O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


Key words: Artistic generalization, objectivity, surprise effect, consistency, sequence of contradictions, plot area


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/101
Sana24.01.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1116960
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   101
Bog'liq
Uzmu-16-2022(3-bolim)

Key words: Artistic generalization, objectivity, surprise effect, consistency, sequence of contradictions, plot area. 
 
ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРАЗА ЖЕНЩИНЫ В РАССКАЗАХ АБДУЛХАМИДА ЧОЛПОНА 
Аннотация 
Джадидская литература, в частности творчество Чолпона, является одним из шедевров нашей литературы. 
Произведения, написанные в этот период, также важны своей идейной силой, совершенством образов и логичностью 
сюжетов. К настоящему времени Чолпон, один из лидеров джадидского движения, провел исследование жанра прозы, 
структуры рассказов, изучение пластов прозы в прозе. И такого рода исследования обогатят нашу астрономию. В 
данной статье рассматривается образ женщины в рассказах Чолпона. 
Ключевые слова: Художественное обобщение, предметность, эффект неожиданности, последовательность, череда 
противоречий, сюжетная линия. 
ABDULHAMID CHO„LPON HIKOYALARIDA AYOLLAR OBRAZI TALQINI 
Annotatsiya 
Jadid adabiyoti, xususan, Cho‗lpon ijodi adabiyotimizning durdona asarlari sirasiga kiradi. Bu davrda yozilgan asarlar g‗oyaviy 
pishiqligi, obrazlar mukammalligi, syujetlarning izchilligi bilan ham ahamiyatlidir. Bugunga qadar jadidchilik harakatining 
еtakchilaridan biri bo‗lgan Cho‗lponning nasriy asarlari janr xususiyatlari, hikoyalari strukturasi, nasriy asarlarida tagma‘no 
qatlamlarini o‗rganish borasida ilmiy izlanishlar olib borilgan. Bu kabi izlanishlar esa, cho‗lponshunosligimizni yanada boyitadi. 
Ushbu maqolada esa, Cho‗lpon hikoyalaridagi ayyollar obrazi tadqiq etiladi. 
Kalit so„zlar: Badiiy umumlashma,obyektivlik, kutilmaganlik efekti, izchillik, ziddiyatlar ketma-ketligi, syujet maydoni. 
Kirish. Abdulhamid Cho‗lpon o‗zining yozgan 
asarlari orqali ayollar erku-ozodligi uchun kurashishga
ularning ko‗ngil istaklarini kuylashga harakat qilgan. Adib 
o‗zining ―Kecha va kunduz ‖ romanida Zebi, ―Novvoy qiz‖ 
hikoyasida novvoy qiz, ―Qor qo‗ynida lola‖ hikoyasida 
Sharofatxon, Qumribush, ―Oydin kechalar‖ da Xadichaxon 
obrazlari orqali ayol ruhiyati, kechinmalari, ayol xarakterini 
ochib berishga harakat qiladi. Cho‗lpon iste‘dodiga xos lirik 
nazokat va nafosat shoir nasriy asarlarining ham o‗ziga 
xosligini belgilab keladi. Cho‗lpon qaysi mavzuga murojaat 
etmasin, badiiy voqelikni poetik va obrazlar orqali 
mujassamlashtirishga erishdi. Shu ma‘noda uning o‗tgan 
asrning 20-yillarida yozgan ―Oydin kechalarda‖, ―Seni ko‗p 
ko‗rmasun‖ ―Qor qo‗ynida lola‖, ―Novvoy qiz‖ singari 
hikoyalari o‗zbek adabiyotidagi lirik nasrning dastlabki 
mumtoz namunalaridir. Cho‗lpon bu hikoyalarida o‗zbek 
xotin-qizlarining ayanchli taqdirini turli badiiy rejada tadqiq 
etar ekan, har bir jamiyatning taraqqiyot darajasi shu 
jamiyatning 
xotin-qizlarga 
bo‗lgan munosabati bilan 
belgilanadi, degan g‗oyani bu asarlar orqali anglatishga 
intilgan. Umuman olganda, o‗zbek xotin-qizlarining 
mustamlakachilik sharoitidagi taqdiri tasviri Cho‗lpon she‘riy 
ijodining ham, kichik epik asarlarining ham, ―Kecha va 
kunduz‖ romanining g‗oyaviy yo‗nalishini ham belgilab 
bergan.
Adibning ―Novvoy qiz‖ hikoyasida ham yosh bir 
qizning ayanchli taqdiri aks ettiriladi. Hikoya qahramoni 
nomusi toptalgan, taqdir aravasining g‗ildiraklari ostida qolib 
yurak bag‗ri ezilgan novvoy qiz. Hikoya natijadan boshlanadi. 
Ya‘ni, qizning nomusi poymol bo‗lgani haqida so‗z boradi. Ilk 
satrlarni o‗qigan kitobxon ikki yoshni kelin-kuyov deb 
o‗ylaydi. Bunga asos ham еtarli. Chunki Cho‗lpon misralari 
orqali baxtli lahzalar, baxtli odamlarni tasvirlayotganday 
tasvirlaydi. ―…ko‗cha –ko‗y xuddi tong otishidan sal burung‗i 
vaqtlarday – chuqur, vazmin va tinch bir jimlikka botqon edi. 
Ba‘zi-ba‘zidagina 
bir 
juft 
er-xotin 
musichalarning 
kukulashlari, qo‗shni hovlidan yosh bolalarning o‗yi ustidagi 
shovqinlari, ko‗cha tomondan yakka-yarim yigitlarning 
kuchsiz va g‗amli qo‗shiqlari eshitilib qo‗yardi…‖ [8]. 
Aslida-chi? Mavhumiyat esa, satrlardan satrlarga 
o‗tgani sayin ochiqlanadi. Har ikkisini ham so‗fining shomga 
aytgan azoni hushiga keltiradi, sergaklantiradi. ―…Hayya alal 
falaq… - najotga kelinglar…‖ . Go‗yo ushbu chorlov orqali 
gunohkor bo‗lgan har ikki yoshni najotga, g‗aflat uyqusidn 
uyg‗onishga, nahs to‗shagidan qo‗zg‗alib, gunohlariga 
mag‗firat so‗rab Yaratganga tavba qilishga chorlayotganday 
bu azon. Shom payti qilingan ishlar xayrsiz bo‗ladi deyshadi. 
Abdulla Qodiriy ham ―O‗tgan kunlar‖ asarini shom azoni 
eshitilishidan boshlaydi. Demak, shom namozi ishora. Adib 
belgi orqali ayanchli bir hikoyaga ishora qilayotgani tabiiy. 
Xo‗sh o‗zi voqea qanday boshlandi? Nega qizning nomusi 
toptaldi?Yigit kim edi? Ushbu so‗roqlarga javob topamiz. 
―Qiz uxlagan bo‗lsa, uyg‗otib qo‗yayin!‖ deb uning boshiga 
keldi. Qiz ko‗zi ochiq, behol… cho‗zilib, xayollanib yotardi. 
Oppoq oqargan yuzlarini sekingina O‗lmasboyga burdi. Xoin 
erkakning marhamatsiz ko‗zlari bilan aldangan qizning so‗nik 
ko‗zlari bir-biriga yo‗liqishdi. Erkak mag‗rur. Zaharli va 
sovuq bir kulish bilan kuldi. Qiz juda og‗ir bir jirkanish bilan 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling