O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Qishloq xo‘jaligi
terminlari ikkala tilda ham keng ko‘lamli muvofiqlikka ega. Qishloq xo‘jaligi terminlari insonni o‘rab turgan voqelik nominasiyasining ajralmas qismi sifatida eng qadimiy va rivojlangan leksik qatlamlardan biridir. Ular inson yashashining tabiiy-geografik muhitini aks ettiradi. Qishloq xo‘jaligi terminlarining moddiy tarkibi unda faoliyat yurituvchi turli atamalarning o‘ziga xosligi bilan tavsiflanadi, ular agronomiya sohasi, floro-faunistik soha (o‘simlikchilik, dehqonchilik, chorvachilik, tuproqshunoslik va boshqalar) [1] kabi yigirmadan ortiq asosiy terminologik guruhlarni qamrab oladi. Asosan terminlar maxsus lug‘atlarda va sohaga oid matnlarda ifodalanadi. L. Hofmann sohaga tegishli matnlarni quyidagicha ta’riflaydi: “Muayyan ijtimoiy ishlab chiqarish bilan bog‘liq holda bajariladigan kommunikativ til faoliyat vositasi va natijasi hisoblanib, u murakkab mulohazalar va ob’yektiv voqiylikdagi faktlarga mos keladigan mantiqiy, semantik va sintaktik jihatdan izchil tuzilgan gaplar yoki cheklangan gaplarning tartibli to‘plamidan iborat” [7]. Shuningdek soha matnlarida so‘zlar grammatik va leksik vositalar yordamida bir biri bilan bog‘langan, mantiqan ma’noga ega bo‘lgan, aniq faktga yo‘naltirilgan va yangi ma’lumotlar jamlangan bo‘lishi kerak. Yangi terminlar biror bir soha mutaxassislari va olimlar tomonidan yaratiladi. Odatda bu terminlar tabiiy tilda mavjud bo‘lgan vositalar derivatsiya, kompozita, konversiya va qisqartma yo‘li yordamida yasaladi [14]. So‘zning qaysi kategoriyaga tegishli ekanligini aniqlash oson emas. Ommabop ishlatiladigan lug‘atlarda va maxsus lug‘atlarda so‘z chegarasini har doim ham aniqlab bo‘lmaydi [9]. O‘zbek tili leksikasini iste’mol doirasiga ko‘ra A.Hojiyev va A.Ahmedovlar ikki qatlamga ajratadilar [13]: Qo‘llanish doirasi chegaralanmagan, umumiste’moldagi leksika. Ma’lum doiradagina qo‘llaniladigan, iste’mol doirasi chegaralangan leksika. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling