavzelari o‘sha paytlardayoq shu qadar katta edilarki, ularni shaharning mustaqil qismi sifatida ko‘rib chiqish mum- kindir. Mahallaga obro‘li shaxslar – umumiy yig‘ilishda saylanadigan shayx yoxud yuzboshi rahbarlik qilar edi. Har bir mahalla o‘zining ko‘kalamzor hududida mas- jid va choyxona joylashgan jamoatchilik markaziga ega bo‘lgan. Mahalladagilar har xil turdagi jamoat ishlari o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan umumiy asbob-anjom- larga ega bo‘lishgan». Keyinchalik mahalla va u tomonidan amalga oshirilgan vakolatlar masalasi X-XIII asrlarda Sharq mutafakkir olimlarining ham asarlarida uchraydi. Xususan, Beyhaki o‘zining «Ma’sud tarixi» asarida rais (hokimi)ning buyrug‘iga asosan bayramlarni o‘tkazish, obodonlashtirish ishlari bilan shug‘ullanish, jamoa bo‘lib shahar devorlarini ta’mirlash va hatto harbiy sport o‘yinlari hamda musobaqalar oqsoqollar ishtirokida o‘tkazilganligi bayon etiladi. Ko‘rinib turibdiki, bu davrda mahallalar obodonlashtirish, hasharlar uyushtirish, hududdagi turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish va shu kabi vakolatlarga ega bo‘lgan. Ta’kidlash kerakki, O’zbekiston hududida X asrdayoq «mahalla» atamasi savdo-hunarmandchilik kasblarini belgilovchi atama sifatida uchraydi. Bu davrlarda mahalla uch asosiy yo‘nalishda o‘z vakolatiga ega bo‘lgan. Xususan, shahar hududini orasta saqlash, tegishli hududda istiqomat qiluvchi aholi joyi hamda mahalliy aholining turmush tarzini to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlash, davlat va mahalliy tadbirlarni o‘tkazishda ularga rahbarlik qilish borasidagi vakolatlarni amalga oshirgan. Download 220.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling